Адлия вазири Русланбек Давлетов ТДЮУ профессор-ўқитувчилари билан учрашди. Унда билдирилган фикрлардан айримларини келтираман:

➖Одамлар чет элга бориб пул тўлаб университетга киряпти, ўқишга бормаяпти ҳам, бир йилдан кейин биздаги нуфузли университетга ўқишни кўчириб ўқияпти. Бу қанча ўқиб, бир балл, ярим балл етмай ўқишга кира олмаганларга нисбатан адолатсизлик-ку.

➖Айрим талабалар домлалар билан баҳо талашиб, унинг устидан ёзиб, шантаж қилиб баҳо олиб кетяпти. Унақа бўлмаслик керак. Ўқиш бунчалик осон бўлмаслиги керак, унга киргандан кейин меҳнат қилиб ўқиш лозим. Талаба ва домлалар муносабати уйғун ва мувозанатли бўлиши керак. Талаба аввало ўқиши, кейин талаб қилиши лозим.

➖Дарсликлар тили мураккаб, бир жумласи ярим бетлик. Талаба уни ўқиб тушунмайди, ёдлайди. Кейин таҳлил қилмай, тўтиқушдек қайтариб беради. Бу таълим эмас-да. Талаба асосий билимни дарсликдан олиши керак, маърузалар йўналтирувчи бўлади. Бизга янги ва яхши дарсликлар керак. Юридик дарсликлар бўйича инқироз бор.


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 100 more comments
Xoliqulov
Super kantirakt ga past bal bn kirganlarning kup chiligi bilimi pastligini davlat xam biladi lekin davlat xech narsa demayaptiku ularni yiqitmaydixam bunday kadrlar kerakdir
Bahrom
Angren. Toshkent
Tili chiqib qoptimi bu kishimni endi shu paytgacha qatta yurgan edim man ozim dgan gapniyam aytmaptiyu
Aziza Davronbekovna.
Xushnudbek bu gaplarimni oliy talim vazirini portaliga xam yozganman xamma oqishga kiryapti lekn xech kim oqimayapti oqishni qadri yoq seminarda baxoni joriy qilish kk talaba umuman darsga tayyorlanb kelmaydi seminarda baxo qoyish joriy qilinganda edi xech bolmasa baxo olish uchun oqib kelardi biz oqigan vaqtda tribunani ustida navbat talashardik xozr oliy talimni saviyasi pasaygan
U.R. 3135
Xushnudbek sizga savolim bor juda ham qiziq siz bn qanday boğlansam böladi. Bu savol orqali özingiz ham tajriba orttirasiz menimcha.
Сессияларды ДТМ алыу керек
Русланбек Давлетовни гапига кушилишдан бошка иложи йук! Жуда кучли сиесатчи!
Asliddin
Eshmo'minova Nilufar
Chetdan perevod qilsa bu adolatdizlik... Harbiyni bolasi ligota bn uqishga kirsa bu adolatmi Boyyi bolasi nechi ball olishidan qatiy nazar pulini tulasa uqisa .....shumi adolat🤣🤣🤣
Haqiqatdan shunaqa tomonlarini ham uylash kerek faqat perevotchilaga yopishib qoldi hamma. Perevotchilar ham tingani yuq shu yil davomida.
Козим Низомов
Яхшику, ечими нима бўлади буни
Xayriddinov Temur
Kechki va sirqi hamda superkontraktlarni kontrak summasini 10% li vaksinani chegirmasini qushsa nur usiga a'lo nur bular edi
🌟 Yulduz 🌟
Tòģri 58 bal olib superda òqiyotganlar bor ulardan kelajakda kim chiqadi hayronman maktab darsligini shunaqa òzlashtirgan bòlsa oliy talimni bilmadim
Bu nohaqlik 5 bal yetmagan talaba ham 50 bal yetmagan talaba ham bir xil summa tòlashi umuman bòlmaydi
Shuning uchun hamma chetga chiqadi
Yuridik darsliklar haqida tòģri aytibdi viloyatlarda huquq darsliklari umuman yetishmaydi
K. Рустамовна
Talaba o'qishi uchun o'qituvchilar fanini yetkazib bera olishi kerak. O'qituvchilarni ham imtixon qilib ishga olishsa juda yaxshi bo'lardi.
K. Рустамовна
O'tgan yildan kredit modul tizimi deyildi. Darslar haftada 5 kun, o'qituvchilarni talabalar tanlaydi deyildi. Mana 2-yil kredit tuplashga kelganda Moodle tizimdasizlar deyiladi lekin hali ham haftada 6 kun o'qish, o'qituvchini tanlash haqida esa gap bulishi mumkinmas. Talabaga tegishli joyi amalda óqituvchilarga tegishli joyini birovni esiga ham kelgani yóq.
Алимова Шохида
Укишга кириш имтихонсиз,1 йилдан кейин узбекистонга перевод деган рекламани нега куяди унда
🗼🗽🏰
👍👍👏👏
Show next 100 comments