Адлия вазири Русланбек Давлетов ТДЮУ профессор-ўқитувчилари билан учрашди. Унда
билдирилган фикрлардан айримларини келтираман:
➖Одамлар чет элга бориб пул тўлаб университетга киряпти, ўқишга бормаяпти ҳам, бир йилдан кейин биздаги нуфузли университетга ўқишни кўчириб ўқияпти. Бу қанча ўқиб, бир балл, ярим балл етмай ўқишга кира олмаганларга нисбатан адолатсизлик-ку.
➖Айрим талабалар домлалар билан баҳо талашиб, унинг устидан ёзиб, шантаж қилиб баҳо олиб кетяпти. Унақа бўлмаслик керак. Ўқиш бунчалик осон бўлмаслиги керак, унга киргандан кейин меҳнат қилиб ўқиш лозим. Талаба ва домлалар муносабати уйғун ва мувозанатли бўлиши керак. Талаба аввало ўқиши, кейин талаб қилиши лозим.
➖Дарсликлар тили мураккаб, бир жумласи ярим бетлик. Талаба уни ўқиб тушунмайди, ёдлайди. Кейин таҳлил қилмай, тўтиқушдек қайтариб беради. Бу таълим эмас-да. Талаба асосий билимни дарсликдан олиши керак, маърузалар йўналтирувчи бўлади. Бизга янги ва яхши дарсликлар керак. Юридик дарсликлар бўйича инқироз бор.
👉 @xushnudbek 👈
Bitta fikr yozasiz, minglab kommentariylarga sababchi boʻlasiz.
Kimdirlar ichi toʻlib javob yozadi
Kimdirlar ichi toʻlib javob yozmaydi
Faoliyatga omad
(Tanganing ikkinchi tomoni bor degandek bilimi qay darajada ekanligi, u yerda qanday o'qiganligi bir masala!)
Qo'shni davlatlardan perevod olayotgan talabalarga "ko'plab olako'zlar va tanaomuz so'zlar qilinayabdi". "Ha ular osongina ikkinchi kursga o'tib olishar ekanda", "biz shuncha tayyorlanib, kira olmay yana topshiramizu ular perevod qilib ikkinchi kurs bo'lishar ekanda" va shunga o'xshash gap-so'zlar. Ha biz shunday osongina perevod qilyabmizu, siz quruq qoldingiz degisi ham keladi insonning. Tog'ri, qo'shni davlatda o'qiganlar nufuzsiz oliygohda o'qib, bu yerdagi "nufuzli" deb hisoblangan oliygohga perevod olishayotgandir ammo hamma "tosh otayotganlar" bir narsani hisobga olishmayabdi. Shu bir yil ichida chet davlat universitetiga borib ta'lim olgan talabalarning aksariyati, vatanida ota-onasining bag'rida o'qib yurganlarga nisbatan anchayin ko'proq hayotiy tajribalar orttirishdi va anchayin ulg'ayishdi(aksariyati hammasi emas!). Qo'shni davlatga osongina o'qishga kirdi degani u yerda onasini uyidagidek yashab o'qidi degani emas. Xohlang xohlamang mustaqil yashashni boshlaganingizdan so'ng uyingizda ota-onangiz ko'magida bajarib goh umuman bajarmaydigan ishlaringizni o'zingiz qilishga majbursiz. Boshqa viloyatga borib o'qiydiganlar bizda ham xuddi shundayku deyishingiz mumkun ammo farqi bor. Vataningiz ichida siz erkinsiz, xatto bazi masalalarni bir telefon orqali ham hal qilib qo'yasiz. Lekin qo'shni chegaraga bir qadam chiqdingizmi siz "rodnoy" joyda emassiz. Aytishadiku "Musofir bo'lmaguncha, musulmon bo'lmaydi" deb. Barchasi siz o'ylagandek oson emas! Eng oddiy, eng "meloch" narsalargacha o'zingiz qayg'urasiz. Kasal bo'lasizmi, biror joyingiz og'riydimi o'zingiz, ijaradagi uyingizda biror narsa buziladimi, uziladimi o'zingiz (xatto santexnika ishlarini ham, sababi begona kimnidir uyga chaqirish hamma vaqt ham yechim bo'lmasligi mumkun). Tilini bilsangiz xo'p-xo'p, bilmasangiz yana bir azob(men yaxshi bilar edim).
Uyingizdagilar ham sizni tahminan qanday qiyinchiliklar kutayotganini bilib ming bir xil hayollar bilan yuborishadi, bolamni bir yili kuymasin deya(. Har oy ma'lum miqdorda yetkaz deya yuborilgan pulni tejab, joy-joyiga ishlatish. Bazan oy oxirida xatto yeguliksiz qolish ammo uydagilar xavotir olmasin, siqilmasin deya "hammasi yaxshi" deb qo'ya qolish, bular hammasi katta bir hayotiy tajriba beradi aslida. Hayot bergan tajribani esa bizda hech qaysi universitet bera olmaydi! Shunaqa gaplar.
Yana bir gap, tepadagi gaplarim hamma "perevodchi"larga ham tegishli emas albatta. Bazan shu darajada "farosatsiz" insonlar uchraydiki ular nega hayotga kelganini, qayerda va nima uchun o'qiyotganini, nega uyidagilari shuncha uzoqdan mablag' sarflab o'qisin deb yuborganini xatto his ham qilmaydi. Bunday insonlar bilan yashash esa yana bir tajriba.