Адлия вазири Русланбек Давлетов ТДЮУ профессор-ўқитувчилари билан учрашди. Унда билдирилган фикрлардан айримларини келтираман:

➖Одамлар чет элга бориб пул тўлаб университетга киряпти, ўқишга бормаяпти ҳам, бир йилдан кейин биздаги нуфузли университетга ўқишни кўчириб ўқияпти. Бу қанча ўқиб, бир балл, ярим балл етмай ўқишга кира олмаганларга нисбатан адолатсизлик-ку.

➖Айрим талабалар домлалар билан баҳо талашиб, унинг устидан ёзиб, шантаж қилиб баҳо олиб кетяпти. Унақа бўлмаслик керак. Ўқиш бунчалик осон бўлмаслиги керак, унга киргандан кейин меҳнат қилиб ўқиш лозим. Талаба ва домлалар муносабати уйғун ва мувозанатли бўлиши керак. Талаба аввало ўқиши, кейин талаб қилиши лозим.

➖Дарсликлар тили мураккаб, бир жумласи ярим бетлик. Талаба уни ўқиб тушунмайди, ёдлайди. Кейин таҳлил қилмай, тўтиқушдек қайтариб беради. Бу таълим эмас-да. Талаба асосий билимни дарсликдан олиши керак, маърузалар йўналтирувчи бўлади. Бизга янги ва яхши дарсликлар керак. Юридик дарсликлар бўйича инқироз бор.


👉 @xushnudbek 👈

459 comments

Show 100 more comments
Aka shu bechara chetdan perevot qilayotganlarga osilavermasdan . Mnde oylapkoring men ham chetdan perevot qilyapman . perevot imtixonida men toplagan bal bilan deyarli kop universitetga kirsa boladi 123.70 . ammo sz maqtayotgan abiturentlaringiz 70 bal bilan ham oqishga kiryapti faqat shuni gapiravermasdan bu tarflargayam etibor bersez yaxshi boladi bu gapiz bizaga tegipkettvotti kim etyi szga bizni bilimsz dep . Gaplarizni biroz oylap gapirsez yaxshi bolardi manimcha . Undan kora chet elda hujjatini ololmayotgan bechora yurtdoshlarimizga dalda bosez yaxshi bolardi manimcha . Qonunni yaxshi bilasz yordam qiling usha hamyurtlarimizga haftalap yotipti kochalarda sovuq qotip namuncha osilasz shu bechoralarga . manam sovuqlarda yotipman hujjatimni ololmay Qirgizstonda aka bizgayam raxmiz kesin osonman Musofir yurtta oqishham . hulosa chiqararsz degan umittaman 😊😊😊
Faqat perevotchila aybdor.Sal etiborli boling bu yerda ittay ishlab pul yigib osha pulga uzbga super tolash un yetkazolmay kn chetga oqishga ketganla bordir bir yil amallab oqigandr borini sarflab endi puli tugagandr oilasi yaxshimasdr oilada boquvchisi yo yakka farzandla bordir sizga oson otripsiz 10 mln lab oylik olib gapraszda bzani ornimizga keling bir ikki kun yashab mani prablemami kotarib koring kn koramz gaprishizi yoqaizi kotarb zrena chotki bosayam achkini taqib otribsiz oddiy halqqa osilib.Osha gap birinchi prezdentimiz davri boshqacha bogan qinalgandan hol ahvol soralgan bunaqa halqni yemaganla yoshlani qollab quvatlaganla bunaqa yer bilan bitta qimaganla.sla uzbga qiynaysila oqishga chetga boraman desa uzbga kiritmaysila osha joyda oqiman desa diplomini tan omisila e bitta yol berila osha yerdan yurayli hama yolni yopmang vijdon bormi slarda
Hammasi yaxshilikga yaxshi ham yomon ham Allohdan hechkim hexhkimni peshonasida yozilganini olib qoyolmaydi
ТАКЛИФЛАРИМ:
1. Укишга кириш окон булмоги ва хар 6 ойлик сессия билет тортиш асосида КАТТИК назоратда утмоги ловим. ФармИда укиганимизда битириш имтихонларини билет тортиб топширганмиз ва курсдошларим хакикатдан хам укишган

2. Сессия онлайн камерада прямой эфирда имтихон топширсин

3. ТАШМИ ва ФАРМИга супер контракт асосида дум-думлар кабул килинмасин
Кароче: "Кирган-битиради" эмас, "Укиган-битиради" система жорий килиш керак ва бунинг имкони бор
Oka oqish iyin bolish kere disiz bzada unga kirish problemayu , kirvogandan keyin polyubomu bitiradi soqqa bilan .
Bulayam oyyi ete bilan yopmoxchi bòladde🤦‍♂️🤷
Superga arizani onlahinda tashlash mumkinmi
Рахмонова Сабоат
Шу саволни бермок чидим
Cаодат Ёқубова
Man navoiyda o‘qiyman o‘zim toshkent viloyatida turaman turmushga chiqganman jahon tillariga perevodga ariza yozdim qabul qilmadi70mln super to‘lang o‘qing deydi.Propiska yo‘q deydi.alam qilgani Qirg‘izdan tojikdan qozoqdan 66.1 to‘plab o‘qishga qabul qilinganlani ko‘rdim oilam toshkentda man navoiyda yashashni iloji yo‘q bo‘lsa ariza topshirishda bu haqida ma'lumot yo‘q edi shuning uchun bu fikirlarga qo‘shilaman qani adolat ayollarga berilgan imtiyoz qani
Uqish tizimini isloh qilib,mayli super qilib ham uqishga kirishsin. Lekin oliygoh ichidagi ta'lim mukammallikka erishishi kerak. Faqat bilimlilar, dunyoqarashi keng talabalargina qolsin. Shunda tushunishsin super qilibam oliygohda uqiy olmaydiganlar topshirib, boshqa bilimlilarni õrnini egallamaydi!
Ey malades xaqoniy gapiradigan odam xam bor ekan
2017-yilda 17 ta qabul qilingan edi, shu yil 180 ta qabul qilyapdi, men 2017-yilda 134.7 ball bilan o'qishga kirolmay yiqilganman, bu yil usha yunalishiga 66.15 bo'libdi. Xozir bilimli yoshlar kam deyishadi, 180 ta emas, 20 ta bola qabul qilsin ushanda bilimlilarni ko'rishadi
Bilimi yo'qlar (hamma ham emas) Chet davlatga topshirib, keyingi yili arzimagan ball bilan perevod olib kelyapdi, keyin bilimi pastlar ham usha zo'r OTMda bilimi zo'rlar bilan birga o'qiyapdi, haqiqatdan bilimlilarga diplom bermoqchi bo'lsa, usha perevod qilib keladiganlarga ham kvota ajratib xuddi Abiturentlardek test qilib keyin OTMga qabul qilish kk.
Гап йук👏👏👏
Assalomu alaykum Xushnudbek aka o'tgan safar Talabaga madad loyihasi haqida aytib o'tgandiz nahotki shunga talabalarni oilaviy sharoiti haqida Hokimiyat mahalla orqali doimiy xabardor bo'lib turmasa hozirda Sayxunobod tuman hokimyatidan bu loyihaga ro'yxatdan o'tgan talabalardan mahalladan dalolatnoma olib kelish so'ralyapti. Aytishlaricha bu dalolatnoma ancha vaqt tekwiriladi maxsus kommisiya tekwirarkan juda koplab odamlarni ruxsatidan so'ng talabaga yordam berish yoki bermaslik anniq bo'lar ekan. Qo'pol qilib aytganda eskicha tizim va talaba bundan umidvor bo'lmasa ham bo'ladi chunki bu tekwiruvlar tugaguncha u o'quv yilini tamomlaydi. Meni fikrimcha qaysi xonadon talabasi ariza qoldirdimi uni yashash manzilidan Hokimiyat uni oilaviy ahvoli haqida barcha ma'lumotlarni bilib turishi yoki mahalladan o'zlari hisobot olib turishi kerak
Удачи Всем
Тугри фикр