Kecha bir shogirdimiz kelib xushxabar aytib qoldi. Sizlarga ham ilindim.

Amerikadan 92000$ grant yutib olibdi. Umumiy hisobda 10 ta institutdan òziga ma'qul bòlganini tanlamoqda (e'tibor bering, tanlayabdi, majburiy bittasiga kirmayapti). Qiziģi bu institutlarning barchasi TOP lar ròyhatiga kiradi. Juda xursand bòldim.

Ukalarim, sizlarga samimiy maslahatim shuki, òzingizni ozgina qiynab bòlsa ham 2 yil kerakli ilmni òrganing, dunyoning manaman degan institutlari sizga òz eshigini ochadi. Bu aslo qiyin ish emas. Boshi rohat oxiri mashaqqat bòlgan ishdan, boshi mashaqqat oxiri rohat bòlgan ishni tanlang, faqat shundagina yutasiz.

Insha Alloh, shu yaqin ikki yilda TOP-10 likni tashkil qilgan
MIT, Garvard, Oxford, Cambridge, Yell, Stenford, California, Columbia, Chicago, Princeton kabi institutlarni zabt etamiz. Oz qoldi. Balki bu siz bòlarsiz. Bu mavzuga yana qaytaman. Salomat boling..

P.s. Bu shogirdimiz bilan kòp shuģullana olmadik (1 oycha). Agar kòproq shuģullana olganimizda, shubham yòqki yuqorida sanagan instutlarga kira oladigan potensiali bor. Balki shunisi hayrli bòlgandir. Nima bòlganda ham bu sizga bir ibrat bolsin.

12 comments

👏🏻👏🏻👏🏻👏🏻👍🏻👍🏻👍🏻👍🏻👍🏻👍🏻
GULSHOD BEKCHANOVA
Farzand ,shogirdlarni yutug‘i bu juda quvonchli ,bizlarni farzandlarimiz ham shunday yutuqlar bilan quvontirib o‘tirgay.Sizni bu yutuqlar bilan chin dildan tabriklaymiz ota -onasini ham tabriklaymiz
Фарзона
😍👍🏻👍🏻👍🏻👍🏻жуда хам хавасим келди бизга хам насиб килсин шу йил укишга кириш🤲🤲🤲
Qoyil, Mashalloh
Bunga SAT orqali kirdilarmi
Husinova Dilafruz
Assalomu alaykum, ustoz sizga rosa xavasim keldi. O‘quvchingizga xam.
Qaysi fanlardan imtihon topshiradi,asosan qaysi fanlarni bilishi kerak,farzandimni ham shunday o‘quv yurtlarida o‘qishini hohlayman..
Husinova Dilafruz
Inshaalloh olloh nasib etsa,farzandimni sizga o‘qitaman.
Assalamu alaykum rossa xavasim keldi
MashaAlloh olloh nasib qilsin
IELTS n, SAT dan scorelarini , qanday muvaffaqtiyatlarga erishgani un bunday grand bergani haqida aytolasizmi ?
Sardor
Blessed1
IELTS n, SAT dan scorelarini , qanday muvaffaqtiyatlarga erishgani un bunday grand bergani haqida aytolasizmi ?
Assalomu alekum. Shu insonni fikrlariga qo'shilaman. Qaysi institutda, IELTS va SAT dan qanaqa ball olish orqali o'qishga kirganliklari haqida ma'lumot bersangiz xursand bo'lardik.
Show next 1 comment