This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Олимпиада мавзусига оид таъсирли видео. Ота муҳаббати ҳақида.

Оғир атлетикачи Муаттар Набиеванинг отаси билан суҳбати ҳақидаги видеога бугун кўзим тушиб қолди.

Набиева 26 июль куни Токио олимпиадасида даст кўтаришда 98 кг тошни кўтариб олимпиада рекордини ўрнатган эди. Аммо силтаб кўтаришдаги кичик техник омадсизлик сабаб умумий 212 кг натижа билан 4-ўринни эгаллади. Унга бронза учун атиги 1 кг етмай қолди.

Муаттарнинг отаси эса қизига далда бермоқда:

«Йиғлама қизим, сен билан фахрланаман, сен мен учун биттасан. Жуда катта раҳмат сенга, қизим»

Кўриб, этларим жимирлади😢 Бизни доим қўллаб-қувватловчи, дуогўйларимиз бўлган ота-оналаримиз омон бўлишсин, илоҳим.


👉 @xushnudbek 👈

94 comments

Show 18 more comments
Shunaqangi oldizda otangiz borakan siz hali katta marralarni cho'qqilarni egallaysiz! Asosiysi otangizni duosida. Hali hayotiz g'alabalariz oldinda 💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻💪🏻
Nekbin
Barakat toping Muattarxon
ШУКР
Чемпион ота! Тасанно фарзанд бунданам кучаяди энди.Омад
Doston ོ
Qoyil
Тугриси кузимга еш келди, кунглим бушаб кетди
М И
Шундай ота-оналар чемпионларни, ғолибларни етиштиради.
Nekbin
Muattar siz O'zbekistoni bayrog'ini baland ko'tardingiz.Malades.Siz haqiqiy o'zbek qizisiz.Omadingizni bersin.Sizga o'xshagan yanada ko'paysin.O'zbekistonimizni hamma tanisin.
Xudayarova Gulbahor
Muattar sizga omad hali hammasi oldinda bundanda katta natijalarga erishasiz chunki yoningizda duogoy ota onangiz bor.Barchamizni ota onamiz baxtimizga soģ bòlsin.
🌟💫💫🌟 Юлдуз Мирзабаева
Ақилли ота оналардан мотивация бериш шунақа бўлади
Xurshid
Siz biz uchun g'olibsiz.Omadizni bersin.Olimpiadada qatnashish hammaga ham emas.Shunday ekan siz bilan faxrlanamiz💪💪💪
Feruza Sodiqova
Muattar siz juda xam baxtli qiz ekansiz, Oʻzbekiston nomi bilan borish, olimpiadada qatnashish va shunday mexri daryo otaning farzandi boʻlish,sira ham xafa boʻlmang,xali siz uchun xammasi oldinda ota onangizning duolari siz bilan ekan xali rekordlariz koʻp boʻladi Inshaalloh
Abdukadirovna
Sizga havasim keldi. Rahmat. Sizdan kuchliroq ayollar kerak bo'lsa 2 chelak suv ham ko'tara olishmaydi. Barakalla.
👨‍✈️👩‍👩‍👧‍👦👩‍💼МУНИРА
Баракалла табриклаймиз
MAFTUNA UMARJONOVA
Ayol kishi bo'lib bunday og'irlikdagi toshni ko'taribdilar, qoyil qolmasdan iloji yo'q. Siz vatanimizni faxrisiz.
Отангизнинг сузлари олтиндан кадрлирок. Муаттар сиз голибсиз.
Gʻulomova Gulzira Shuhratovna
Men ósha kuni kórib rosa yiĝlagandim. Daryo.uzdagi intervyusini óqib yana ta'sirlandim
Alloh rozi bõlsin hamma sportchilarimizdan. Yuzlari hamisha yorugʻ boʻlsin. Oʻzbekiston xalqi ular bilan hamisha faxrlandi.🇺🇿🇺🇿👏👏👏👏
Show next 55 comments