⚡️Талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамасининг «Олий таълим ташкилотларида тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитлари ажратишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори (№527, 18.08.2021 й.) қабул қилинди.

Унга кўра, талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди. Таълим кредити Марказий банкнинг асосий ставкаси (ҳозирда 14%) миқдорида ажратилади.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

❗️Яқин кунларда каналимиз орқали таълим кредити мавзусига бағишлаб Молия вазирлиги ҳамда Марказий банк мутасаддилари иштирокида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Унда талабалар ва уларнинг ота-оналарини қизиқтирган барча саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

350 comments

Show 100 more comments
Kanalda bo'ladigan ovozli chatda ishtirok eta olmasligim mumkin shu sabab savolimji shu yerda qoldiraman,
agarda talaba super kontraktda o'qimoqchi bo'lsa va unga ta'lim krediti beriladimi yoki yo'q ?
bunday holatlarda nimalar qilish kerak va qanday zaruriy hujjatlar ta'lab etiladi ?
Савол бор эди, сирткига кредит берилмайдими?
Faqat davlat institutlarida o'qiyotganlarga beriladimi yoki qo'shma ochilgan istitutlarga ham beriladimi?
Muslima
Judayam zor qaror bolibdi oilalarga ancha yengillik boladigan boldi. Rahmat!☺
Tokhirova
Super kontrakt un ham berilsa yahshi bolardi
Jasurbek Sobirjon
Islomda HAROM!!!
juda ko'p.narsa Harom lekin e'tibor bermaymiz kimdir shuni ortidan non yeydi, kredit majburiymas uni olish hohishiy , raz hohishiy ekan demak rozi bo'lib beryapdi pulni
----Anvar __
Meni kantragim 30 milon 3 kur boldi kiridit olmaganman berarmikan
Super kontrakt uchun ham berilsin
Sirojiddin
Хушнудбек жуда маслахатиз керак ёрдам беринг
Assalomu alaykum, kam taʼminlangan oila farzandi sirtqi taʼlimga oʻqishga kirgan boʻlsa ham kredit olsa boʻladimi???
Magistratura da o'qiydiganlargayam ta'lim kredit beriladimi?
Ra'no To'xtayeva
Yaxshi bo'lardida
O'tgan yillarda ham bormagan banmimiz qolmagandi.. lkn doim bir javob: "unaqa narsa yoq..." yoki "limit tugadi" deyishadi... Ammo ayrim talabalar olishgan banklarda tanishi bo'lgani uchun... Tanish bo'lmasa ololmaymizmi... qachingacha bu rasvo tizim davom etadi... kimga mirojat qilish kk shu masalda
Muslima
Supper kantraktlarga ham berilsin!!!!!!!!!!!!!!!
Kredit olgan bòsa ham beriladimi ta'lim krediti
Assalomu alaykum men Samarqanddanman lekin kreditni Toshkentdan olsam xam bo'ladimi
Show next 100 comments