⚡️Талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамасининг «Олий таълим ташкилотларида тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитлари ажратишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори (№527, 18.08.2021 й.) қабул қилинди.

Унга кўра, талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди. Таълим кредити Марказий банкнинг асосий ставкаси (ҳозирда 14%) миқдорида ажратилади.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

❗️Яқин кунларда каналимиз орқали таълим кредити мавзусига бағишлаб Молия вазирлиги ҳамда Марказий банк мутасаддилари иштирокида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Унда талабалар ва уларнинг ота-оналарини қизиқтирган барча саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

350 comments

Show 100 more comments
Xushnudbek aka super kontraktlarga ham beriladimi ta'lim kiriditi
Muslima
Foiz olib tashlansa yaxshi bolardi
Sultonova Gulchexra
Мени икки фарзандим кантракда укийди иккисига хам кредит олсам буладими
Assalomu aleykum. Chet davlatlarning Ozbekistondagi filiallarigaham bu kredit beriladimi?
🕊Marjona Qiyomova
1-kurslarga ham beriladimi
Nech pulgacha talim krediti berilarkan
ℕ𝕦𝕣𝕦𝕝𝕝𝕒𝕪𝕖𝕧
Man tushunmadim to‘g‘risi, yillik 14% ni yetti yilligini yig‘ib to‘laymizmi shunda 😑
Yoʻ 4 yilligini 7 yil yani bitirganizdan soʻng 7 oraligʻida toʻlaysiz .
(Holasez 1 yilda toʻlasez boʻladi)
Sultonova Gulchexra
Кайси банклардан берилади
Шахло_Эгамбердиева
Assalomu aleykum Ikkinchi mutaxassislikda o'qiyman men ta'lim krediti olib bilamanmi oilada ikkita farzand kantrakga o'qiymiz,to'lov bo'yicha qiyinchilik boʻlyapti, shu masalani chatda ko'tarib bersangiz iltimos
Худди ўқишни битириб кимдир 10 млн ойлик берадиган дек, кредит берармуш.
Salom Xushnudbek aka.Bir savolim bor edi. Agar abituriyent 5ta tanlagan institutida Grantda turgan bòlsa qaysi birida uqiwni tanlasa buladimi? Ustuvorlikni Davlat Granti qilib tanlagan bòlsa?
Agar wu narsani tanlab bulsa u abituriyent qacon tanlaydi va u qacon rasmiylawtiriladi?
Kechki ta'limdagilar uchun kredit ajratilmaydimi
Assalomu aleykum. 4 kurslarga ham beriladimi. Berilsa faqat usha bir yil uchun beriladimi. Keyin. Kredit birdan kontrakka o'tib ketadimi?
Savolimni qisqa qilaman aka 
Oilada 3 ta farzandmiz uchalamiz xam kantirak asosida òqiymiz . Chatda sòz navbatini bersagiz . Savolim bor edi spekirlarga . Men Eshboyev Hojiakbar
Shodmonova Aziza Ulug'bekovna
Hech kimga bermaydi otanga bor onangga bor qiladi o'zlari kechib ketadi talaba zotini
Raxmat kutib qolamz
Super kantrakt gaham beriladimi
ta'lim krediti qaysi turdagi talimga ajratiladi faqat kunduzgigami yoki kechki va sirtqi talimda uqiydiganlarga ham ajratiladimi
Show next 100 comments