⚡️Талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамасининг «Олий таълим ташкилотларида тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитлари ажратишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори (№527, 18.08.2021 й.) қабул қилинди.

Унга кўра, талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди. Таълим кредити Марказий банкнинг асосий ставкаси (ҳозирда 14%) миқдорида ажратилади.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

❗️Яқин кунларда каналимиз орқали таълим кредити мавзусига бағишлаб Молия вазирлиги ҳамда Марказий банк мутасаддилари иштирокида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Унда талабалар ва уларнинг ота-оналарини қизиқтирган барча саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

350 comments

Show 100 more comments
Sirtqilagayam bormi kredit
Assalomu alaykum savollarimga javob bersangiz
1.Talim kriditini kimlar ololadi
2.Talim kriditini barcha turdagi talim tizmi turiga qarabmi masalan sirtqi o‘qiganlarga ham beriladimi
3.14 foiz judayam ko‘pku Xushnud aka buni o‘zgartirishni oilaviy sharoiti og‘irroq bo‘lgan oila farzandlari uchunham qulayroq qilib foiz belgilashni iloji bormi
Javoblar uchun oldindan raxmat
O'qishni bitirgandan keyin chet elga chiqishda to'siq bo'lmaydimi kredit olsak?
Turgʻunboyeva Mohidil
Men ham oddiy talabaman bizni guruhda 100% stipendiyasiz kontrakda oʻqiydi .oʻziz oʻylab koʻrin 1 yilda ota -onez 6 mln toʻlagan yaxshimi yoki 12 mln mi bundan tashqari kontraklar har oy kechikib beriladi doim . Kontark oshib boruradi eng kam ish haqi oshgan sayin
To'grisi siz aytaganingiz ham to'gri
Aynan ota-onamga qiyin bo'lmasin deyman 2 kishi kantrakt to'laymiz shu sabab til o'rganishga borish harajati qiyin bo'lishi mumkin
Magistraturaga tayor bo'lish kk
Stipendiyali bo'lsa (11mln) oyiga 200 ming kridit %ga ketadi 400 mingni tilga
Ishonavering 7 yilgacha bu bergan kridit qadri ancha tushib ketadi
Qisqasi shunday bo'lsa bu juda yaxshi bo'ladi.
Talimga yo'naltirilgan mablag' eng foydalidir👍
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh talim kiriditi chet el oliygohlariga ham beriladimi
Assalomu alaykum 2 ta kantrakt tolrydiganlaga qanday imtiyozla bor
Rózibayeva
Sirtqiga ham ajratilsin iltimos Yojuda óqimoqchimiz
Kollejlarga ham ta'lim kredit olsa boladimi
Нигора Эркиновна
2 та кизим контрактда укийди канака имтиёзла бор илтимос жовоб берин
сырткы талимгаям борми талим кредит
Зумрад Хужамбердиевна
Ассалому алайкум.Мани оиламда 4 нафар талаба контракт асосида укийди.2та фарзандим сирткида,2 та кундузгида укийди.Укишни 4-курс булмагунигача хеч каерга ишга олишмаскан.Кредитни14%ини нимани хисобидан тулаймиз.Илтимос укишни сиртки килгандан кейин иш билан таъминлашни хам йулга куйилса.Талаба бекор булса,кандай тулайди контрактини.Хунардан хам бунча катта пул йигиш аклга сигмайди
SHAVKAT
Ikkinchi mutaxassislikda kunduzgi taʼlimda oʻqiydiganlarga ham taʼlim kreditlari berilishini soʻrayman.
Agar talim kreditini olgandan soʻng oʻqishni bitrganfan 7 oy oʻtib kreditni toʻlab boshlaysizlar deyilyabdi shu oʻrinda savol tugʻiladi shu oʻqigan 3-4 yil muddatimizga ham har yili 14% dan ustama minib turadimi ketma ket oʻqigan 3 yilimizga qoʻshilib koʻpayib boradimi yoki oʻqishni botrgandan soʻng shu 14% qoʻshilishni boshlaydimi ?
Talim kiriditi sirtqida taxsil olayotgan talabalargaxamma yoki uchniyda taxsil oloyotgan talabalargami javob uchun oldindan raxmat!
Olimjon Yo'ldoshev
Assalomu alekum Xushnudbek sirtqi hamda kechki ta'limdagilarga ham ta'lim kreditini berishni taklif qilgan bo'lardim chunki sirtqi va kechki ta'limda o'qiyotgan talabalar 100% ishlashmaydi ular qayerdan olsin? kechki va sirtqi ta'limdagi talabalarga ham moddiy tomondan qandaydir imtiyoz qo'llanishi kerak menimcha.shunda adolatliroq bo'lar edi
14 foiz 7 yilga juda qimmat bop ketadiku
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, statistikada bir xil bal olganlar kup ekan lekin 20 ta grand ajratilgan bu qanday taqsimlanadi
Manimcha bal birxil bo'lsa byujetga kvota kengaytiriladi o'tgan yil shunaqa bo'ludi
Bir oiladan 2ta odamga ham taʼlim kiriditi beradimi
Show next 31 comments