⚡️Талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамасининг «Олий таълим ташкилотларида тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитлари ажратишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори (№527, 18.08.2021 й.) қабул қилинди.

Унга кўра, талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди. Таълим кредити Марказий банкнинг асосий ставкаси (ҳозирда 14%) миқдорида ажратилади.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

❗️Яқин кунларда каналимиз орқали таълим кредити мавзусига бағишлаб Молия вазирлиги ҳамда Марказий банк мутасаддилари иштирокида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Унда талабалар ва уларнинг ота-оналарини қизиқтирган барча саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

350 comments

Show 100 more comments
Manimcha bal birxil bo'lsa byujetga kvota kengaytiriladi o'tgan yil shunaqa bo'ludi
Bir oiladan 2ta odamga ham taʼlim kiriditi beradimi
Азиза
Ассалому алайкум
Талим кредитни 1 курс биринчи ярим йиллик дан бошлаб килса буладими йоки канчадир процент туланиши керакми
Sirtqi ta'lim uchun nega kredit ajratilmaydi? Qachon bu narsa yoʻlga qoʻyiladi?
Xayitova
Assalomu alaykum. Men 42 yoshdaman 1998 Qõqon ped.bilim yurtining boshlanġich sinf õqituvchisi yõnalishini imtiyozli diplom bilan tamomlaganman.Shu yil maktabga boshlanġich sinf õqituvchisi bõlib ishga kirdim 1998-yildan 2013 yilgacha shu lavozimda ishladim.Shu faoliyat jarayonida 2-toifa oldim. 2013-yildan 2019-yilgacha õrta maxsus ma'lumotli bõlganligim sababli shu maktabda kutubxonachi bõlib ishladim.2019-yil Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti boshlanġich sinf õqituvchisi va sport tarbiyaviy yõnalishi sirtqi bõlimiga õqishga kirdim va shu yildan yana boshlanğich sinf õqituvchisi etib tayinlandim.Savolim quyidagicha:
1.Õrta maxsus ma'lumotligimda ya'ni 2010-yilda olingan 2-toifamni tiklashim mumkinmi?
2.Hozirda OTM ning sirtqi ta'limida 3-kursman.Men qachon attestatsiyadan õtishim mumkin?Ayni paytda õta olamanmi?Yoki OTM ni tamomlashimni kutishim kerakmi?
Xayitova
M
Assalomu aleykum Xushnud aka man 3-kurs talabasiman. 14%lik taʼlim krediti faqat 1-kurs talabalariga beriladimi. Manga bankdagilar shunday javob berishdi iltimos shu savolimga oydinlik kiritib bering
Xushnudbek Aka, kridetni 14 foizini har yili tulab boramizmi, bankdagilar shunaqa dedi, masalan birnichi yil 14 foiz, keyin yana 14 foiz, olingan summani tulamaguncha har yili tulanar ekan, unaqada, umuman foydasi yuqku buni , quruqga 7 yil qilib quyishibdi.
Assalomu alekum bir oiladan 2va unda ortiq farzand kontraktda oqisa ulaga qanaqadr imtiyozla bomi
Hushnudbek banklar talim kreditini ,prizdent qarorini mensushmayabdi kimga murojaat etsak buladi
Ta'lim kreditlari superkontrakt uchun ham beriladimi
Aslbe
Super kontrakt uchun ham beriladimi
🦋DILNISO SHAVKATOVNA🦋
Assalomu alaykum,hurmatli Xushnudbek aka.Savolim shundan iboratki,yosh oilalimiz,1 yoshli farzandim bor,Navoiy viloyatidanmiz.Turmush o'rtog'im TDTU da bakalvr bosqichida to'lov kontrakt asosida o'qiydilar,men Nukus DPI magistratura bosqichida to'lov kontrakt asosida o'qiyman.Men o'qishimni yuqoridagi sabablarga asoslanib Navoiy DPI ga ko'chirsam bo'ladimi?
Iyeeeeeeeeee vaaaaaay 🤣🤣🤣. 1-avgustga qadar hamma qaror,farmon,reklama bannerlari va boshqa hamma narsalar lotin yozuviga o'tilishi kerakmasmidi. Rasmda krill bo'lib yotibdiku. Chichib qo'yishibdiku a?
Bu Qaror magistrantlar uchunam amal qiladimi aniqroģi ta'lim krediti olsa bòladimi
Iltimos menga toliqroq malumot bering
Shu yildan boshlab beriladimi talaba kredit. Uni uchun qanday dakumentlar kerak boladi
Qachon olsa boladi
Show next 12 comments