⚡️Талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди

Вазирлар Маҳкамасининг «Олий таълим ташкилотларида тўлов-контракт асосида ўқиш учун таълим кредитлари ажратишни тартибга солиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори (№527, 18.08.2021 й.) қабул қилинди.

Унга кўра, талабаларга таълим кредити беришнинг янги тартиби тасдиқланди. Таълим кредити Марказий банкнинг асосий ставкаси (ҳозирда 14%) миқдорида ажратилади.

Таълим кредитининг асосий қарзи талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

❗️Яқин кунларда каналимиз орқали таълим кредити мавзусига бағишлаб Молия вазирлиги ҳамда Марказий банк мутасаддилари иштирокида овозли чат ташкил қилишни режалаштиряпмиз. Унда талабалар ва уларнинг ота-оналарини қизиқтирган барча саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз.


👉 @xushnudbek 👈

350 comments

Show 100 more comments
Bu Qaror magistrantlar uchunam amal qiladimi aniqroģi ta'lim krediti olsa bòladimi
Iltimos menga toliqroq malumot bering
Shu yildan boshlab beriladimi talaba kredit. Uni uchun qanday dakumentlar kerak boladi
Qachon olsa boladi
░MURODBEY ░
Salom hammaga
Kim vaksina olganligi sababli
10 % chegirmaga ega bo‘ldi
Qanday tartibda bo‘ladi habarila bo‘lsa iltimos kamentariya ...
Assalom alaykum Xushnudbek aka kimga murohat qilsam buladi kk hujat tug'irlash kkmi
эьтибор мизробовна Хамраева
Ассалом алейкум хурматли хушнудбек саволим куйидагича.углим тош тиб академия сила бешинчи курсга утди икки йил учун таьлим кридит олмокчиман .лекин углим четга чикмокчи укишни тугатиб .мен кафил булсам хам давлатдан кридит бор деб чика олмайдими.еки чика оладими
O.Usmonovna
Assalomu aleykum krediditi bor xotin qizlarga ham beriladimi oʻzim 3kursga oʻtim bu yil kreditim bor i yana 2yil toʻlasam boʻldi. kontrakt uchun kredit toʻlovini oʻqishi bitirganda 7oy oʻtib toʻlanadi lekin kreditim borligi uchun sizga berilmaydi dib eti bank. Shu toʻgʻrimi berilmaydimi
Assalom alekum savolim bor edi. Misol un birinchi kursda kredit oldim.ikkinchi kurs boshlanganda yana olmoqchi bolsam avalgisi tolangan bolishi kerakmi
Assalomu aleykom, hozrgi kunda menda bir masala bor edi talim krediti boyicha, men 2022yil Avgust oyining boshida kredit oldm va bu yerga kelganimda bankdagilar foizini talim jamgarmasi tolab beriwini aytmagandi, kreditni olib bolganimdan keyin wu qarorni oqib qoldm va bankga murojat qilib aytuvdim wunaqa ekan deb Hozr uIar meni olgan kreditm bu qaror boyicha otmasligini aytishyabti wu masala boyicha kimga murojat qiIsam boladi
Agar iIoji boIsa aytib yubora oIaszIarmi
ᴍᴜʀᴏᴅᴏᴠɴᴀ_🤍
Men maktabni bitirdim bu yil lekin yoshim 18ga toʻlmagan. Kredit olgani borganimizda yoshi toʻlmagan deb chiqdi. Lekin men maktabni bitirganmanku nega ola olmayman
Nomida kredit busa talaba kredit chiqadimi yoqmi
Iroda Muzaffarova ...
Assalomu aleykum men masofaviy talimda oqiyman nega bunda kredit berilmaydi xotin qizlarga berilgan yengillik men kabi madofaviy talim
dagi qizlarga yoq sababi beriliwi un nima qiliw kk kimga chiqow kk yol yoriq korsating javob un raxmat