7-sentabr yakuniy natijalar (after appl).pdf
1.4 MB
KHISO olimpiadasining yakuniy natijalarini e’lon qilamiz

Xabaringiz bor, 7-sentabr kuni 1-11– sinf o‘quvchilar uchun respublikamiz bo‘ylab KHISO olimpiadasi o‘tkazildi. Unda 1000 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.

🏆 G‘oliblar quyidagicha taqdirlanishadi:

🥉 70% dan 79% gacha: Bronza medal
🥈  80% dan 89% gacha: Kumush medal
🥇  90% dan 100% gacha: Oltin medal

Taqdirlash marosimi 21-sentabr kuni (COPERNICUS olimpiadasining saralash bosqichi kuni) hududlarda bo‘lib o‘tadi. Bu haqida batafsil ma’lumot kanalimizda e’lon qilinadi. Eslatib o‘tamiz, xalqaro YOZGI MAKTAB-2026 ga yillik reytingi eng yuqori o‘quvchilar 100% bepul qatnashishlari mumkin. Shunday ekan har bir ishtirok va har bir reyting ball muhim hisoblanadi.

🎫 Eslatib o‘tamiz, barcha ishtirokchilar hoziroq offline.khiso.uz platformasidagi shaxsiy akkauntiga kirib, sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin. Hali akkaunt ochmagan o‘quvchilar akkaunt ochib, @khiso_admin ga yozishlari shart.

10 comments

Hilola
Спасибо за опубликованную таблицу с результатами.
Отдельное спасибо за то, что 7 и 8 классы оценивались раздельно.
Assalomu alaykum. Nega 4-sinflar orasida 1chi òrindagi ishtirokchining balli dastlabki natijadan farqli ravishda oshirib yozilgan, appelyatsiyada òzgargan bòlsa unda boshqa òquvchilarniki ham qayta tekshirildimi?
Osiyo
Rasulova Rayyona
40bal deb elon qiganlarniki nega 23balga tuwib ketti
Qanday tekwirgansilar umuman tuwunmadim
Ассалаума алейкум. Рахмат. Сертификатни канаккиб юклаб олсак булади. Кимиз 1.синф илк бор катнашди. Шунга сертификатни чикариб бермокчидик
🇺🇿FAYZULLOXON & OMONULLOXON 🇺🇿
Assalomu alaykum oʻgʻlim Gʻolibxoʻjayev Fayzulloxon 7sinfga endi oʻtti,u hali 6sinf pragrammasida,7-sinfni mavzularini endi oʻrganadi,biz 7deb yozdiridik,savollar 7-8sinf uchun ekan,shuni yechishga qiynaldi,hozir roʻyhatda 6sinflar orasiga kiritib qoʻyibsila,tushunmadim nimaga unday