#ykohakamlariMirakbarov Mirumid Hojiakbar o‘g‘li 2003-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rossiya iqtisodiyot oliy maktabi 1-bosqich talabasi. Mirakbarov Mirumid biologik kimyo, biofizika va fizikaviy kimyo fanlariga juda qiziqadi. U 2019-2020-yilgi Xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida kumush va oltin medallari, 2020-yili Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan. 2019-yili Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. Mirumid Mirakbarov yosh kimyogarlarga tavsiya sifatida “o‘qib-o‘rganinglar, izlaninglar. Oldingizdagi chegaralarni olib tashlanglar” deb qoladi.
https://t.me/ykouz