Якшанба суҳбати

Нима деб ўйлайсизлар, ҳали тестга кириш тугул, ҳужжат ҳам топширмай туриб, "бу йил ҳам супер-контракт бўладими" деб қизиқаётган минглаб абитуриентлар қуйидаги қайси таърифлардан бирига тўғри келади😄

• улар оптимист - катта пул тўлаб, аниқ талаба бўлишига ишонишяпти;
• улар пессимист - ўқишга кира олмасам керак деб хавотир олишяпти;
• улар реалист - барибир ўқишга кира олмаслигини аниқ билишади.


👉 @xushnudbek 👈

993 comments

Show 100 more comments
𝐘𝐨𝐫𝐪𝐢𝐧𝐛𝐞𝐤 𝐌𝐮𝐱𝐢𝐝𝐝𝐢𝐧𝐨𝐯
Savol shu darajada jo‘nki, odamni javob bergisi ham kelmaydi. Bilmadim. Shu kabi savollarni berayotgan abituriyentlar qayerdan olishayapti bunaqa ideyalarni. Bu shunchaki fantastika. Nima bo‘lganda ham hamma abituriyentlarga omad tilayman.
Bekzod Ziyadullayev
Bu yilgi testlar va test jarayoniga hamma tayyorlanadigan bir paytda qiziq bir savol yuzaga keladi karonavirus inqirozi paytida test o’tkazish to’grimi bir testni deb sog’lig’idan ayrilish menimcha bu ortiqcha nimaga chunki hozir aholi orasida tarqalayotgan 70% belgisiz degan dardni yuqtirib olmaslikka kim javob beradi yana ham kulgili jihati DTM rahbari yig’ilishga chiqib an’anaviy qog’oz shaklida katta pavilyonda bo’ladi buni nima deb atash mumkin “axmoqlikmi” yoki “oqillik” the qiziq savol testga shoshmang kasal bo’lsak yonimizdan davolanamiz DTM ham o’qishga kirgan taqdirda ham Universitet ham davolanishga pul to’lamaydi. O’zi shunday ham o’zing uchun o’l yetim vaziyatida bu yana ham kuchayadi
Nodirbek Egamberganov
Менимча купчилиги реалист: барибир укишга киролмаслигини аник билади
Xushnud aka nimagadur testda ishtirok etish uchun tulov qilsam Mana bunday yozuv chiqyapti
С.........
𝐊𝐡𝐚𝐬𝐚𝐧 𝐒𝐚𝐲𝐟𝐢𝐞𝐯
O'qishga kirish uchun 2 ta fan qo'yilsa va soni ko"paymasa shu yetarli 2 ta fanni bilimli bo'lishini istagan va haqiqatda iqtidorli inson o'rgana oladi va savollar qiyinchilik darajasi yildan yilga osonlashayapti endi bundan ortiq nima qilish kerak to'g'ri kelgan insonni o'qishga qabul qilish umuman to'g'ri kelmaydi o'sha chet el universitetlari ham agar ta'lim tizimi kuchli bo'lsa to'g'ri kelgan insonni qabul qilishmaydi kamida IELTS so'raladi IElTS ham hammani qo'lidan kelmaydi faqat o'qigan inson o'qishga kirishga haqli kontrakt kirib to"lashga qurbi yetmay o'qimayotganlar ham bor lekin 50 ball yetmay qolib super qilib o'qiyotganlar ham bor aslida o'qimayotgan bola o'qishga anchagina haqli bunda hamma narsa pulga borib taqaladimi demak puli bor o'qishi kerak bu haqiqiy diskriminatsiya shundoq ham davlat barchaga 12 yil edi 11 yil majburiy tekin ta'lim berayapti balkim maktab tizimi insonga yetarlicha bilim bera olmayotgandir lekin boshlang'ich tushunchani bera oladi boshlng'ich tushuncha bilan keyinchalik ko'p narsa ga erishish mumkim 11 yil davlat tekin o'qitganida atigi 2 ta fanni ham mustqail bo'lsa ham o'zlashtirmagan inson keyin yana 3 yillab tayyorlanib kirolmasa u insonga qancha muddat kerak aslida maktab tizimi haqida gapiramiz balkim matematika fizika kimyo va tillarni o'rganish o'qituvchiga ham bog'liqdir lekin boshqa tarix ona tili va adabiyot geografiya biologiya va hokazolarni alifboni yaxshi tanigan inson mustaqil ham o'rgana oladi faqat qunt kerak xolos o'zi bizni davlatda ajoyib qonunlar chiqayapti grant biturganlar 3 yil qishloqda ishlab berishadi chunki ular mamlakat hisobidan o'qib mamlakatga zarar kelturadi deb hisoblashadi aslida esa ular kelajakda mamlakatga katta foyda keltirishadi lekin dastlabki 3 yilni qayerdadir ishlab berilsa o'rtacha olganda bu inson 27 yoshlar atrofida bo'lib qoladi va u o'ziga sharoit yaratib uylu joyli bo'lishiga ham imkoniyat kam qoladi mamlakatga naf u yoqda tursin bu esa yana o'sha super lar uchun yaxshi imkoniyat yaxshi ishga ular joylashadilar aslida grantdagilar 11 - 12 yillik tekin talimni qadrini bilganligi uchun ham mukofotmi bu endi
Эхе достон йозиб ташагансиз акилли мани фикрими яхшилаб окинг ман нима хакида гапиргаман сиз нимала ёзиб ташагансиз изохга тогри изох ёзиш кере ман университетга киргандан кейин таьлимни кучайтириш хакида этганман кирищ канне болиши осон кийин болиши кайси фанлани канне окиш керелигини сорамадим хамма фанлани озини кийинчилилари бор алифбони билса окиб кетуремиш хамма нарсани огзиз бн бажарасизми дийманда агар она тили тарихни алифбони билса окиб кетурса репитеторлага эхтийож колмасди барча оттмларга абитурентлар окишга кириб суперларга хожат комасди
Bu savolni beriwganlar ustidan na kuliw na yiglawni bilmaydi odam
Zaripova Munira
Булар реалист,лекин ОТМ ларга кириш имтихони онлайн булмаслиги керак,вирусдан кочиб кутулолмаймиз,хар ким узи учун курашсин,гигиена,чиникиш,иммунитетни кутарсин,агар онлайн имтихон булса Узбекистон яна неча йил боткокга колиб кетади
Ózim 2019 yil talabasi bóldim
Ozroq pul bn super kontrakt qilganlar óqishida ancha fail ishtirok etishadi
60 millionliklarni kórib jahlim chiqib ketadi
Óz yónalishi bóyicha hech qanday tushunchaga ega emas
Lekin óshalar ham 1 kursni bitirishdi bizlar qatori.
Puldor oila farzandlari super kontrakt qandaydir ligota sifatida qarash shakllandi.
Shuning uchun baribir óqishga pul bn kirish imkonim bor Deb hisoblamoqdalar.
Hamma bilimi bn kirgan lar super q. dagilardi olguday yomon korishyabti tangani ikkinchi tomoniniham oylab koring balki u ham szday qiynalb oqigandr, shunhaki test jarayonida hayojalanibmi yoki biron narsa bolib mi ozi hohlagan balni toplay olmadi qarasa 2-3 ball yetmadi superga tolashga puli bor nima uchun yana u 1 yil kutish kere, Shunchaki Zamon shu...
Ular tupoy
Ular dub
Ukar xom kalla
Salom. Xushnudbek. Kanalizda abuturyentlarga bakalavryatga o‘qishga topshirish uchun video namuna tayyorlab tashlabsiz. Agar iloji bo‘lsa MAGISTRATURAGA xujjat topshirishni ham namuna tariqasida video tayyorlab kanalizga yuklasangiz zo‘r ish bo‘lardi
Assalomu alaykum. Online qabul boʻyicha savolim bor kimga qanday murojaat qilay. KHKni 1998yilda bitirgan akamizni hujjatini topshirgan edim diplomini seriyasi yoʻq ekan. Seriya yozmasa saqlab boʻlmayapti, keyin oʻzim seriyaga K harfini yozib saqlab qoʻydim bu muammo boʻlmaydimi. Biror kishi yordam bersin
Onlayin imtihonlar ham boshlanibdi eski o'yinlar ham ,hammaga allohni ozi insof bersin.
Bu kabi abiturentlarni realist sifatida baholay olamiz. Negaki, ular o'z bilimlari bilan talaba bo'la olishlariga ishonishmaydi va aksincha qo'shimcha kontrakt to'lab bo'lsada, bu imkoniyatni boy bermaslik harakatini ko'rishadi.
Ular realist oqimaganligi vaqt boy bergani va keyingi harakati superga borishini oldindan bilishepti(oldingi yildagi tajribasiga tayanib)
Show next 57 comments