⚡️Мандат қисқа вақт ичида эълон қилинади

Ҳурматли, абитуриентлар!

Тез орада мандат натижалари эълон қилинади. Талабгорлар кўплиги ва ҳамма кутаётганини ҳисобга олиб, серверга ортиқча юклама бўлмаслиги учун якуний натижалар ҳудудлар кесимида бўлиб-бўлиб эълон қилинади.

Барчадан илтимос, шунча кутганга яраша, ҳамма ўзи тест топширган ҳудуди бўйича белгиланган вақтда кириб кўрса, қолган пайтлари бошқаларга халақит бермаса яхши иш бўларди.

⌛️Ҳудудлар рўйхати ДТМ томонидан қисқа вақт ичида эълон қилинади.

❗️Диққат, бу муҳим!

Ҳудуд деганда тест топшириш ҳудуди назарда тутилмоқда!

Яъни ким қайси ҳудудда тест топширган бўлса, ўша ҳудуд вақтида кириб кўриши керак.

Масалан, доимий пропискаси Жиззахда бўлган абитуриент Тошкент шаҳридаги университетга ҳужжат топширган. Тестга эса Самарқанд шаҳрида кирган.

Демак, ушбу абитуриент

✅ Самарқанд ҳудуди вақтида сайтга кириб, натижасини текшириб кўрса бўлади.

❌Жиззах ёки ❌Тошкент ҳудуди вақтида унинг натижаси чиқмайди.


👉 @xushnudbek 👈

2361 comments

Show 100 more comments
Toshkent 17:00 ekan
R.Dildora..
Вактлари эьлон килинади дейишдику
Bugun chiqadmikan aniq
Perevodni javoblari qachon chiqarkin
Asadov Sherali
rus tili yevroga topshrganla bormi
Abdurasulova Gulzoda
Dtm habar berdi.
Butayeva Shoyista
Aszalomu alaykum. Kanalingizda qaysi botdan kórish mumkinligini ham aytib óting iltimos sizdan
Qaysi hududda qachon chiqishini qanday bilsam bo'ladi biladiganlar bo'lsa aytib yuboringlar
Uraaaaaaaa juda hursandman
Qachon oz vaqtida chiqaradi bu DTM javoblarni???
Vaqtini qanaq qib bilsak boʻladi
Otgan yili juda past edi silaga bogliqda chiqsinchi
Allohga wukur
ℳ𝒶𝓈𝒽𝒽𝓊𝓇𝒶
Soatlari qachon aniq bularkan
BoXoDiR
Ishing tushganda oka, tog'a, doda

devorasan dermidi ? Insonlar Marsga

shahar qurishni boshlashga

chiqishadi-yu, lekin bu "Mandat tog'a"

ni hali beri chiqishini iloj yo'q shekl.

👉 @tosh_oynaM_qani 👈
⚡️ Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

📣 Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, 2021-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni 15:00 da e’lon qilinadi.

✅ Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:

👉 15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;

👉 16:00 dan – Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlari;

👉 17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
BoXoDiR
Ishing tushganda oka, tog'a, doda

devorasan dermidi ? Insonlar Marsga

shahar qurishni boshlashga

chiqishadi-yu, lekin bu "Mandat tog'a"

ni hali beri chiqishini iloj yo'q shekl.

👉 @tosh_oynaM_qani 👈
Show next 100 comments