❓Хотин-қизлар учун берилган тавсияномалар нима учун базада кўринмаяпти?
#abituriyent

Айрим абитуриентлар мурожаат қилиб, хотин-қизлар учун мўлжалланган тавсиянома олганини, аммо ДТМ сайтида рўйхатдан ўтганда “Сизда имтиёз мавжуд эмас” деган ёзув чиқаётганини маълум қилмоқда.

Маълум бўлишича, 2 минг кишилик давлат гранти учун тавсиянома олган айрим хотин-қизларда ҳақиқатдан шундай муаммо мавжуд. Бунда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги ҳали барча тавсияномаларни тегишли электрон базага киритишга улгурмаган. Давлат қабул комиссиясининг баёнига кўра, барча тавсиянома олган хотин-қизларнинг маълумотларини 15 июлга қадар базага киритишга рухсат берилган.

Шунга кўра, тавсиянома олган хотин-қизлар хавотир олмаса ҳам бўлади. Уларнинг маълумотлари албатта базага киритилади, ҳозир бу бўйича ишлар кетмоқда.

❗️Маслаҳатим: 16-17 июль кунлари ДТМ сайтидаги шахсий кабинетингизни яна бир бор текшириб кўринг. Агар шунда ҳам тавсиянома кўринмаса, унда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлигига мурожаат қилинг (ДТМга эмас).

Қўшимча маълумотлар:

➖ Хотин-қизлар учун берилган квоталар ҳудудлар кесимида — ТАНИШИШ

➖ Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади? — ТАНИШИШ


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 27 more comments
Assalomu alekum tavsiya nomani kiritilganini yo kiritilmaganini qande bolse boladi
Koya🐨
Алишер
Voyaga yetmagan 2 nafar farzandim bor boquvchimizni yo'qotganmiz yolg'iz onalarga qanaqa imtiyoz beriladi?
Aziz ayol uzdan 4% lik tavsiyonama olishiz mumkin edi lekin hujjat topshirish tugadidq
Assalomu alekum Xushnud aka 666- sonli qaror, maktab formasi xaqida toliq malumot berolasizmi, iltimos
Navbahor
Men tavsiyanoma uchun onlayn topshirgandim. Men kam ta'minlagan oilada turaman. Lekin menga tavsiyanoma berilmadi. Shunga tushunmadim. Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash vazirligiga ham ariza yozdim natija yo'q. Tumanimizdagi markazga borib nimaga rad bo'lganini so'rasam aniq javob berolmay bilmasam deydi. To'g'risi hech narsaga ishonch qomadi masullar ishlarini bilib ishlamaydi. Tumanimiz (Amudaryo) dagi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi direktori oldi qochdi gaplar bilan aldab yuboradi. Necha marta bordim oyoqdan to'zdim qatnab.
Алишер
Iloji yo'qmi endi sirayam
Алишер
Olmasam bulmaydi bolalarim uchun ham o'qib bir kasb egasi bulishim kerak
Navbahor
Iloji yo'q deyishdi
Navbahor
Qonunlarga ham ishonmay qoldik. Chiqadi lekin natijaga kelganda yo'q
Ассалому алейкум ман 1 грух ногирониман турмуш ортогим бн ажрашганман 1та кизим бор кизим литцейга топширди кизимга имтиез боладими или йукми кизим соглом
Boshi mumkin opa
Bo'liwi mumkin
Assalom-u alaykum. Mana shu nima ekanligini tushuntirib yuboring. Bu tanlangan yo'nalishlar bo'yicha ustuvorlik ko'rsatkichimi? Ketma-ketligiga qaralmaydimi?
Haaa xuddi shunday grantni tanlasez 5 ta yonalwdan qaysga grant o'tsez o'qiysiz unda uziz holaganizda kantrakt ham o'qiy olmisiz 2 chisda huddi ilgaridek bo'ladi yani ham grant uchun bellawasiz ham kantrakt uchun
Soqqasini berish kerakdirda
Shu uchun kopchlik menmcha 2 chi yonalwi tanledi medga topwrib oxrda bitta biyafak yozib mmedga 1 bal yetmiy qolsa grantiga kegin kantragidayam o'qiy olmiy usha biyafakda grant o'qidi chunki u grant ustvorni tanlaganda bowdaa
Муродулло Тогаев
Assalomu alaykum Xushnudbek uka men qizim uchun tavsiyanomani onlayn ravishda oldim. Lekin tumanimiz hokimiyatidagilar hujjat so'rab boshimni qotirdi, avvaliga hujjat bermadim, so'ngra telefon qilib holi jonimga qo'ymagandan keyin hujjat berdim. Aytingch hokimiyatdagilarning talabi qonuniymi?
HILOLAXON ERKINOVA BF-1801
Assalomu alaykum. Ichki ishlar xodimlarining farzandlariga berilgan tavsiyanoma sirtqi yoki kechki ta'lim turlariga ham o'tadimi iltimos shu haqida aniq ma'lumot berolasizmi
Sayyora_Urozaliyeva🌼
Viloyatdan nechi kishiga xotin qizlar sertifikati berilganini qaydan bilsak bo'ladi, yo buni bilishni iloji yo'qmi
Show next 100 comments