❓Хотин-қизлар учун берилган тавсияномалар нима учун базада кўринмаяпти?
#abituriyent

Айрим абитуриентлар мурожаат қилиб, хотин-қизлар учун мўлжалланган тавсиянома олганини, аммо ДТМ сайтида рўйхатдан ўтганда “Сизда имтиёз мавжуд эмас” деган ёзув чиқаётганини маълум қилмоқда.

Маълум бўлишича, 2 минг кишилик давлат гранти учун тавсиянома олган айрим хотин-қизларда ҳақиқатдан шундай муаммо мавжуд. Бунда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги ҳали барча тавсияномаларни тегишли электрон базага киритишга улгурмаган. Давлат қабул комиссиясининг баёнига кўра, барча тавсиянома олган хотин-қизларнинг маълумотларини 15 июлга қадар базага киритишга рухсат берилган.

Шунга кўра, тавсиянома олган хотин-қизлар хавотир олмаса ҳам бўлади. Уларнинг маълумотлари албатта базага киритилади, ҳозир бу бўйича ишлар кетмоқда.

❗️Маслаҳатим: 16-17 июль кунлари ДТМ сайтидаги шахсий кабинетингизни яна бир бор текшириб кўринг. Агар шунда ҳам тавсиянома кўринмаса, унда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлигига мурожаат қилинг (ДТМга эмас).

Қўшимча маълумотлар:

➖ Хотин-қизлар учун берилган квоталар ҳудудлар кесимида — ТАНИШИШ

➖ Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади? — ТАНИШИШ


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 100 more comments
НАРГИЗА АХМЕДОВА
Ассалому алейкум ман 1 грух ногирониман турмуш ортогим бн ажрашганман 1та кизим бор кизим литцейга топширди кизимга имтиез боладими или йукми кизим соглом
кам таъминланган оилалар хотин кизларга хокимият томонидан имтиёз берилган. бунинг учун 8 июнгача хокимиятга ариза бн мурожаат килиш кк эди.
Normamatov
Assalomu alekum qadirdonlar dtm saytda tugilgan yilni kiritib bolmayabdi hammani 2020 yil tugilgan bolib kirib ketyabdi
Pokizaxon Sotiboldiyeva
Bu imtiyozning.hech qanday foydasi yóq agar bilimingiz bolmasa. Juda kam.foizdagi ball va u nimanidir jiddiy ózgartirib yuboradigan darajadagi kechgacha ega emas. Undan kora bilim olgan maqul. Bu mani fikrim🙃
🕋🕋🕋🕋
Assalomu aleykum men òtgan yeli olganman bu tavsiyanomani lekin òqishga kira olmadim bu yel ham tavsiyanoma
Òtadimi.?
Assalomu alekum kecha mahallamizga tushgandim Xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomani sòrab.
Mahallamiz menga bu tavsiyanima 1 oy olidin berilgandi xozirda berilmayapdi deb menga javob berdi.
Xushnudbek aka rostan ham 1 oy oldin tugaganmi?.Axir bu 2000 mingta grand qabul qilish buyruģi yaqinda chiqdiku.
Assalomu alaykum öqishni köchirish böyicha minimal bir martalik kontrakt tölovi taxminan qancha böladi
Мутаббар Марасулова
Салом хушнудбек углим сизни заковат интиктуал теле шовусидан бери танийман соглигин яхшими Ман фаргона шахриданман Бир онахониз,талабалар у н канакадур Бир лохиа бошладиз медснат деганим Ману углим талаба бокувчим йук контракт да укийди иложи боричаердам берасизми олдиндан рахмат
Navbahor
Azizbek Malikov
O'tib ketdi muddati. Undan ko'ra o'qing. O'zi bu bir lotoreya
O'tib ketmasdan oldin men harakatimni boshlaganman. Hamma kerakli joyga xatto prezident portaliga ham yozma ham og'zaki murojat qilganman. Hozir menga tavsiyanoma bermasligiga ham aqlim yetib turibdi. Lekin menda qonunlarga , mansabdorlarga ishonchim qolmadi. Mana 18 yoshga to'lib hayotdan olganim mansabdorlarga is
Navbahor
Azizbek Malikov
O'tib ketdi muddati. Undan ko'ra o'qing. O'zi bu bir lotoreya
O'tib ketmasdan oldin men harakatimni boshlaganman. Hamma kerakli joyga xatto prezident portaliga ham yozma ham og'zaki murojat qilganman. Hozir menga tavsiyanoma bermasligiga ham aqlim yetib turibdi. Lekin menda qonunlarga , mansabdorlarga ishonchim qolmadi. Mana 18 yoshga to'lib hayotdan olganim mansabdorlarga ishonmaslik bo'ldi
Xushnid aka yaxshimisiz 2020 2021 Yuridik universitetiga imtiyozi bor bollarni kirish bali nechi bugan ekan menga shuni bilib berolmaysizmi
//<<______>>//
👍
2020yilgi xotin qizlar uchun berilgan tavsiyanoma 3yil muddatda amal qiladi deb yozilgan bu qanchalik tog‘ri
Eeeeeee chet elda oqinglar akalar opalar ukalar singillar 😀😀😀mana men hozr uzbda oqiman. Afsuslanibb yuribman kirganimga uzbga kirsezlar faqat faqat faqat afsuslanasizlar holoss🤭🤭🤭chunki darslar bolmaydi narmanli emas talim ....qisqa qilib aytganda talim yooqqq...
Shahnoza
Assalom alaykum. My.dtm.uz sayti ishlamayapti. Raqamni rõyxatdan õtkazishni ham iloji bolmayapti😤😤😤😤😤😡😡😡😡😡😡
Kuching yetsa ozbekistonga kir edi chetka kirdim deb 1 oy ham oqishga bormagansan yana ozbekistonga kochiraman deysanlar biliming bolsa kir ozbekistonga
CN B20 Bog'ot Dilshod
Assalomu Alaykum, dtm orqali qancha pul tushadi, nimaga serverni tuzatib qo'ymaydi bular, shunchalik ham odam ezilib ketdi, nima axvol bu?? 3 kundan beri ro'yxatdan o'tib bilmayapmiz, hatolik hatolik
Surayyo Nematova
Salom Xushnudbek xorijdan o'qishni ko'chirish ballari o'tgan yildigiday bo'lishini istardim .90bal olib Kira olmadik noiloj chetga topshirishga majbur bo'ldim o'rta ma'lumotli o'qituvchiman oliy bo'lmasam ishdan bo'shashga majburman.shu yerdayam 40-50ball olganlar super qilib o'qib yuriptiku bizda super qilishda uncha mablag' yo'q.
Show next 43 comments