❓Хотин-қизлар учун берилган тавсияномалар нима учун базада кўринмаяпти?
#abituriyent

Айрим абитуриентлар мурожаат қилиб, хотин-қизлар учун мўлжалланган тавсиянома олганини, аммо ДТМ сайтида рўйхатдан ўтганда “Сизда имтиёз мавжуд эмас” деган ёзув чиқаётганини маълум қилмоқда.

Маълум бўлишича, 2 минг кишилик давлат гранти учун тавсиянома олган айрим хотин-қизларда ҳақиқатдан шундай муаммо мавжуд. Бунда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлиги ҳали барча тавсияномаларни тегишли электрон базага киритишга улгурмаган. Давлат қабул комиссиясининг баёнига кўра, барча тавсиянома олган хотин-қизларнинг маълумотларини 15 июлга қадар базага киритишга рухсат берилган.

Шунга кўра, тавсиянома олган хотин-қизлар хавотир олмаса ҳам бўлади. Уларнинг маълумотлари албатта базага киритилади, ҳозир бу бўйича ишлар кетмоқда.

❗️Маслаҳатим: 16-17 июль кунлари ДТМ сайтидаги шахсий кабинетингизни яна бир бор текшириб кўринг. Агар шунда ҳам тавсиянома кўринмаса, унда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш вазирлигига мурожаат қилинг (ДТМга эмас).

Қўшимча маълумотлар:

➖ Хотин-қизлар учун берилган квоталар ҳудудлар кесимида — ТАНИШИШ

➖ Хотин-қизларга берилган имтиёз қандай ҳисобланади? — ТАНИШИШ


👉 @xushnudbek 👈

173 comments

Show 100 more comments
Navbahor
Azizbek Malikov
O'tib ketdi muddati. Undan ko'ra o'qing. O'zi bu bir lotoreya
O'tib ketmasdan oldin men harakatimni boshlaganman. Hamma kerakli joyga xatto prezident portaliga ham yozma ham og'zaki murojat qilganman. Hozir menga tavsiyanoma bermasligiga ham aqlim yetib turibdi. Lekin menda qonunlarga , mansabdorlarga ishonchim qolmadi. Mana 18 yoshga to'lib hayotdan olganim mansabdorlarga ishonmaslik bo'ldi
Xushnid aka yaxshimisiz 2020 2021 Yuridik universitetiga imtiyozi bor bollarni kirish bali nechi bugan ekan menga shuni bilib berolmaysizmi
//<<______>>//
👍
2020yilgi xotin qizlar uchun berilgan tavsiyanoma 3yil muddatda amal qiladi deb yozilgan bu qanchalik tog‘ri
Eeeeeee chet elda oqinglar akalar opalar ukalar singillar 😀😀😀mana men hozr uzbda oqiman. Afsuslanibb yuribman kirganimga uzbga kirsezlar faqat faqat faqat afsuslanasizlar holoss🤭🤭🤭chunki darslar bolmaydi narmanli emas talim ....qisqa qilib aytganda talim yooqqq...
Shahnoza
Assalom alaykum. My.dtm.uz sayti ishlamayapti. Raqamni rõyxatdan õtkazishni ham iloji bolmayapti😤😤😤😤😤😡😡😡😡😡😡
Kuching yetsa ozbekistonga kir edi chetka kirdim deb 1 oy ham oqishga bormagansan yana ozbekistonga kochiraman deysanlar biliming bolsa kir ozbekistonga
CN B20 Bog'ot Dilshod
Assalomu Alaykum, dtm orqali qancha pul tushadi, nimaga serverni tuzatib qo'ymaydi bular, shunchalik ham odam ezilib ketdi, nima axvol bu?? 3 kundan beri ro'yxatdan o'tib bilmayapmiz, hatolik hatolik
Surayyo Nematova
Salom Xushnudbek xorijdan o'qishni ko'chirish ballari o'tgan yildigiday bo'lishini istardim .90bal olib Kira olmadik noiloj chetga topshirishga majbur bo'ldim o'rta ma'lumotli o'qituvchiman oliy bo'lmasam ishdan bo'shashga majburman.shu yerdayam 40-50ball olganlar super qilib o'qib yuriptiku bizda super qilishda uncha mablag' yo'q.
.....
@Azizbek_Alpashev
Kuching yetsa ozbekistonga kir edi chetka kirdim deb 1 oy ham oqishga bormagansan yana ozbekistonga kochiraman deysanlar biliming bolsa kir ozbekistonga
кимга гапирвоссан зато санлага ухшаб ота онасини пулига укимаган ушетта укиганла бза бориб укидик группа бн.карантин бомаганча карантиндан кн кайтиб келдик карантинда санам уйинда утирдинку номард.
.....
@Azizbek_Alpashev
Kuching yetsa ozbekistonga kir edi chetka kirdim deb 1 oy ham oqishga bormagansan yana ozbekistonga kochiraman deysanlar biliming bolsa kir ozbekistonga
Узбекистонда хакикат йок 56,7 балл олиб суппер тулаб укиганла хак майли тест йечиб кирганла хак рельный лекн одди ахоли нохак.чунки суппер контракт Узбга пул туламаган.четгаям текинга укимадик ушеттадаям стипендиясиз 7млнга укидик худди узимиззи контрактдей.Аккилли пешаненда аклин окиб кетвотти артвогин.
Surayyo Nematova
San o'zingni kuching bilan kirdingmi
Surayyo Nematova
Xorijdan o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar hammamiz bir yoqadan Bosh chiqarib o'tish baliga fikr bildiraylik .balki bizning fikrimiz inobatga olinar.
56.7 balni tavakal toplasa ham bo'ladi. Xa ozimni bilimim bilan 90ta testdan 88tasini yechganman.lekin boshqa talabalar bizda 56.7 ball toplay olmay chetka oqishga ketkkan .maqsad chetda oqish emas osongina bizga oqishga kirish .masalan zor yonalishlarga 140ball bilan ham yiqilayabdi 56.7ball bilan oson o'zbekistonga peravot qilsa yana 2 dan oqiydi alam qiladi.
Assalomu alaykum Hushnud aka IELTS Indecator ham bu yil otadimi yo yoʻqmi uni ham bazaga kirgizishganmi shunga oydinlik kritishingizni soreyman iltimos javob uchun oldindan rahmat
Nigora Muhammadjonovna
@Azizbek_Alpashev
56.7 balni tavakal toplasa ham bo'ladi. Xa ozimni bilimim bilan 90ta testdan 88tasini yechganman.lekin boshqa talabalar bizda 56.7 ball toplay olmay chetka oqishga ketkkan .maqsad chetda oqish emas osongina bizga oqishga kirish .masalan zor yonalishlarga 140ball bilan ham yiqilayabdi 56.7ball bilan oson o'zbekistonga peravot qilsa yana 2 dan oqiydi alam qiladi.
Toʻgʻri fikr.Ota onasini puliga chetga topshirib bir kun ham oʻqimaganlarni bilaman.Ana oʻshalar ham oddiy xalqni bolasiga oʻxshab yillar davomida oʻqib keyin kirsin.Bu yilgi qaror juda toʻgʻri.Oʻtish balini koʻtarish kerak.Nima uchun yana orqaga qaytilyapti.Shunga hayronman
Surayyo Nematova
Super kantrakt bo'lmaganida fikringizga qo'shilar edim afsuski o'qiyman turib talaba bo'lganlar qancha
Qiziq shuncha tizimdagi nosozlik xatolik va imtiyozni bazaga kiritmagan tegishli tashlikotlarga qandaydir chora korilarmikan
Show next 32 comments