#ykohakamlari

Isayeva Dilshodaxon Kamolxon qizi 2002-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Rossiya iqtisodiyot oliy maktabi 1-bosqich talabasi. Isayeva Dilshodaxon kimyo fanlariga va chet tillarini o‘rganishga juda qiziqadi. U 2020-yilgi Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush medali, 2020-yili Xalqaro kimyo olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritgan. Dilshodaxon Isayeva, shuningdek, “ChemiCO” hamda «МИСиС зажигает звёзды» olimpiadalarida birinchi o‘rinlarni egallagan. Isayeva Dilshodaxon yosh kimyogarlarga tavsiya sifatida “ko‘proq masalalar yechish, kitoblar o‘qib nazariy bilimni boyitish hamda amaliy ishlar orqali olingan bilimni mustahkamlashni” maslahat beradi. Bundan tashqari “Dangasalikni yengish va qiziqqan soha bo‘yicha ketish muvaffaqiyatga eltuvchi omillardan ekanligini” eslatib qoladi.

https://t.me/ykouz

3 comments

Гулчехра Хатамжоновна
Zor natijalarga erishgan ekansz . Sizga havas qildm.Lekin bir savolm bor Mendeleyev olipiadasiga qanday qilib qatnashgansz .Kimyo fanini ilk bor o'rganayotganingizda qiyinchiliklar bo'lganmi
Зиёдахон Бобожонова
Tabriklaymiz 👍👍, siz bilan bog'lanishning iloji bormi, savollarim bor edi