Yaxshi yangilik!
Yaponiyada olgan bakalavr va MBA diplomlarim O'zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim Vazirligi, Bilim va Malakani Baholash Agentligi tomonidan nostrifikatsiya qilinib tan olindi. Eng qizig'i bu jarayon mutlaqo Online tarzda, 1 oyga bormasdan amalga oshdi. My GOV tizimida bu xizmat yaqinda chiqdi. Lekin juda yaxshi ishladi.

1. Diplom va baholarni o'zbek tiliga tarjima qilib, notariusdan o'tkazasiz.
2. My Gov ning ta'lim bo'limidan online arizani topshirasiz.
3. Har bir diplom uchun taxminan 100$ to'lov qilasiz.
4. 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

Shu o'rinda aytib o'tmoqchiman, Yaponiyada olingan har qanday oliy ta'lim muassasasining diplomi O'zbekistonda qo'shimcha testlarsiz tan olinadi. Bu Yaponiyada olingan bilim va tajribaning qadri yaxshigina balandligini bildiradi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook

6 comments

Assalomu aleykum.
Nostrifikatsuyaning muddati bormikan?
Timur
Assalomu aleykum. Nostrifikatsuyaning muddati bormikan?
Muddati yo'q. Qachon sizga kerak bo'lsa qilsangiz bo'ladi.
⁠
Assalomu aleykum.
Senmon Gakkou (ya’ni college) larning diplomlari ham tan olinarmikan??
Assalomu aleykum.
Qo’shimcha imtihon beriladimi bunga yoki faqat ariza bilan bo’ladimi?