⚡АҚШ университетлари «контракт тўловлари»ни камайтирмоқда! Ўзбекистонда эса нархларни янаям оширмаймиз дейишди.Ўз талабаларига масофавий таълимга ўтишни таклиф этаётган Америка университетлари жамоатчилик ва талабаларнинг босимига дуч келяпти — улар таълим учун тўлов пулини камайтиришни талаб қилишяпти. Масофадан ўқитишга ўтиши муносабати билан Жоржтаун университети, жамоатчилик ва талабалар босими остида, тўлов пулини 10 фоизга қисқартирди. Бу ҳақда «Financial Times»
хабар берди.
Қарийб икки минг нафар талаба университет раҳбариятига петиция киритганди. Петицияда масофадан ўқитиш факультатив ёки амалий машғулотлар қисқариши ёки бекор қилиниши, талабаларнинг университет кампуси ресурсларидан фойдаланиш имконияти кескин қисқаришига олиб келиши таъкидланган. Шунга қарамай, университет йиллик 58 минг долларлик тўлов тартибини сақлаб қолганди.
Петиция муаллифларининг назарида, бундай шароитда 58 минг доллар талаб қилиш бориб турган талончилик.
Талабаларнинг «исёни» ошкор бўлиб кетгач, университет раҳбарияти тўлов пулидан 10 фоизини чегириб ташлашга мажбур бўлди. Принстон университети ҳам худди шундай чегирмани июль ойи бошида татбиқ этганди.
«Масофавий таълим билан кампусдаги таълим ўртасида фарқ борлигини, албатта, тушуниб турибмиз», — иқрор бўлганди Принстон университети президенти Кристофер Айсгрубер.
Массачусетсдаги Уильямс коллежи барча йиғимларни 15 фоизга, таълим пулини эса 10 фоизга қисқартирган.
Нуфузли университетлар эса ён бермоқчи эмас: Гарвард университети тўловлар камайтирилиши ҳақида гап ҳам бўлиши мумкинмаслигини маълум қилган, Йель университети эса йиллик тўловни 55,5 мингдан 57,7 минг долларга оширган.
Бу каби талабаларнинг норозиликлари Жанубий Кореяда ҳам кузатилганлиги ҳақида аввалроқ
хабар бергандик.
Эслатиб ўтамиз, Ўзбекистон олийгоҳлари янги ўқув йилида тўлов-контракт нархларини тушириш уёқда турсин, ҳаттоки оширмасликларини
таъкидлашган.
Сафимизга қўшилинг!👉 @davlattestmarkazi 👈
1-inistutni kommunal toʻlovi manaaaammmuuunnnchchchaaaa ediya
2- oʻquv qurollarichiiii exxxeee qogʻozdagi eng zamonaviy oʻquv qurollari,oʻquv materiallari,darsliklarmiyeee(aslida ota bobolarimizni davridagi salkam muzeyga qoʻysa boʻladigan koʻrgazmali qurollaru eski kitoblarchii )bay bay bayy
3-eng kattasi remontga pulchi
4-internet va wi fi elektron bir narsalar (hammasi xoʻjakoʻrsinga )
Eexxxx xullas mening dehqonchasiga hisob kitobimga qaraganda aslida oldin ham uzogʻi bilan bir talabaga 6-7 mln ketardi endi esa yuqoridagi xarajatlarning ekkonomini chiqarsak bor yoʻgʻi 3-4mln ketadi xolos ha mayli bechoralarga sadaqa 2-3 qoʻshvoraylik shundayam 5-6 mln boʻladi xolos qani edi shu gaplarimni adminlar kanalga tashasa ha aytgancha men med inistutni nazarda tutdim xolos qolganlarda bundanam kam chiqadi
1)Shu aytilayotgan AQSH davlatida karona virusga chalinganlarni bizni davlatimizga oʻxshab bepul davolayotgani yoq.
2) Karantin davrida qiynalgan oilalarga yordam koʻrsatilyapti.
3) sardoba suv ombori buzilganda aholiga qancha zarar yetdi, bularni hammasiga yurtboshimiz tomonidan yordam koʻrsatilyapti.
AQSh va boshqa mamlakatlarda hech eshtganmisiz shunaqa yordam koʻrsatilayotganini. Unaqa Noshukur bolmang. Aksincha shukur qiling Oʻzbekistondek tinch va bir birini oʻylidigan mehrga toʻla yurtda tugʻilganizga.
1-oddiy misol meni oʻzim va akam vrachmiz skorida coronavirus yuqtirdik bepul davolash uyogʻda tursin daje oʻzimiz ishlaydigan skori kelib ketmadi...siz oʻqiyotgan ertaklarga ishonmang ja menga ishonmasez oʻsha reklammadagi call sentr nomeriga yoki telefonga qilib yordam soʻrang bilasiz koʻtararmikin yoki kelarmikin oʻzimizni pulimizga daje analiz topshirolmadik
2-ha koʻrsatilyapti kimni puliga oʻsha Beminnat xalqimizni hayriyasi evaziga shuniyam xabarlarni oʻqiyotgan boʻlsez necha millionlab mablagʻlarni yevorgan xodimlaru hayriya qilingan mahsulotlarni soxta hujjat bilan obchiqib ketib sotgan boshliqlarni koʻryotgandirsiz
3-Sardoba suv omborini buzulishiga ham ayni oʻsha xoʻjakorsinchilar aybdor emasmi???? yoki shunchalik katta tabiiy ofat boʻldimi mustahkam suv omborini buzvoradigan unisiyam mayli sardobaga ajratilgan mablagʻni oʻzlashtirgan qorinboylardan nechtasi tergov qilinyapti???!!!!
Keyin Yurtboshi deb mamlakatni faqat birinchi prezidentiga aytiladi Muhtaram Prezidentimizni siyosatiga toʻliq qoʻshilaman ammo qanchadan qancha zoʻr qarorlar ijrosiz qolib ketyapti axir bu hukumatni xalqqa Prezidentga xoyinligi emasmi??!!!
Soʻnggi soʻzim siz ham iloji boʻlsa kontrakt toʻlanadigan instutga kiring zato hayot qiyinchiligini his qilib pishasiz sogʻ boʻling koʻnglizni ogʻritgan boʻlsam uzur