Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 74 more comments
Men ham oʻshanda abituriyent edim repititorlarga bora olmaganmiz, asosiy mavzularga kelib qolgandik oʻsha paytda
Abuturent edim yomon tasir qilgandi alhamdulillah u kunlar ham o'tdi. Hozir abuturentlikni eslaganda birinchi bo'lib eslanadigan narsa karantin payti podvolda yashirinib dars o'tganlarimiz bo'ladi😁😁😁
Man ogil farzandlik boganman, roddomga borib kelish azob bogan.
Taginam stikerimbogan
Hullas hayotda juda kop galati narsalarni guvohi bovommiza
Ирода Сатторова
Abituriyent edim, juda qiyin ahvolda qolganday his qildim òzimni. Nega nega deb savol berardim.biroz vaqt òtgach òzimni ònglab qattiq òqishga kirishdim va talaba bòldim 2020 yil men uchun ham qayģuli va ham omadli keldi
Nurillo Xayrullo o‘g‘li
Unverstitetda 2-kurs edim deyarli 1kurs oʻqimadik afsus kamiga Ingiliz tili kursiga borar edim qolib ketdi bir yildan kein yana kursga bora boshladim.....Umuman tinchlik va salomatlik katta boylik ekani mazmunini shu mahalda yana ham tushunib yetdim .... 🙂🙂🙂🙂
ana òsha payt non yopishni òrgangandim, uyimizdagila hatto kòchadan non opkeltirishmagan, virusi bòlishi mumkun deb😂
Shakhrizoda Namadova
Bizaga so'ngi qo'ng'iroq qoldirilgan karantinni deb😒😒😒
osha payit obunachilariz kop boganakan
MAHFUZA RAYIMJONOVA
Yaqinlarimizni shu kasalga duchor bo'lishidan qo'rqdik. ALLOH uzi asrasin
O'qishga rossa tayyorlanayotgan paytimga to'g'ri keldi. Repititorni tashladim, uyda mustaqil tayyorlana boshladim. Pandemiya menga o'zligimni topishga yordam berdi, o'zim o'qigan fanlarning tub mohiyatini anglashda juda katta ro'l o'ynadi. Hozir esa talabaman.
Onam og'ir ahvolda bo'lganlari uchun to'yini ko'rib qolsin deb meni maktabni bitirishim bilan turmushga berib yuborishgan. O'qishim ham qolib ketdi o'sha yili...
Zulfiya Qo'shayeva Qo'chqorovna Toshrabot MFY rais urinbosari
Хамма вахимага тушиб колувди.Ишда ,йулда маска такамиз Хар хамон спирт Билан кулларни ювамиз Масканьи алмаштирамиз Биров Билан Кул бериб куришмаймиз.Роса куркиб колувдик
Bizda esa uydagilar virus kelgani e'lon qilingan soatda olib kelgan zaruriy narsalarni bir yil ishlatgandik
Bekzod
Manda bir xil oʻtdi deyarli
Karantinni men uchun eng yaxshi tomoni moshina haydashni órganganman😊
Kopshilik SESning ishini oz bulsada koronavirus sabab tushinib oldi...
Men karonavirus kirib keldanda endigina 1-kurs talaba edm hozir esa 3-kursman qanday qilib 3-kurs bòlganimni bilmayman faqat onlayn òqidik talabalik gashtini kòrmadik desa ham bòladi
Nishonov Hoshimjon
Биз ишлашга мажбур Эдик чункий уша пайитда тез ёрдамга чакрувлар жудаяам купайганди хамма ходмилармиз ковид булиб даволаниб чикдик вактида даволансангиз тез енгиб утасиз экан
Show next 100 comments