Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Матлуба Бадридиновна
Хар кадамда оллохни эсладим Гигиенага жуда куп риоя килдим хатто якинларим билан дийдорлашмадим дистанцион булди Рахбариятни кандай иш тутишини тушундим фронт дейдиган булсак энг кизгин жангда кимни олдинга куйиб охирида галабада кимга байрок кутартиришларини курдим ( бу медик)ларга таллукли бошликлани аелларига узок муддатга б/с берилди токи вирусний нагрузка камайгунча бошкалар ишлади йикилиб колгунча узр савол бердиз хакикатни ездим оллох асраса куп ишласак хам улмас экансиз
Surayyo Toshpulatova
Tòyim karantinda bòlgan😔
Karonavirus òzidan ham vahimasi kuchli bòlgandi.hali biz dunyoga kelib hech nima kòrmay ketamizmi deb yiģlab òtirgan kunlarim bòlgan😂😂karonavirus bòldim tik oyoqda òtkazdim.3kunda hidni ta'mni sezib avvalgi holimga qaytganman.xozir rostdan kulgule tuyuladi.
YEAH,IT WAS HARD TIME TO LIVE
Онажонимни согиниб куриш учун углим билан транспортлар такикланган пиеда себзор дахасидан куйлик масивига хар бир тумани йул йулакай куриб борганмиз
Assalomu alaykum hammaga ha albatta Usha karantin vaqti qilgan ishlarimizni eslasam to'g'ri kulgim keladi lekin juda ham qiyin vaziyat edi hamma tushkunlikka tushgan magazinga ham chiqishga qorqardik olib kelgan narsalarni xlor antisiptik bn yuvardik hech kim bn qul berib salomlashmasdik lekin hozir hammasi yaxshi Allohga shukur ortda qolgani chin bolsin
Zeboxon&Dilshodbek❤
Juda qòrqqanman judayam. 8 oy umrim shunchaki òtdi. Ming lanat shu virusga
Тасаввур килиш учун 22 киши Эдик оилада Давлат ишида ишламайди хеч Ким россияда ишлардик йоллар йопилди
Яқин дўстларимизни олиб кетди
Qiyin damlar bo'ldi Ollohga shukur hammasi ortda qoldi!
Kop tanishlarimiz o'lib ketti shu kasalni ortidan. Maktabni bitiruvsz bitirdik. Arxitektor bolaman deb chizmaga tayorlanb ona tilidan imtixon topshrdik. Qancha qancha darslardan qopkettik. Lekin eng yaxshi tomoni xamma o'randi...ayniqsa qizla uchun zor boldi. Teridanam yuqishini eshitganla butun badanini yopdi. Allohga shukur kop narsala boldi ......
Shoira Norboyeva
Pandemiya boshidayoq butun oila bilan ogridik, bir birimizniqolladik, uyda davolandik.Eng qizigi bizni kichkinagina oddiy oilaviy poliklinikamizning hamshirasi uyimizga qatnab davoladi, qorqmadi, yuqib qoladi demadi, tili shunaqa shirin, uni kun ora najot farishtasidek kutardik, men endi hech qachon oq xalat kiyganlarni yomon korolmasam kerak
Shomurodova Nazokat
Tushde otib ketdi eslasam vohma bosadi
Assalomu Alekum
Tez Tibbiy Yordamda ishlayman
Karantin Rosa kuchayib yollar kochalar berkilgan xatto mashinalar xam kochada yoq ishka bazida kech qolib piyoda borardik
Juda qorqinchli kunlarni kordik
Allohga ozimizni omonat topshirib ishladik
Allohka bexisob shukurki mana 2 yildan buyon xali oddly grip xam bolmay sog' salomat ishlab yuribman.
Allohim barchamizni sog' salomat panoxida asrasin.
Yurtimiz tinch bolib yurtboshimiz xamisha sog' omon bolsin.
Xammaga sog'lik oilaviy xotirjamlik baxt omad tilab qolaman.
Malohat
Men o'qituvchiman, menga o'sha yil juda yoqqan. Hammamiz oila davrasida uyda o'tirganmiz ))
Мирсаид Мирвохидов
Usha kuni So'qoqqa ketvorganman😁
Укишда укирдик тошкентдан куконга кеганмиз нархлар дахшат хамма вахимада еди
U kunlar hamma uchun ibrat maktabi bo'ldi menimcha. Atrofga boshqacha ko'z bilan qaray boshladik. Asosiysi insonlarda mehr- muruvvat tuyg'usi kuchaydi. Ko‘pchilik o‘tib ketayotgan umriga nazar soldi anglashimcha. Nima qila oldimu , nima qila olmadim?
Shomurodova Nazokat
Xushnudbek sizga savolim bor men shu yil medtehnikumga oqishga kirdim 2 farzandim bor bazibir sabablarga kora oqishga borishga azgina qiynalvoman shu sababdan men ham Masofaviy talimdan foydalansam boladimi yol yoriqlari bolsa ayting iltimos
Nasiba Tojiyeva
Tushimizga ham kirmaydigan ishlar bòldi. Kòp narsalarni anglab yetdik. Ollohga shukur yaqinlarimiz joni soģ òtib oldik òsha kunlardan. Karantin esda qolarli esdalik qoldirgan. 5 yil kutgan farzandimiz tuģilgan ollohga beadad shukur
Show next 100 comments