Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Bu haqida umuman eslashni ham xohlamasdim
Dunyo to’xtab qolgandek edi
Bu haqda eslashni xohlamayman yaxshi kunlarimni hammasi karantindan oldin bo'lgan va Allohga shukr karantindan keyin ham yana iziga tushdi Alhamdililloh
😕😕😕😕
Fayzullayev Asadbek
Ancha odam Haqni tanidi shu karantinda. Eng muhumi shu menimcha
Judayam vahimali keldi 1- yili uyimdgila Mani hatto magazinga chiqarishmasdi 1 yil umuman ko'chaga chiqmadim😔Ammo shunga yarasha kasallik ham yuqmadi yuqgan bo'lsa ham balkim yengil formasi bo'lgandiru man sezmagandurman. Ammo 2- yili Yani o'tgan yilgi yana kasallik avj olganida man ishga borib kelib havotrli bo'lmasa kerak Deb yurdim VA ushbu kasallik I yuqtirib oldim COVID balnitsasiga yotkiziwti ahvolim haqiqatan yomon edi man balnitsaga yotarkanman uji bo'ldi didim hamma umidimmi uzgandim endi buyoda qaytib chiqmasam kere db o'ylagandim ko'z oldimda qanchadan qancha bemorla og'r ahvolda kelishardi oilaviy opkelishadi yana kimlanidur judayam og'r ahvolda rianimatsiya bo'limiga opketishardi😔hullas 2 hafta deganda bu kasallikdan arang yengil bo'lib chiqib oldim. Toza havoga aylanishga 5 kun deganda ruhsat berishti ungachen hatto quyoshni ko'rishga zor boldim😔Yaqnlarizi ko'romiysz ulani toyib bag'rizga bosomiysiz😔Buni shunchaki oddiy so'z bilan etib bo'miydi uymdgila bilan Videovizifdan gaplawardik ammo ulani judayam qattq sog'inardim😔😔😔 Alhamdulillah bu kunladanam o'tib oldim Ammo inson qadri sog'inch hissi VA Alloh bergan umr qanchalik Aziz ekanligini chunib yettim har bir daqiqa biz uchun g'animat ekanligini bildim..
Haqiqatda bu tarixda qoladigan yil sifatida qoldi shifokorlarimzga rahmat covid sentrda qanchalik qiynalib ishladilar
Олимлар бу вирус бн тирик инсон бўлса қачондир барибир огришини айтишганди ўшанда, лекин иложи борича кечроқ огриганларни имконияти кўпаяди деб. Қочишни иложи йўқлиги ун ўзимизни шу вирусга тайёрлаб бориш жуда катта ёрдам берди деб ўйлайман
Mening fikrimcha deyarli hamma qo'rqib qolgandi o'sha kunlari
Karantin boshlangandan keyin 103 hodimlariga premiya vada qilindi.
(2022 yilni fevraliga qadar.)
Lekin oxirgi 6 oy ichida premiya qog'ozda bor amalda yo'q.


Buni kimdir o'qirmikan aa?
Озгина грип булетган булсак хам куркиб колгандик,таьм билмаяпман деб😊
Karantin paytida kasallik avj olgan davrda hokimiyat hodimlari mutaxassislar tumandagi daromad manbaidan ajragan oziq ovqatga muhtoj oilalarga moddiy ta'minotlar yetkazishda katta hizmat qilishdi. Shunday xalqni xizmatida xizmat qilish kaminaga ham nasib qildi. Bu yaramas Covid odamlarni birdam bolishga, mehr oqibat haqida òylashga majbur qiligani yaxshi tomoni boldi.
Bizi qishloqqa to'k yetib kelmagan. Koronavirus qayoqda 😂👍
Хозир эса оддий хол булебди,янги штампи чикмагунча🙂
Õsha kuni biz vrach magistrlarni "amaliyotga " yashash joylarmizga jõnatishdi, keyin karantin boshlanib ketdi. Eng dahshati ota onam kasallanganda birinchi marta yaqiningni yõqotish qõrqinchini his qildim. Alhamdulillah, buyoĝi tinch bõlsin.
Hayot bir kundir,o‘sha kun ham bugun!!! deb yashaylik!! Bir kunimiz qolgandek o‘qib,o‘rganaylik,yaxshiliklar qilaylik!!!
Man o'sha payti kollejda o'qirdim
GOST ni online topshirgandik
" karantin boshlandi " degan gapni domlalardan eshitganimda biroz qo'rqdim
Xozirda 21 yoshman lekin Allohga shukurkim Covid bilan og'ir ahvolga tushmadim , yuqdimi yo'qmi bilmayman
Яна бир нарсага ахамият берганман,мошиналар харакати тохтагандан кейин йозни чилласида кучли иссик хаво бо'лмади кечаси салкин боларди.Хоразмда олдин бунака болмаган йоз жуда иссик келади.шу б.н бирга одамлар коп эхсон килди огир ахволдакгиларна
Хушнудбек нега маьлумотларни факат 1 томонлама еритаяпсиз? Бу халкни шахсий фикрлашига тусик эмасми ?
Show next 100 comments