Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
1 soat ishlamasa bardak bo'lib ketadi
2-kurs edim SamPIda . Bizni bir hafta dam olib keyingi haftadan hamma oz hududi boyicha koronavirus boyicha tushuntirisholib boraszlar Deb 14-dan javob berilgandi. Rossa xursand bolgandik . Ozimizni qizil mantiyasi bor qahramondek tasavvur qilgandik. Ertasi kuni shu xabar. Vaziyatni jiddiy qabul qimagandim oshanda , uydagi ishlarimni qivolarkanman Deb oylagandim.
Allohga shukur bizani oiladan qishloqdan deyarli bunday kasallikga chalinmadi ln koʻp insonni jonini oldi Astagʻfirulloh 😐
Ғуломжонов Рустамжон
Hurshidbek aka ham faqat yaxshi narsalarni olib chiqadi.(Faqat yaxshi narsalarni).
End bunaqa ichki siyosatga aralashish ulaniyam vazifasimasde ulayam shunchaki huquqshunos bo'sala.... Ulaniyam to'ri chunish kere qo'llaridan keganicha oddiy xalqqa yon bosishga harakat qladila man lekin ulani hurmat qlaman
Sharipova Gulruh
Xar mart oyi kelsa shu karantin esimga tushadi
Bizni podyezddan covid chiqqanda 14 kunga yopib qòyishgan, pastda gvardiya xodimi qo'riqlab turardi
KARIMOVA SHABNAM
Pandemiya insonlarni hayotida o'chmas iz qoldirdi kimlar yaqinlaridan ayrildi yana kimlardir hayotda chopib yelib yugurib topib yurganlari aslida unga hech qanday yordam bera olmasligini , bir so'z bilan aytganda omonat bu jonimiz ollohni qo'lida ekanligini ko'proq savob ishlar qilish lozimligini , insoniylik , qadr qimmat, mehr muruvvat va eng asosiysi oqibatni ham qaytardi deb o'ylayman
Man shu davrda armiya da edim karantin zonada xizmat olib borganmiz eslasam qiyin sharoitlar edi hozir esa Alhamdulillah hammasi yaxshi osmonimiz musaffo xalqimiz tinch!!!!
Hozrgi kunimiz uchun ming shukr 😊
Men bu vaqtta ABUTRYENT edim birinchi hayolimga òqishim nima bòladi tayyorlana olmayman dep òylagandim. Lekin allohimga ming shukur 2 kursda òqiyapman hozir. Yurtdoshlarim soģ omon bòlinglar
Бугун Узбекистонда коронавирус чикканигаям 2 йил булди. Канаканги вахимада бупкогандик уша пайтлада. Хозирги емгирли хавода уйда утирганимиз хакикий бахт уни олдида
Alloh u kunni boshqa kòrsatmasin😐😓
Ja taqa taq karantin bugani yuq edi, usha 15 martda faqat kuni kecha 11yanvarda uquv muassasalari yopilgandek yopilgandi ushanda. Keyinchalik karantin bugandi, masalan 20 apreldan keyin, desangiz sal mantiqan tugʻri bulardi.
Xurshida Sultonova
Men juda qo'rqqanman, birinchi bo'lib farzandimni o'ylovdim. Nima qilsam bu kasallikni oilamizga yuqmasligini, lekin baribir oilaviy kasal bo'luvdik.
Бизнинг махаллада коллежда коровул булиб ишлаган Вохид ака короновирусдан вафот этган эди.Хали эсимда пенсияга деб коллежга коровул булиб ишлашга кирдим деган эди 1969 йилги эди .Оллох рахматига олсин.Шунда бу касаллик жудаям жиддий ва вахима касалигини англаганмиз махалламиз билан.
Xurshida Sultonova
Hozirgi kunimga shukronalar bo'lsin.
DilnozaZunnunova
Аллохга шукр,у кунлар ортда колди,мен шифокор булиб ишлайман,худудимдан бемор аникланган,контактда булганим учун 3 кун уйга боролмаганман фарзандларим олдига,кучаларда хеч Ким булмас эди,факат биз тиббиет ходимлари ва ички ишлар ходимлари,эсласам тушга ухшайди
23- martga toy belgilagan edik taklifnoma chiqarish uchun ketayotganimda eshitganman bu xabarni😃
Wu karantinni deb rejalarim ortga surilib ketgan , hozir bowqa inson bowqa iw bilan wugullanayotgan bolar edim
Ay uni buni quyinglar urush nima bulyapti, Rossiya Ukraina majorosi.
Зарифа Махмудовна
Илтимос,утиб кетгани рост булсин,эсламанглар уша кунларни
Show next 100 comments