Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Butun oilamni, yaqinlarimni Allah pandemiyada o'ziga yaqinlashtirdi. Ibodatimizga fayz va barokat berdi ALHAMDULILLAH. Pandemiyadan hikmat topdim. Allah bilguvchi va biz uchun yaxshisini berguvchi zotdir. SUBHANALLAH
Rosa qiyinchilik bo‘lgan, xar taraflama
Dardimiz bir ekan
З.Б. Шукурлаев
Францияга бориб covid-19ни олиб келган врач тарихда колди. Барибир кимдир олиб келиши керак эдику!
Одатий иш кунимизга келдик ва срочно Жиззахага камандировкага кетдик.
Bizlar o'zimiz bn bo'lib o'zimizi ishlarimiz bn bo'lib DINIMIZNI va oila azolarimizni unitib qo'ydik.Bu kasallik ham bu yomg'irli kunlar ham bizlarga Alloh tomonidan berilgan bir sinovdir.DINIMIZNI NAMOZ o'qishlikni va eng muhimi OILA AZOLARIMIZNI esdan chiqarib qo'yganligimiz uchun bizlarga Alloh Talo manashunday sinovli kunlarni berdi.Alloh bizlarga manashunday sinovli kunlarni berganligi uchun DINIMIZNI esladik😊. NAMOZ O'QISHLIKNI o'rgandik😊 OILA AZOLARIMIZGA ko'proq vaqt ajratdik.Agar Alloh bizlarga bunday sinovli kunlarni bermaganida edi bizlar DINIMIZNI NAMOZ O'QISHLIKNI va eng muhimi OILA AZOLARIMIZNI o'zimizi ishlarimizi zarur deb bilib esimizdan chiqarib qo'yib yuraverardik.Qaranglar yurtdoshlar ALLOHIMIZ bizlarga qanday mehribon 😊😊😊😊😊😊
men ichki ishlar xodimi bo'lib karantin postida xizmat olib bordim. Juda ham qiyin bo'lgan edi.
🌸🌸🌸
У кунларни хеч ким эслагиси хам келмаса кк.айникса талабалар,уларнинг канчадан канча кимматли вактлари бекор кетди.
Ma'mura Kodirova
Аллохнинг бир синовидан утдик.
Кимдир шукр килди.
Кимдир фикр...
Ham qòrquv bòldi ,hamma ollohga kòproq yaqinlashtim alhamdulillah òziga kifoya qilib qòydim
U Ganieva
Ha 2020 yil hamma uchun katta sinov buldi, butun Jahon miqiyosida tarqaldi bu koronoverus deganlari. Oziq ovqat masalalari, kuchaga chiqmaslik, shunday katta kuchalar, katta katta shaharlar bushliqqa tushib qolganday guyo. Hamma vahimada, ertalab uyg'onsak tirikligimizga ollohga hamdlar aytardik. Shunaqa esda qolgan, xovotirli yil bulgan.
Nigora Barnoyeva
Салом олиб келиши керак эди эмас кириб келиши мумкин эди. Хушнудбек улуг зиёратингиз кабул булсин хаммамизга насиб этсин
Osha vaqtda men juda juda xursand bolgandim chunki 2-kursda Milliy universitetda oqirdim va uyga ketaman dep xursand bolganman birinchi tasurot shunaqa keyin esa hammasi tushga oxshab kinolarda yashagan kabi bop ketti xursand boliwga arzimadi
Хушнудбек ака ассалому алейкум сиз билан кандай боглансам булади ёрдамингиз керак
Esimda. Yakshanba edi. 1kurs edim kursdoshlarim bn bozorga borgandik abeddan keyinlar bozorni ozida eshitib kelganmiz 1ta magazindan😂
Tel bolgan kn hamma instga kelsin 3haftalik tatil berilarkan deb. Yotoqxona topolon bb ketgan. Ertasi kuni ertalab poyezdda taksida ketganmiz. Yaramas taksilar narxini kotarvorishgandi😡
Eson omon o‘tvoldik shu kunlardan .Esdan chiqmas bo'lib muhrlandi tarixga.O‘zi bilan birga ko'pchilikni ham olib ketdi ming afsuski🥺😓
◦•●◉✿...✿◉●•◦
Ollohga hamdlar boʻlsin 🤲 shunday kunlarni ham boshimizdan oʻtkazdik robbimni rahmati va marhamati keng bizni oʻz panohida asradi
Hamma aslida kim ekanligini va nima uchun kelganligini tushunib yetdi deb o'ylayman.
Assalaamu alaykum. Biz u paytda abituriеnt edik, kurslar ham to'xtatilgan. Rosa havotir olganmiz. Hayolimiz o‘qishga kirishda edi
Show next 100 comments