Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Инсон хаёти давомида куп яхши ёмон кунларни бошидан кечиради, лекин каринтин даври ҳаммага бирдек ўз таъсирини ўтказди менимча, бу кунлар ҳам ортда қолгани рост бўлсин. Дунёда тинчлик, осойишталик хукмрон бўлишини Яратгандан сўраймиз.
Ассалому алайкум Зиёратларингиз кабул булсин карантинда хамма бир биридан куркиб колган эди ман хамшираман биз ишладик болалардан узокда согинч куркув у кунларни энди курмайлик утганлари чин булсин
Ra'no Saforova
Oqishga kirishga yengillik boldi 2020 yili osha yili oqishga kirdim 😊.Lekin yaqinda kelgan omicron butun oilamizga yuqqandi 18 kunlik chaqalogimga ham Allohga shukur hammasi otib ketgani chin bolsin.
SOHIB& FERUZA
Karantenning ilk kunlarida farzandli bóldik
Davlat bizzi virusdan tanklar bn himoya qilgandi
Шокирова Муминахон
Ассалому алайкум Хушнудбек .Зиёратларингизни аллох даргохида кабул килсин.Бизга билдирган тилакларингиз учун рахмат,илохим хар биримизга улуг жойларга бориб ибодат килишликни насиб этсин. Карантин мани фикримча ,купчиликка дарс булди, чунки бемалол маскасиз нафас олиш,бемалол кучада юриш, туйларга бориш хам ва х.к. хаммаси неьмат эканлиги ва буларни шукрини килишимиз кераклиги эслатиб куйди.
Хушнудбек ишларингизда омад тилайман.
Акбаршох
Мен сафарда эдим уйга келишим кийинн булган 18 кун чирчикда карантинда ётиб келганмиз
Eee o'sha paytlar ham o'tdi ketdi. xushnudbek aka shu paytgacha o'qigan kitoblarizdan yoki endi oqimoqchi bo'lgan kitoblarizdan bizdek talabalarga qanday kitoblarni o'qishni tavsiya qilasiz yoki eng yaxshi 10 kitob shular haqida bitta post joylang malol bo'lmasa
Exx u kunlar xotiradan mangu ochmas boʻlib muhrlangan,hech kim ishga bormay uyda qoʻrquvda otirishganda,hamma davlatlar chegaralarini yopgan paytlarda otam charter reysda odamlarni uyga olib qaytardilar,shunda virus boʻlib qoldilar,14 kunga karantinga olishdi,song adam uydagilarga virus yuqmasin deb necha oylab uyga kelmadilar, charterda yuraverdilar, erta bahor har yili uyda qarindoshlar bilan sumalak qilardik,ammo shu yil onam bilan 4farzand oʻzimiz tayyorladik,pishgach uni qarindoshlarga yetkazish muammo boʻlgan,koʻchaga chiqish mumkin boʻlmagan qattiq karantin kuchaytirilgan vaqtlar edi.Akam mashinasida yashirinib kichik koʻchalardan aylanib buvim,xolam,ammamnikiga oborganlari,men ukam singlim yayov chelakda,bankalarga solingan sumalaklarni tarqatganimiz, meni it quvlab 3litr sumalakni yerga tashlab qochganim bari barini eslab xaligacha kulamiz.
Mrs Turg'unova
2020 yil manga zor kelgan, 1 hafta mazza qilib 10 gacha uxlab zerikkanimdan keyin universitetlarda online imtixonlar bogan, 10 gacha bozorga borib kelish mumkin diganda yanayam mazza bo'gan, uyimdan bozorgacha piyoda borib moshinada qaytib kelardik, shuna qilib fitnes qiganmiz
Madina Temirova
Men o'sha vaqt abituriyent edim o'quv markazimiz yopilgan edi.Lekin ustozimga kattadan katta rahmatlarimni aytaman.Chunki,ustozim onlayn o'qishimizni davom ettirdik.Qanday bo'lmasin o'qishga kirishimizni ortga qaramasligimizni ko'p ta'kidlar edi.Karantin menga juda katta sabrni o'rgatdi inson har qanday vaziyatda tushkunlikka tushmaslikni o'rgatdi.ALLOHIMGA MINGDAN MING SHUKR Talaba ham bo'ldim.Va karantinda eng zo'r ustoz Ilyosxo'ja Bekmirzayevdan onlayn ta'lim oldim.Garchi bu insonni ko'rmagan bo'lsam men uchun eng sevimli ustozlarim qatorida.Agar karantin bo'lmaganda men bu ustozga shogird tushmas edim shu insonni yordami bilan asosiy blokimdan 27tarix ishladim man tariximdam 27ta ishlayman deb hecham o'ylamaganman Bu ustozlarimdan Alloh rozi bo'lsin.O'Tganlarni Alloh rahmatiga olsin.)🙏
Men oʻshanda abituriyent edim. Oʻqishga ham kirolmadim.Rosa qiyin boʻlgandi.Eslagim ham kelmaydi. Alhamdulillah hozir talabaman.
Xushnudbek Umra ziyoratlariz muborak bòlsin biz ham shunday uluģ maskanlarga borishlik nasib etsin Umra ziyoratidan kòproq m'lumotlar tashlang iltimos.
Karona verus sabab Kabatulloh ham karatenga tushdi internet tarmoģida kòrib yiģladik
Tojiyeva Sohibaxon
Virus sababli avvalo ollohni irodasi ekan onamni yo'qotdim.70 yosh edlar onajonim yengib o'tolmadilar😢 oilamizda hammamiz kasallangandik.bir umrga armon bo'lib qoldi.
Menda unchalik vahima boʻlmagan. Psixologik tayyor edim. Baribir bizga yetib kelishini bilardim. Xitoyda 2019-yil chiqqandan keyin koronavirus haqidagi har bir xabarni oʻqib borar edim. Oʻsha payt med institutda 6-kurs edim. Shunday virus chiqishi mumkinligi haqidagi chet el maqolasini 7-8 yil oldin oʻqigan edim. Shuning uchun vahima boʻlmagan boʻlsa kerak. Bizda qayd etilganligi eʼlon qilingan payt aptekada ham ishlar edim. 15-martdan 23-martgacha rosa maska sotganman. Aptekaning egasi maskani zoʻrgʻa qimmat narxga olib kelar edi. 100-200 soʻm qoʻyar edik. Lekin maska narxi oshib ketganini odamlar bizdan koʻrgan. Qanchasi kelib sen choʻntagingni oʻylab qimmatga sotyapsan deb janjal qilardi. Biz ham qimmatga olyapmiz desam ishonishmasdi. Ularning haqoratomuz gaplari koʻnglimga tegardi. Baʼzilari tushunardi. Koʻpchiligi tushunmasdi. Keyin 23-martda Alloh yoʻlimni oʻng qilib, oxirgi reys bilan Surxondaryoga yetib olganman. Shundan keyin yoʻllar yopilgan. Institutni onlayn bitirib, diplom olib ishni boshlab yuborganman. Magistratura imtixoni viloyat markazida kompyuterda boʻlgan. Yaxshi topshirib hozir magistraturada oʻqiyapman. Yana 2020-yilda covid-poliklinikada ishlagan pullarimizni berilmagan. 2020-yil yozida ayni karantin kuchaygan payti toʻyim boʻlgan. U payt tufayli ruxsat yoʻqligi uchun tinchgina tushgacha oʻtkazib yuborganmiz. 30 kishi ham kelmagan. Otam va akam ham shifokor. Koronavirus desa, uchalamizning mashaqqatli mehnatimiz koʻz oldimga keladi: issiqda kombinizonlarda ishlaganimiz, kontaktda boʻlib qoʻysak, uydagilardan alohida xonaga izolyatsiyada oʻtirishimiz. Koronavirus tezroq yoʻqolib ketsin!
Ehtirom Toshboyev 2
Bunaqa kunlar qaytib kelmasin
Ёзаман десам жуда гап кўп.Аллоҳ ҳаммамизни паноҳида сақласин.Вирус йўқолгани рост бўлсин.
Акса урган инсонлардан қочмай саломатлик тилайлик энди
Hojimurod Qurbonboyev
Asalomu alaykum ha rosdan xam shunday davirlarni boshdan kechirdik lekin olloxga tavakal qilib o.sha kunlardan ham o.tib oldik alhamdulla shunday qiyin vaziyatlarda insoniylikni yo.qotmagan yurtdoshlarimizga alohda tashakur ollox rozi bo.lsin tangani 2 tarafi bo.lgani kabi nafsini o.ylagan larniham ko.rdik afsuski . Biz buyik millatmiz shunga yarasha qadriyatlarimizni dunyo qarashimizni yuksaltiraylik Olg.aa Yangi O.zbekiston!!
Men oʻqishga kirganman hammasidan yaxshisi shu😂😂🖐️
Show next 100 comments