Ўзбекистонда коронавирус аниқлангани расман эълон қилинганига 2 йил тўлди.

2020 йил 15 март куни Франциядан қайтган юртдошимизда коронавирус аниқлангани маълум қилинган ва 16 мартдан боғча, мактаб, лицей, ОТМларга таътил берилган, Ўзбекистонга кириш ва чиқиш тақиқланган эди.

Ҳозир эсласак, худди тушга ўхшайди. Ҳаммаёқ тақа-тақ ёпилганди, уйдан чиқишга қўрқиб ўтирардик. Ўша пайтда қилган айрим ишларимиз ҳозир ҳатто кулгили туюлади. Лекин у пайтда ҳеч ким ҳазиллашмасди, ҳамма ҳаёти учун кўринмас душманга қарши курашганди.

Шунақа нарсаларни ўз кўзимиз билан кўрдига, товба?

❓Коронавирус Ўзбекистонга кириб келгани ва карантин эълон қилинганини айтишганда, сиз қандай ҳолга тушгансиз? Пандемия ҳаётингизга қандай ўзгаришлар олиб келди?

Келинг, шуларни биргаликда ёдга оламиз.


👉 @xushnudbek 👈

482 comments

Show 100 more comments
Abbosbek Abdullajonov
Karantin ko‘p narsani qadriga yetishni o‘rgatdi. Talaba edim 3-kurs 3-4- kurslar online bo‘ldi talabalik gashtini surolmadim.
4 yillik talabalik davrimiz qisqardi. Karantincha holatda tòyimiz bòldiii,😬😂esda qolarli bòlgan
Oydin Sultonova
Shunaqa qattiq qorqganman, juda vahimali 🙄 iyun oyida esa online imtixon topshirib diplom oldim. Sinov tariqasida boldi, juda oson.💪 Bir yomonlikni, bir yaxshi tarafi deb shuni aytishsa kk. Ollohim balolardan qutqazgani rost bolsin. Ilohim 🤗
Avazbek Ibrohimov
Ёд олмайлик. Падарига ланат шу вирусни. Эссиз давлатдан ажратилгаг пуллар.
Zebo yuldosheva
Voy bò eslasam òsha davrdagi holatimni ,yuragim orqaga tortib ketadi .Hamma oziq ovqatlani zapas qilib,bolalarimu turmush òrtogimni kòchaga chiqmaslikka undab uyda òtirdik .Lekin virus bòlmadik .Òtgan yozda shunaqangi virus bòldikki 😔turmush òrtoģim bn òlimdan qoldik .Olloh asradiyeeee.10kuncha kislorodda yottik .Ollohga shukr betalofot òtivoldik.Lekin juda kòp kishini opketti yaramassss virus😡😡
Дилфуза
Assalomu aleykum Xushnudbek aka sz bilan qanday qilip bog'lansam bo'ladi
❄Малохат❄
Алхамдилиллах хаммаси утип кетти. Уща пайт жуда вахима бости бизниям хатто оила азоларимиздан гумонсирап алохида хона килип ешикни кулфлаб
чикмасдан утирганман мен😳😁🙈
Rosa xursand bolgandik karantinni eshitib endi maza dam olamiz deb, ammo 2haftadan keyin okindik nimagayam hursand boldik deb((( kop insonlarni olib ketdi afsus...
Ассалому алейкум! Карантин булган даврда мен ширкатда электрик булиб ишлардим яъни куп каватли уйларга хизмат курсатардик. Уйи узок,да булганларга бесодержания бериб юборди. Биз подездларга хлор сепардик Фойдаси борми йук,ми билмадимки узимиз куп азоб курдик. Ковидни хам енгил формада утказдим. Алх,амдуллилах, як,инларим хеч ким ковидга чалинмади.
15 mart sanasida tumanimizda Navro‘z bayrami bo‘layotgan edi. Ko‘chalar odamlar bilan gavjum. Hammayoqda xursandchilik ovozi... 16 martdan boshlab ko‘chaga o‘ylab chiqadigan bo‘ldik....
Shunqor Annakhulov
Men 17 ga kirganman. shunchalik qo'rqqanimdan birdan xayolimga yaqinlarim kelgandi. Ularni yo'qotib qo'yishdan juda qo'rqqanman .Va inson qadriga yetishni o'rgandim
Otabek Hasanov
Bu davr opam bn akamga omadli yil keldi ular o'qishga kirdi
Чори Эрматов
Virusdan qurqmaslik kerek chunki usha davrda RASSIYA da edik biz xechnimani sezmadik endi xozirgi vazyat virusdan yomon buldi ukraina va RASSIYA urishi
Чори Эрматов
Virus kuchaga chiqadimi chiqmidimi baribir tegip utadi
Sarvinoz
Virusni mensimagandik, lekin oila a'zolari kasallik tufayli alohida yashashga majbur bo‘ldik. Lekin shu davrda oilani qadrlashni, yaqinlarga mehrli bo‘lishni o‘rgandik. Virus ko‘pchilikni o‘z hayotini tahlil etib ko‘rishga majbur etdi(yaxshi ma'noda)
Qalbinur
Barchamiz Olloh o'z panohida asrasin.
𝓖𝓪𝓯𝓾𝓻𝓸𝓿𝓷𝓪
2019-yil 1-dekabrda oyogʻimda endopratez aperatsiyasini o'tkizib naq 3 oy to'shakda yotganman . Oʻshanda esimda endi oyoqqa turib sekin asta yura boshlagandim 15-mart kuni singlim 1chi marta koʻchaga aylanishga olib chiqqandi . Afsuslar boʻlsinki ertasi kundan karantin eʼlon qilinib yana uy qamogʻi boshlangandi menda 😁☺️
Karantin sababli ielts imtihoni atmen bogandi chetga ketolmay qogandim
Otamdan ayrildim😢
Shomurodov Otabek Najmiddinovich
Albatta, oʻsha paytlarni eslasak, ayrim harakatlarimiz hozir kulguli tuyuladi. Bizning oilamiz kattagina, oʻshanda 9 kishi yashardik(hozir 10 ta, Allohga shukur). Har kuni barchamiz oilaviy jamuljam boʻlib, dasturxon atrofida oʻtirardik.
Lekin baribir koʻp narsani boy berdik. Birinchi navbatda bolalar oʻqishsiz qolib ketdi. Hisoblasak yana koʻp narsalar bor.
Barchamizni Alloh panohida asrasin. Bir-birimizga mehr-oqibatli boʻlaylik.
Ганижон Исмаилов
Уша пайт карантин булиб куп чекловлар булган эди. Хакикатдан кучалар хувиллаб колган. Аллохга шукрлар киламизки у кунлар утиб кетди. Ушанда махкам ушлангани учун бизнинг юртимизда анча енгил уткандир балки.
Show next 20 comments