Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 12 more comments
Yaxshi o'qigan odamga yetadigan vaqt. Bahona qiluvchilarga 20 minut ham kam
2 soat bolgani juda yomon boldi
2 soat bu juda kam. Vaqt.
Agar haqiqatdan ham savollar oson bo'lgan bo'lsa, dtm isbotlab qoysin. Har bir fandan 30 tadan savollarni manbasi bilan e'lon qilsin.
Lekin dtm unday qilolmaydi. Chunki savollar hech qanday oson bo'lmagan. O'tgan yil kimyoni oson qildik deganini ko'rdik. Rasvo qildi dtm.
Masalan meni chet tilidan imtiyozim bor va faqat matematikadan yechaman , ammo 1 soat vaqt menimcha matematikani ham yechib ham boyab bolgani yetmasa kk. Fizika matematika yònalishdagilarni aytmasa ham boladi endi. Bu mening subyektiv fikrim xolos
Savollar osson boladimi yoqmi imtihondan keyin bir Nima desa boladi o'tgan yili ham osson boladi deyilgandi lekin unday bolmagan
Savol oson bolsa 2 soat albatta yetadi.Abituriyentlarga omad
Лекин буяшни узи анча вактни олади
Bu hisoblaydigan fanlar ucun qiyinlik tugdiradi kimyo matematika fizika fanlari uchun bu qiyinlik tugdiradiku
Masalasi bor fanlarga, ya'ni matematika, kimyo fanlaridan har bir savolga 2 daqiqa kam dev o'ylayman, hech bo'lmaganda 3 daqiqa berish kk. Sababi masala yechiladi, formulaga solinadi, keyin javobi chiqadi yoki taqqoslanadi. Xullas, savollarga bog'liq. O'ylab ko'rish kk.
2.5 soat bo'lsa zo'r bo'lardi
Manimcha 2 soat vaqt yetarli emas chunki matematika fizika uchun aynan quyoshni issigida ishlash anchagina mashaqqat beradi . Aniq fanlar yonalishidagi Abiturientlarni salgina oylash kerak edi
Oltinoy
Menimcha vaqt yetarli, vaqtni ketkazmasdan vaqtida hayajonni bosvosak bòldi
2 soat ichida boyashga ketadimi yoki yechishgami
2 soat vaqt yetib ortadi😒
2 soat judayam yaxshi fikr
Muhammad Nodir
:)
2.5 soat bo'lsa zo'r bo'lardi
👍👍👍👍👍👍👍
D🧕
2 soat vaqt yetib ortadi😒
taxmin qiladiganlarga bemalol yetadi
O'tkan yilda ham savolllar qiyin bolmaydi deyishgan edi masalan kimyo fanidaa
Show next 100 comments