Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 100 more comments
Diyor
Savollar oson bo'lsa hammaga birdek oson bo'ladi.2 soat 2 ta fanga yetadi
Baribir qaror chiqdi va ozgarmaydi , bu yerdagi muhokamani hech kim qiziģi yoq
Yo’nalishiga qarab vaqt berish kerak, matematika fizika yo’nalishida test ishlash bilan ingliz tili va ona tilidan test ishlash turli xil vaqt talab qiladi. Shu vaqtga moslashib tayyorlanish kerak aslida lekin shoshgan bola bilim salohiyatini to’liq namoyon qilolmaydi
Matematikani 2 soat ishlab ingliz tili va ona tilini 30 daqiqada ishlaydiganlar bor. Shu narsani hisobga olish kerak.
Бўлди уже ман ўқишга кирдим унақада😆
Oʻgʻiloy
Abdulla Dursoatov
Yaxshi tayyorlandi deb gapirish hozirgi vaziyat uchun noo'rin
Yaxshi tayyorlanish yoki tayyorlanmaslik odamni oʻziga bogʻliq.
Juda ham tuğri fikr 2 soat juda ham kam vaqt
Lola Suyarova
Hamma maslahatlariz uchun rahmat. Inshoolloh men buni ota-onam hamda uzim uchun uddalayman. Bunda menga hech narsa tusqinlik qilmaydi. Asosiysi ishonch va ollohimizga shukrona bildirish. 🥰😊🥰
Abdulla Dursoatov
Aniq fanlar haqida ishonch bilan gapirish qiyin.
To'g'ri qo'l bilan saranli abuterentlar bordir, lekin hozir gap hamma abuterentlar haqida
Dtm haq ular oqiganda
Kamoliddin Ismoilov
Vaqt ozmi ko'pmi hammaga birxil bo'ladi manimcha hechkim hafa bo'lmaydi
InshaAllah🤲👨‍🎓
Faqat fanlarni emas qayerda ywchishni ham o‘ylash kerak imtihon kuni ko‘ramiz qanchasi hushidan ketgan issiqda 2 soat normal vaqt 2 ta blok uchun
😀😀😀😀
Texnika yo'nalishini qaridigan bo'se, o'tgan yillari 3-fan ona tili yoki chet tili bo'lardi(birinchi va ikkinchi fan matematika va fizika). Ona tili yoki chet tiliga bir soat juda ko'pli qiladi va o'tgan yillari abituriyentlar 2 soat ichida matematika va fizikani ishlab, qolgan bir soatda 3-fanni ishlashardi va javoblarni bo'yashardi. Lekin bu yil texnika yo'nalish uchun 2 soat juda kamlik qiladi. Javob varaqasini bo'yashning o'zi kamida 20 daqiqa vaqt oladi. Qolgan 100 daqiqa davomida eng murakkab fanlar bo'lgan matematika va fizikadan 60 tadan masala ishlash haqiqatga to'g'ri kelmaydi dib o'yliman.
test iwlawga 2soat yetadi lekn boyaw ucun ham daqiqa qowib berganida yaxwi bolardi
Йилдан йилга одамлар данкасалашиб кетяпти. Кишлокда боллар билан чирок, шамда дарс килиб укишга кирардик свет йук утин печка екиб. Ухлаш вактимиз бомдод азонида буларди. Кийин булсада зур дамлар булган. Хозир абитуриентларни чалгитадиган нарсаларам куп, данкаса хам буб кетишган. Норозилик билдиришга мамнака каналларам йукиди. Зато Х вариант, Бункер, Паравоз, Ректорский группа деган балолар буларди. Устозларимизни гапи шу эди укишга кирмокчи бусанг бункерданам паравозданам кучли булишларинг керак дерди. Хакикий мехнат булган 2010 йиллар.
Ayniqsa Matem bn ximiya blok buganlarga qiyin boldi
G
baribir o'zgarmaydi nima desak ham
Togri foydasi yoq undan imtixon qilayabti dep xursand bolinglar
Show next 100 comments