Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 100 more comments
... no name
Kuziyev Jamshid
Xayrli kech hammaga! Xushnudbek akani gaplari tog'ri.2 soat vaqt berilar ekan deb bu yerda tortishganni foydasi yo'q undan ko'ra endi yanada kuchliroq tayyorlaning.Hammaga omad!
sizning xam bu yerda tortishganning foydasi yoq deganingizni xam foydasi yoq ... mani xam sizga bu yerda tortishganning foydasiyoq degan gapingizning foydasi yoq deganimning xam foydasi yoq
Bir umidimiz sizdan edi. Rasvo qildingiz. Matematika, Fizika, Kimyo fanlaridan qo'shimcha vaqt kerak bo'ladi. Chunki oddiy hisoblashga oid misollar ancha vaqt ketib qoladi. To'g'ri oldingi yillarda xar bir fanga 1 soatdan berilgan, lekin 99% abiturentlar 3 blokni tavakkal qilish evaziga, qolgan 2 ta blokga 3 soat vaqt sarflar edilar.
Xushnut aka sizni hamma fikrlariyizga qo‘shilaman rahmat sizga faqat stadionda bo‘lsa shaffoflikni ta‘nimlash masalasiga bir fikr bildirsayiz rahmat.
Hammaga omad!
Barcha abituriyentlarga studentlik baxti nasib qilsin)
Qaytanga imtiyoz olmaganlar yutdi. Agar tayyorgarligi chet tilidan yaxshi bo'lsa, 30 ta savolga 15 min ichida javob berib, bo'yashga ham ulgursa bo'ladi. Tejalgan vaqt 2-fanga ketadi.
Xafa bolmanglaru kop kishi fizikaga matemga kimyoga yetmaydi dep yozayabti togri kam lekin imtixon bolmaydi yangi yilgacha deganida xechkim inday olamas edi bir yolini topip imtixon qilishyabti
Hurmatli Xushnudbek Xudoyberdiyev sizga 2 soatmi yoki 3 soatmi farqi yo'q chunki siz test topshirmaysiz.
Gaplariz to'g'ridir balki avvalgi yillari ko'p narsalar bo'lib ketgan.
Bu yilgi sharoit umuman boshqacha siz shuni tushuning.
O'tgan yil bilan hozirgi sharoitni umuman taqqoslab bo'lmaydi, bilmadim siz nima uchun bu yilni o'tgan yil bilan tenglashtiryabsiz.
Mayli 2 soat yetadi lekin siz bizga avvalgi yillar bilan hozirgi vaziyatni o'xshashligini tushuntirib bering, siz avvalgi yillar bilan bu yilni taqqoslayabsiz noto'g'ri deyolmayman, lekin abiturientlarning avvalgi yillardagi va hozirgi sharoitini o'xshashligini tushuntirib bering qani...
❗❗❗ILTIMOS JAVOB KUTIB QOLAMAN
HURMATLI XUSHNUDBEK XUDOYBERDIYEV
Avvalambor Assalomu alaykum. Muhimi imtihon boʻlarkan hozir eng eng muhimi shu chunki hozirda pandemiya sharoitidan kelib chiqib imtihonlar qoldirilishi ham mumkin deyilgan edi mana Allohimga ming shukur boʻladigan boʻldi imtihonlar. Allohimni oʻzi kuch quvvat berib nasib qilsa oʻsha kun juda yaxshi natijalar bn chiqamiz. Man qarshi emasman soatiga muhimi imtihon boʻlyapti. Xushnudbek ustoz sizga katta raxmat bergan daldangiz un ilohim aytganiz kelsin. Bizga ham talaba boʻlish baxti nasib etsin. Inshoolloh yaxshi oʻqib yurtimizga kerakli kadr boʻlib yetishish nasib qilsin. Ilohim hamma abituryentlarni niyatiga yetishishiga tilakdoshman. Raxmat
Ассолом алейкум Хушнудбек ака.Албатта ушбу мавзудаги фикрларизга кошиламан.Мени озим математика физика дан имтихон топшираман.Озимга охшаган абитуриентларга тавсиям бу йерда асосий нарса тестлар соддалаштирилади деган жойига ахамият беришларини сораган болардим.Отган йилги тестлар анчагина содда ва осон болган лекин шундаям кийин саволлар болган албатта.Бу йил дтм тестларда кийин саволлар дейарли тушмайди деган вадаларни берябди.Шунга караб вакт етади деган фикрдаман.Бу менинг шахсий фикрим албатта.
Oqigan odamga albatta yetadi 2 soat.vaqtida tayyorlanish kk edi.endi foydasiz narsalarga vaqt ketkazmasdan
☏︎
ABITURIYENTLARNI gapi menimcha inobatga olinmaydi.Menimcha Xushnud aka abituriyentlar tarafida bo'lishi kerak.Bo'yash uchun vaqt qo'shib berish kerak.
Сирож Ахмадов
🙌
Ibrat Ibragimov
EEE online test yechvosilami ?abiturla
Show next 100 comments