Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 100 more comments
ᎦᏂᎯᏯᏃᏫᎴᏰᏋᏦ
Tayyorgarlik yaxshi bo‘lsa 45 daqiqa yetib ortadi matemga
Sizga yetishi mumkun boshqa abuturentlarga yetmasligi mumkun. Tayorgarlik yaxshi bo'sa deyabsiz! Nechi oydan beri uydamiz repititorga borganimiz yo'q. Oson tashamaydi dtm.gilar o'tgan yili kimyodan juda qiyin tashagan
Manimcha 2 soat yetarli☝️☝️
Хозирги вақтда имтихонлар шафоф ва видео кузатувлари ёрдамида кузатилиб турилётганини хисобга олиб қақтни кўпроқ қилиб қўйса зарар қилмайди. Ишлаганлар вақтли чиқиб кетишаверади. Ихтихон вақтида хамма турли хил ҳолатда бўлиши мумкин (кўрқув, хаяжон, фикрни бир жойга йиғолмаслик ва ҳ.к)
Menimcha 2-soat yetadi hammaga bir xilda berilgan men va raqibimga teng tarzda InshaOlloh harakat qilsam kiraman
ADMERAL ★
Xushnudbek sizni gapizga qisman qöshilaman.Bunga izoh beradigan bölsam matematika fizika kimyo fanlariga 2 soat vaqt yetmaydi va bu aniq. Savollar osonlashtirildi degan gaplar utgan yili ham bölgan lekin fizika kimyo ötgan yili ham qiyin tushgan.2 soat vaqt tarix ingliz tili ona tili kabi fanlarga yetadi .Shu sababli vaqt qöshib berishsin dtm mutasaddilari
Kadirova.S
📌📌📌HECH KIM IMTIXON VOQTINI 2 SOATDAN 3 SOATGA KO'PAYTIRSIN DVOTGANI YO'G'U XATYAB TITULGA 10 MINUT QO'SHIMCHA VOQT QO'SHILSIN DEYISHVOTTI SHEKILLI KO'PCHILI MANIMCHA
Хушнудбек иккинчи мутахасисликка турдош фанлар булиши керакми ёки фарки йукми жавоб учун олдиндан рахмат.
2 soatmi 3 soatmi nma bòlganda ham Ollohim.barchani omadini bersin.Peshanada borlar òqishga kiradi nasib qilmaganlar kelasi yil yahshilab òqib izlanib talaba bòladi.
QOBILBEK $$
sizdi fikringiz togri oldingi abuturentlardan qayerimiz kam😊
🕋🕋🕋🕋
---
Topa tog'riii
Toʻgʻr vaqt yetmidi
Yil davomida kalkulyatordan foydalanmey tayyorgarlik ko'rgan (garchi uyda tayyorlangan bo'lsa ham) abituriyentga vaqt yetadi. Abituriyentlardan anchagina aqlliroq odamlar bu qarorni chiqarishgan, hammaga omad 😉😉😉
......
Иншаоллох 2соатга улгурамиз
Xushnud aka togʻri gapirdiz qoyil.😊
Javlonbek.
Men ham kimyodan abituriyent boʻlganman. Haqiqatan 2 soatmi yoki 3 hamma uchun bir xil yani imkoniyatlar teng, shunday ekan hozirgi pandemiya holatini nazarda tutib qancha kamroq vaqt bolsa bu avvalo abituriyentning oʻz sogʻligʻi uchun foydalidir.
DTMga ko'p ham ishongmanglar. Chunki u ishonchdan chiqqan. O'tgan yil kimyo fanini oson qilamiz deb. Bari olimpiada masalalarini (qiyin ) savollarni tashladi. Bu yil ham shunday qilsa ajab emas.
Vadabozligingga xalqni ko'niktiryabsan dtm
Show next 100 comments