Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 100 more comments
NODIRA
Bo'yash uchun 10 daqiqa qo'shib bersa yaxshi bo'lardi
❀Malokhat❀
Savollani sodda tuzamiz deyishyapti yana vaqt qo'shib bersa yoki vaqtni 3 soat qilamiz deyishsa odamlar yana nimalarni xoxlashmaydi hamma narsani iloji bor kerak bo'lsa 1 soat berishsa ham ilojsiz ishlanadi. Shu uchun berganiga shukur qilish kerak!!!
Xushnudbek kechki smena haqida ham bir nimalar deng. Chunki 19:00 da tugasa olis qishloqdan markazga kelgan abituriyentlar uyiga qaytolmaydi.
Hecham oʻylab koʻrishmaydi dtm bu haqida. Kechki smenadagilar koʻchada qolib ketadiku. Qizlar ayollar qayerdan boshpana topadi. Oʻtgan yili Avgust oyida boʻlgandi bu yil sentyabr avgustga nisbatan salqinroq havo. Shuni bir nima deb masala koʻtaring iltimos.
Xushnudbek Xudayberdiyevga qanday qilib shaxsiy murojaat qilsak boʻladi.
qurbonov
Men fezika o‘qimayman, ona tili va adabiyot o‘qiyman, shuning uchun bu fezika fanini yechishga qancha vaqt ketishini bilmayman. Lekin, shu urinda aytib o‘tishim mumkinki, men karantindan oldin, tugarakka qatnardim endi, o‘z tumanimda emas qushni tumanga va u yerda kuvarterada turardim, bir xanada 4 ta bo‘lib turardik. Ikkta matematik va ikkta ona tili ya‘ni, ikktadan o‘qirdik. Ikki matematik shunchalar kuchli tayyorlanardiki, biz ham havas qilib ulardek bo‘lishga intilardik. Ular variant yechyotganda o‘sha bitta fanga bir soat bo‘lsa, ular 40 daqiqa ulgurishni mashiq qilardi. Biz ham shuni mashq qilamiz. Oldinlari men ham kam deb yurardim, bunday fikrlashimga sabab, bilimim kam bo‘lganligidan shunday fikrlayotganimni anglab yetdim. Bu bilan sizning bilimingiz kam demoqchi emasman, sizga o‘z do‘stlarimdan bitta misol bilan siz ham harakat qilib tayyorlanib (qancha o‘z ustingizda ishlasangiz, siz qiyin deb yurgan masalalar yengillashib boraveradi) bajarsangiz bo‘ladi demoqchiman. Yana shu urinda do‘stlik maslahatim,,, Hech qachon o‘zingizga kam baho bermang va yuqori ham baho bermaslik kerak, urtada bo‘ling. O‘ziga kam baho berish eng yomon narsa.,, sizga omad tilayman, sog‘ bo‘ling. Xushnudbek akaning fikriga biroz qo‘shimcha qilib, shu yil haqiqiy sinovlarda toblanganlarga talaba bo‘lish nasib qilsin. Ilohim.
Men 2017 yil oqishga birinchi marta topshirib kirganman. 3 yil tinimsiz kursga borganman kechalari uxlamasdan dars qilganman. Oxir oqibatda 35 36 ta matematika 29 30 ta fizika ishlaydigan boldim. Guruhimda mendan yaxshi biladigan yoq edi maqtanish mas gap kelganda aytyapman . Bir tarixchi ortogim bolardi u faqat tarix va ona tili o‘qirdi .u esa mendan kamida 5 6 soat kam dars qilardi . Lekin natijamiz bir xil bolardi deyarli yana u 20 minutda 36 ta tarixni 20 minutda omatilini kechadigan bo‘ldi . Yana 2017 yil qanaqa savollar tushganini bir tanishlarizdan sorab koring . 2 soat 2 ta bloki xam aniq fan bolsa yetishi ozgina qiyin yarim soat qo‘shsa yetar.
Onarili tarix .
Ona tili ingliz tili
Yoki 1 ta fani aniq 2 chisi gumanitar fan bolsa xam yetar ikkala fani xam aniq fan bolsa ya'ni matematika kimyo , matematika fizika , va shunga o‘xshash yo‘nalishlarga 2 soat kam . Bu sizga savolni bir o‘qisez esizga kelsa belgilaysiz yani oldin oqib yodlagan bolsez srazi belgilaymiz bomasam tashab ketasiz degani emas-da. O‘sha joram aytardi da yaxshi o‘qigan bolsa bir o‘qiydi esida qolgan bolsa srazi belgilab keturadi derdi. Yozib chizib ishlab vohokozolar yoq . Fizikani zor oqigan bola xam 1 ta o‘rta qiyinlikdaki masalani xam 2 minutda yechishga ulgurmasligi mumkin . Xullas shunaqa gaplarda xay🙂🤔🤔
Zafar
Ассалому алейкум хаммага омад.
Мени бита саволим бор эди Хушнудбек ўқишни кўчиришда ХОРИЖИЙ ОТМ лардан 68 балл олса пойтахда,57 баллдан юқори бўлса деган қарор хали хам борми.Жавоб учун олдиндан раҳмат.
2 soat yetadi, 2 ta fan bolsa 30 tadan savol. Bizni paytda 3 ta fan 36 tadan savol 3 soat edi biz ulgurganmiz😊
Zaxiriddin Jumanazarov
Xushnudbek kechki smena haqida ham bir nimalar deng. Chunki 19:00 da tugasa olis qishloqdan markazga kelgan abituriyentlar uyiga qaytolmaydi.
Aka vaqtida 600 km joyga borib imtihon topshirganmiz. Bu menimcha muammo emas biz osha yerdagi aholi orasidan 1 kechaga joy olardik . Deyarli hamma shunaqa qilganki 3 4 yil oldin . Bu vaqtdan boshqa qulay vaqt yo‘q menimcha
Azamova Iroda
2 soat yetadi, 2 ta fan bolsa 30 tadan savol. Bizni paytda 3 ta fan 36 tadan savol 3 soat edi biz ulgurganmiz😊
U paytlari 3 chi blokiz ni vaqti qolgan 2 ta blokiz ni vaqtiga o‘tganda o‘shanchun bizam bemalol ulgurganmiz😂😂😂😂😂
Hasanova Shohidaxon
Jismoniy madaniyat ga topshiruvchilar abituriеntlar qachon va qayerda topshiradi

Jismoniy madaniyat ga topshiruvchilar uchun ham ma'lumot sifatida ovozli xabar qoldiring
Zaxiriddin Jumanazarov
Kengroq oʻylang kimdir eplagan boʻlsa hamma ham eplaydi deganimas. Ayollar qizlar nima qiladi. Temboli pandemiya davri.
Kimdir emas osha paytda qizlaram eplagan . Shuni xam musmmo deb bilsalar yaxshisi testni qoldirilar🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣
Muslimbek
Kimdir emas osha paytda qizlaram eplagan . Shuni xam musmmo deb bilsalar yaxshisi testni qoldirilar🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣
Avgust oyida 15:00 da boʻlgandi sarsongarchilikni kamroq qilish kerak. 16:00 da boshlansa ham hech boʻlmaganda.
Yorqin Qarshiyev
Pandemiya vaqti kimdir begona odamni uyiga quyadimi? Odamlar azaga bormayabdiku bir kechaga quymaydi
Shuda muammo. 19:00 dan keyin qayerga boradi. Taksichilar kechqurun 3 baravar narx qoʻyadi agar topilsa shu taksi
Muslimbek
Kimdir emas osha paytda qizlaram eplagan . Shuni xam musmmo deb bilsalar yaxshisi testni qoldirilar🤣🤣🤣🤣🤣🤣🤣
Oldinlari abittan keyin imtihon topshirilmagandi faqat bir simenada topshirilgan aqlili qilasan togʻri gapirvotti
lekin otgan yilgi testlarda har bir blok uchun 1 soatdan vaqt yoqotmasdik. man ozm ona tilini 20 minutda ishlardm qolgan vaqtda kimyo ishlashga yetardi.notogri oylamayapmisizla🙂
Masharifov Doniyor
Mayli nima boʻlsa ham hammaga omad muhimi imtihonga puxta tayyorgarlik
Show next 100 comments