Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 100 more comments
2 soat yetadi balki ortib ham qolar
ABSAMATOV ILHOM
2 soat yetadi balki ortib ham qolar
😂😂😂bir soat beriwsin yaxwisi yarm soatdan belglasak ortb qomasa kere😂🤦‍♀
Pharmacist
Tog'ri 2ta bloki ijtimoiy gumanitar fanla yani tarix ona-tili adabiyod kabi fanlarga yetar lekn matematika fizika kimyo ishedigan abutureyntla yetmedi...
Hozir hamma vaqtni muammo qilayabdi bu muammo emas vaqtdan boshqa muammolar bor tangani ikkinchi tomoniga ham hisobga olish kerak
Abbosova G
Assalomu Alaykum Xushnudbek va barcha ilm yo'lidagi abituriyentlar,vaqti va joyiga nisbatan hech qanday fikr yozmasamda,lekin har narsa bo'lganda ham olloh mehnatingizni,bilimingizni ajrini albatta beradi,inshaallah,mening ham bir dona qizim bu yil test topshiradi,omad yor bo'lsin,hammasi yaxshilikka bo'lsin,ilohim!!
Shunga yarasha savollar osonroq bo‘lsinda
Фазлиддин
Utkan yilgiday savollar qiyinlashib ketsa nima bulaadi? Utkan yil xam oson buladi deb aytgandi aytganini qilmadi kimyo juda qiyin bugandii.
Assalomu alaykum barcha Abituriyentlarga, vaqt kam deb o'ylmangla inson xoxlasa,hammasiga ulguradi va siz tushuning, pandemeniya tufayli 2 soat qilishdi va bir xil vaqt deb oylayman, chunki hamma Abituriyentlar uchun tengku va tenglik borku!!!
Assalomu alaykum. Man hozir 2 soat vaqt yetmaydi demoqchi emasman albatta yetadi lekin bir iltimosim bor DTM xizmatidagilar yil boshida boshqa yil oxirida boshqa gap aytmasalar yaxshi bo’lardi( Abituriyentlar ham bunga o’rganib qolishdi o’zi). Savollarni osonlashtirishga keladigan bo’lsak shaxsan men bu gapga ishonmiman. O’tgan yili bunaqa gaplani ko’pini eshitgan edik.
2 soat vaqt 2 fan uchun yetarli bo'lishi mumkin lekin chet tili sertifikati borlar uchun 1 soat berilishi sal noqulayroqda bo'yash uchun vaqt qo'shib berilsa yaxshi bo'lardi
Бобонов Б
Хали хеч кайси биримизни имтихон кунимиз аник эмас.Аллох хохласа имтихонга кирсак берилган 2 соат вактни тугри таксимлаб,самарали фойдалансак иншааллох талабалик насиб этади,факат уша дакикаларгача кучли тайёргарлик куришимиз кк.Саволларнинг оддийлик ва мураккаблик даражасиям хали номаьлум,факатгина бизга берилган ягона имконият 2 фандан йуналиш буйича тест топширамиз.Шу имкониятдан уйлаб окилона фойдаланиб колишимиз кк!
Show next 100 comments