Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 100 more comments
Дилдора Собировна
Дилдора Собировна
Математика,физика, кимё, биология фанидан мисол масаларни ишлашга вақт етмайди деб ўйлайман
Мен аввал ҳам шу таклифни берганман.Вақт уч соатлигида ҳам мана шу фанларга кўпроқ вақт ажратилишини "Адолат" СДПнинг Адолат газетасида ёритиб чиққанман
Assalomu alaykum Xushnud aka va abuturyentlar.Xushnud aka mutlaqo to'g'ri gapirdiz.Oxirgi fikriz ilohim ijobat bo'lsin!!
Iltimos imtixon kirmaydiganlar o'zicha kim qayerdagi gaplarni gapirmasin. Bu yo'l sizlarniki emas.
‎⁨꧁༺Шалола༻꧂⁩ ‎⁨꧁༺УКТАМОВНА༻꧂⁩
To'g'ri 2 soatda ulgurish mumkin. Lekin birinchi yil imtihon topshirayotganlar shoshilib xatoliklarga yo'l qo'yishi mumkin. Boyashdayam xato qip qoymay deb necha marta oylab boyashi uchun ko'p vaqt ketadi ularga. Lekin tajribali abituriyentlar albatta vaqtni to'g'ri taqsimlay oladi. Nima bo'lgandayam bilimli yoshlarni omadini bersin.
Мунира Файзуллаевна
Ассалому алейкум. Тест жараёни кандай олиб борилишини хеч ким билмайди. Негаки, 2004 йилда тестга кирган талабалар нак 7 ярим соат тест варакаларини олишни кутишган. Баьзилари хаяжонда нонушта хам килишмаган. Тасаввур килаверинг. Эрталаб соат 7 яримда хоналарга жойлашган абитуриентлар тушдан кейин 15. 30 да тестни кабул килишди. Соат 16. 30 гача вакт берилди. Бундан ташкари тест жавобларини белгилаш учун бланка етарли булмай, 50%и ок когозга А, В ёзиб беришди. Сизнингча бу эртакка ухшамаяптими. Лекин уша эртак кахрамонларидан бири камина эдим.
Т.М.Р
Манзура:
Ассалому алайкум Хушнудбек сизга езиш учун хамма каналларингизни куриб чикдим балки сиз эшитарсиз деган умиддаман Мен бермокчи булган саволим савол хам деб булмайди балки таклифдир. Узим хужайним билан бир неча йиллардан буен чет элда мехнат фаолиятимни юритиб пул топиб уй рузгорга керак булган эхтиежларимизни кондириш баробарида фарзандларимизни кушимча укиш (репититор)курсларига уз хисобимиздан укитиб келяпмиз. Фарзандларим укишга иштиеклари катта, катта фарзандим утган йил юридический коллежни битириб ,ТДЮУ га топшириб 102.5балл билан кира олмади. Бу йил она-тили ва адабиети, тарих фанларидан тайерланишни бошлаганда юридическийни блоклари узгариб кетди. Шунга УзМУ нинг ижтимоий йуналишига топширмокчи эди лекин, тарих фани урнига биология куйилибти. Шундай булсада она-тили ва адабиети хамма ижодий имтихонлари бор журналистика йуналишига топширди энди бунга хам узгартиришлар булиб кетяпти. Барча абитурентларни мени эшитадиганлар борми уларнинг орзу умидлари мустахкам иродалари укишга булган иштиекларини ишончларини синдиришми, мусофир юртларда азоб еб ишлаб топган пулларимга ачинишни хам, ёки фарзандимни неччи йиллик кетган, мехнатига кетган вактимизга ,умримизга ачинишни билмай колдим. Сизлардан илтимос канча вакт кетса хам кутамиз лекин шу охирги узгартиришларизни килманглар. Бунакада пулдорларни фарзандлари укишларга кириб кетади биздайлар яна хаётдан нолиб колаверамиз.Мен кимга мурожаат килишни билмай сизга мурожаат килдим. Агар сизни кимматли вактингизни олган булсам узур сураб коламан. Шу мурожаатимни куриб чикиб уз мулохазангизни билдиришингизни сураб коламан.Агар ноурин гаплар айтган булсам хам узур сурайман лекин юрагим ениб кетгандан умидларимиз пуччакка чикгандан ездим.

Хозирда фарзандим хам узим хам тушкунликка тушиб колдик хатто бу оилавий мухитимизга яьни кейинги фарзандларим такдирига хам таъсир килмокда .Абитурентни хаетини уйин килманглар хаётдан укишдан иштиекларимизни сундирманглар. Келажакда улгайиб бораетган фарзандларимизни умид учкунларини синдирманглар сизлардан илтимосим шу!!!!
Shahboz.
Asalomu alaykum man test bilan bogliq vaziyatdan noroziman.Hech bulmasa 30minut qushib berish kerak.
بيخْروز
Ishlaydigan bola 2soatda ham ishlaydi ishlamaydiganlar 3 soatdaham ulgurmaydi hammaga 2 soatku 1ovga kop 1ovga kammasku 2 soat yaxshi
Assalomu alaykum
Xushnud akamla blan qanday boglansam boladi
2 soat yetmaydi.
Dtmga ishonch qolmagan. Ko'chaga iks chiqib ketdi deb savollarni qiyin qilib tashlashadi. Hamma bir xil savol ishlolmaydi.
Keyin qoralama(chornavek) masalasi ham juda muhum. Kimyo biologiya va matematika fizika bloklari borlarga juda zarur narsa. Lekin dtm 3 dona qog'oz berish bilan cheklanyabdi. Uni na yirtib bo'ladi. Na olib bo'ladi. Dtmni vajlari ham ko'p. Savollarimiz tashqariga chiqmasin deydi. Bu katta befahimlik. Befarosatlik. Uyat dtmga.
Har bir abituriyent uchun muqobil savol tuziladi degan gapi ertaklarda qolib ketdimi? Savollar kitobini bersin olib chiqishga. Ularga nima keragi bor. Axir har yil har bir bolaga aloxida savol tuzamiz deb qasamlar ichadiyu. Bu o'zini hurmatli sanaydigan dtm. Rasvo bo'lding. Dtm. Battar bo'l dtm. Xalqni ishonchidan chiqqan tashkilot kerak emas. Yoqolsin dtm.
Xushnud aka tugri gaplarni ham gaprdngz lekn hamma gaplarngz tugri emas masalan avvalgi yillarda 3blokli testlarga 3soat vaqt bergan busa ham kupcilik abituriyentlar asosan 2ta fanni iwlab 3ci fanni tavakkal belglab cqiwardi iwonmasangz br surab kurng avvalgi yillardagi abiturentlardan kamdan kam abiturentlar 3ta fanga tayyorgarlk kurardi deyarli hamma 1,2bloklarga asosiy etiborni qaratardi menmca hec bulmasa 2:30 daqiqa vaqt berlwi kk
Avvalambor,assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh,Xushnudbek akaga hamda oʻzining fikrini qoldirgan va qoldirmoqchi boʻlgan oʻzim tenggi abituriyentlarga.Man ham Xushnudbek akaning fikriga 💯 % qoʻshilaman.60 ta testni yechishga 2 soat bemalol yetadi deb oʻylayman,balki boshqalar qoʻshilmas fikrimga.Testlarning qaysi darajalarda boʻlishini DTM rahbarlar yaqinda boʻlgan brifingda aytib oʻtishdi,adashmasam.Manimcha,2 soat bemalol yetadi,lekin titlni boʻyashga ham 15-20 daqiqa qoʻshib berishsa,DTM rahbarlaridan biz abituriyentlar minnatdor boʻlar edik.Bitta narsani DTM rahbarlaridan soʻrab qolardim:endi boshqa yangilik qilishmasin,test masalasida.Toʻgʻrisi,yangilikdan barcha abituriyentlar zerikishdi.Mana bu pandemiya sabab,karantin cheklovlari sabab biroz noqulayliklar boʻldi,lekin oʻrganib ketdik.Ana shu vaqtda tayyorlanishni toʻxtatmagan abituriyentlar,albatta,shu yil talaba boʻlishadi,shu jumladan,Man ham.Bir narsani esdan chiqarmasligimiz kerak:bilimi kuchlilarga omad kulib boqadi.Xushnudbek aka,Sizga katta rahmat.Kanalingizni ajoyib tarzda yuritmoqdasiz va yanada rivojlantirasiz,shaxsan Man bunga aminman.Har doim kuzatib boraman.Kechagi murojaatingizdan koʻpchilik abituriyentlar,albatta minnatdor boʻlishadi.Sogʻ-salomat boʻling,Xushnudbek aka.Abituriyentlarga,shaxsan oʻzimga ham sabr,chidam,bardosh va Allohdan omad tilab qolaman.Nasib etsa sentabr oyida boʻladigan imtihonlarda(agarda,vaqti yana choʻzilmasa),albatta kuchli hamda omadli abituriyentlar va shu kuchlilar qatorida Man ham talaba boʻlamiz (man).Omad yor boʻlsin,Barchamizga.Kelayotgan imtihonlarda,Barchamizni Alloh qoʻllasin.Sogʻ-salomat boʻlingizlar.
Assalomu aleykum Xushnudbek Xudoyberdiyev avvalambor bildirgan fikriz uchun rahmat 2 soat masalasiga kelsak 2 soat yetadi otgan yili topshirganikda ham 1: 25 min da ishlab boyab bolganman yani Matematika va ingliz tili dan yechganman va matem 24 ta ingliz 26 ta topganman bu ddegani matematikaga vaqt koop ketadi deb oylamela matematikaga uzoq borsa 45 min vaqt ketadi Vaqt masalasini oylamasdan oqish va yana oqish kere bilim bolsa bas Oqishdan hech ham charchamasdan oqila Olloh ilmizni ziyoda qilsin
Assalom aleykum Xushnud aka.
To‘g‘ri gaplarni gapirdiz .
Biz xam odammiz .
Nimaga imtihonga 2 oy qolganda 3 soat deb turib 1 oy qolganda 2 soat qilishdi. Biz xam odammiz.
Xamma 3 soatga tayyorlanib kelyotgan edik. Endi esa.......
20 daqiqa qushib berishsin shunda xamma rozi bo'ladi manimcha
Dtm ga tushunish qiyin to'g'risi.Nima kerak edi 3 soat bo'lmasa abituriyentlarni umidvor qilib.O'tgan yilda ham ko'p bo'lardi bu kabi muammolar.Hammasi yaxshi o'tsinda ish qilib!
mr. Anvar
Yahshi, bu yerda turli xil fikrlar muhokama qilinmoqda. Nazarimda...Tarix, ona tili adabiyot kabi fanlar dan berilgan har bitta savolga 2 daqiqa ko'p, lekin fizika, matematika va kimyolar uchun yetarli emasdek ! Biroq nima bo'lganda ham biz o'sha berilgan 2 soat davomida barcha topshiriqlarni tugallay olsa bo'ladi.... qo'shimcha yana 30 minut berish juda katta rol bajarmaydi...shu vaqtdan foydalanib bir nechta qiyin masalalarni chiqarish mumkindir biroq o'ylanki bu masalalarni boshqalar ham chiqaryapti...shu sababli kim tezroq, teranroq va puxtalik bilan yondashsa o'sha o'yin taqdirini hal qiladi,shuningdek, ikkita fan uchun bu juda ham ko'p!
Keyingi masala- matematikadan misol ishlash uchun beriladigan qoralamalar miqdori ! Haligacha eslayman 2018 yil UZEXPO ko'rgazmalar zalida JAHON IQTISODIYOTI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETIGA imtixon topshirish vaqtida bizga nazoratchilar qoralama berishdan VOZ KECHISHGANDI!!!! Qayerga ishlaymiz degan savolga " Ana , savollar kitobida YAAARRRRIM VAAARRRAQ BO'SH JOY BOR ! O'SHA YERGA ISHLAAAA! " deb javob qaytarishgandi...( Xudoga ming shukrlarki Bizning matematika o'qituvchimiz yozmasdan turib, misol ishlash qobiliyatimizni shakllantirgan edi ! "imtixonda har xil vaziyatga TAYYOR BO'L! " deb) Lekin shunda ham ancha mushkul bo'lgan yarim varaqni amallash....
Xushnud aka hammaga gaplarizga qo'shilaman. Aslida chin bilimli bola bo'lsa 60 ta savolni 80-90 minutga obormaydi. Bu aniq. Barchaga muvafaqqiyat tilayman. Omad emas. U yo'q. Qandaydir kuchsizlar o'ylab topishgan uni. O'qigan abituriyentgina talaba bo'ladi nasib. Rahmat. Ha aytganchga oxiridagi gap zo'r chiqibdi: "So'z sizga"😃. To'ylarda aytib qo'yadi-ku😊. Sizga ham rahmat Xushnud aka.
Show next 100 comments