Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 100 more comments
Bu holat Matematika/Fizika oʻqiydiganlarga ancha-muncha taʼsir qiladi.Bu aniq ,negaki bu fanlar testlarini yechish nisbatan koʻproq vaqt takab qiladi va shuningdek boshqa bloklardan farqli ravishda shu yoʻnalishdagilar 3 ta blok boʻlganda asosan birinchi va ikkinchi bloklarni oʻqishgan va uchinchi blokni tavakkal belgilashar edi .Man oʻzimning yoʻnalishim umuman boshqa, ustiga ustak bu yil topshirmayman ham ammo bu menimcha ozgina kam vaqt va hech boʻlmasa 2.5 soat berish kerak edi.
Man qo'shilaman Hushnud Akani fikriga hozr 3soat bolsa Masalan birinchi smen 7da boshlanadaigon bo'lsaham hamma 7ga ytib kelomidi 8ga cho'zilib ketadi kiyin 11da tugedi ungicha kunham isib ketadi abiturientlataga isuda miyaham yaxshi ishlamidi deb oylayman agar o'qigan abiturient bo'lsa 2soatham yetadi 60ta savolga,tori aniq fanlarga bazi savolariga kop vaqt olishi mumkun, Lekin o'tgan yili sodda misollarham kop bo'lgan u savollar o'qigan abiyurientga 30sekuntham ketmidi.
Ibroimjonova Go'zal
Hammasi haqoniy bòlyapti. Bu yildan hamma fan oson bòldi deyapti InShaAlloh bilimi bor insonlarni barchasi insititutga kiradi. Doimo DTM to'g'ri yo'lni tanlagan. Hammaga omad yor bo'lsin.
Xushnud akani gapi 100% toğri ikki soat kam vaqtmas hamma abuturintlarga omad tilayman
Хозир ёзку 6:00бошласа хам етиб боради хамма менимча
Nasimov Valixon Abdullayevich
Kim dtmga savol yoʻllashni biladi jonli efirda savol yoʻllediku kimdir bilsa etib yuborsin
Hayot hali oldinda!!!!
Shaxsan meni fikrimcha 2soatda ulgursa bo'ladi!Biologiyaga yarim soat sarflasak ham qolgan vaqt kimyoni bajarish va titulni bo'yash uchun yetarli!Nolimaylik azizlar! Omadimiz va bilimimiz bilan talaba bo'lamiz inshaalloh!!!
Xushnud akani gaplariga 100% foiz qoshilaman chunki mendan katta abituriyent akalarim qanday qiyinchkiklar bilan ishlab student bolganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. keyin esa davlat hech qachon o‘z abituriyentlariga nisbatan ayniqsa kelajak yoshlar qo‘lida deb aytilayotdan davrda hech qachon bizga nisbatan adolatsizlik qilmaydi
Hayot hali oldinda!!!!
Vaqt bahona bo'lolmaydi!Talaba bo'lmoqchimisiz demak vaqtni taqsimlay biling!
Mat fizlaga manimcha o'sonlashtirishi mumkun chunki otgan yiliham soda misollar kop bo'lgan 2soat bo'lsa murakabdan kora o'rta va oson misollar ko'p tishishi mumkun bu mani fikrim.
To‘g‘ri gapirdiz hammani imkoniyati teng. Shunday ekan bularni o‘ylamay darsni qilish kk
Xurshidbekning gaplari to'g'ri izlagan inson hamma narsaga imkon topar
Show next 100 comments