Тест синовларида 2 та фанга 2 соат вақт берилиши тўғрими?

Ушбу овозли хабарда бу ҳақда ўзимнинг ўта шахсий фикрларимни билдирганман.

Айрим маълумотлар:

1️⃣ 2018 йилгача

Саволлар сони: 108 та (3 та фан, 36 тадан савол)
Ўйлаш учун: 3 соат
Бўяш учун: 20 дақиқа
Жами: 200 дақиқа
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 1 дақиқаю 51 сония

2️⃣ 2018 ва 2019 йиллар

Саволлар сони: 90 та (3 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 3 соат (180 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Аввалги йилларга қараганда жами 9 дақиқа вақт қўшиб берилди.

3️⃣ 2020 йил

Саволлар сони: 60 та (2 та фан, 30 тадан савол)
Жами вақт: 2 соат (120 дақиқа)
Битта саволга (ўйлаш + бўяш): 2 дақиқа
✅ Бу йил осон саволлар кўпроқ бўлади.

❗️Чет тилидан имтиёзи бўлса, 1 та фанга 1 соат вақт берилади.


👉 @xushnudbek 👈

1419 comments

Show 100 more comments
Xushnud akani gaplariga 100% foiz qoshilaman chunki mendan katta abituriyent akalarim qanday qiyinchkiklar bilan ishlab student bolganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. keyin esa davlat hech qachon o‘z abituriyentlariga nisbatan ayniqsa kelajak yoshlar qo‘lida deb aytilayotdan davrda hech qachon bizga nisbatan adolatsizlik qilmaydi
Hayot hali oldinda!!!!
Vaqt bahona bo'lolmaydi!Talaba bo'lmoqchimisiz demak vaqtni taqsimlay biling!
Mat fizlaga manimcha o'sonlashtirishi mumkun chunki otgan yiliham soda misollar kop bo'lgan 2soat bo'lsa murakabdan kora o'rta va oson misollar ko'p tishishi mumkun bu mani fikrim.
To‘g‘ri gapirdiz hammani imkoniyati teng. Shunday ekan bularni o‘ylamay darsni qilish kk
Xurshidbekning gaplari to'g'ri izlagan inson hamma narsaga imkon topar
Бобонов Б
Менимча ДТМ хамма томонини хисобга олган,чунки 4 даражали мураккаб саволларни олиб ташлаб,3 даражали урта мураккаб саволларни 6 тага камайтирди, содда ва мураккаблиги 2 даражали саволларни 12 тадан килдик дийишдику
mr. Anvar
Xushnudbek aka, menimcha TRANSPORT MASALASUINI HAM OLIB CHIQISH KERAK, HAR YILI MINGLAB ABITURIENTLAR BUNDAN QATTIQ AZIYAT CHEKISHADI . SHAXSIY MASHINASI BORLAR BOR, YO'QLAR BOR... BARCHA AVTOBUS, METRO VA MARSHRUTKALARGA TO'LIQ HARAKATLANISHGA IJOZAT BERISH LOZIM! HAMMA BILADI TAKSILARNING NARXI OSMON BARAVAR BO'LIB KETADI BU DAVRDA.
Нурматова О
Хушнудбек , аввало, Ассалому алайкум. Сизга мени ва бизга ухшаганларни уйлантираётган А д о л а т хакида саволим бор. Набира кизим мактабни олтин медалга битирди , хурсанд булдик. Нима учун давлат имтиёзи медал олганларга йук. Шу масалани А д о л а т тарозусига куйиб уйлаб куриш керак, менимча. Максуда Ворисовадан хурсанд булиб натижа кутган эдик. Натижа йук . Демокчиманки , медалчиларга озрок булса хам имтиёз берилса, Адолат буларди.
Vaqt masalasiga nisbatan meni fikrim bazi bir savollarni o'qigandayoq o'zi javob chiqadi faqat o'sha savol un o'qishga vaqt ketadi xolos bir nechta shunday savollar bo'lsa ancha vaqt tejaldi degani
Нурматова О
Биз оддий инсонлармиз, мелиса хам военнийлар хам йук. Уларга берилганда нега яхши укиганларга берилмайди? Жинси, мавкейидан катий назар хамма тенг хукукли деган конун бор-ку? Сиздан ижобий жавоб кутиб коламан.
Nazariy fanlarni belgilab ishlasa buladi lekin aniq fanlarni ishlash qiyin🧐🤔☹️
assalomu alekum avvalambo hozr aytilvottiki issiqda 2 soat yoki boshqa sabablar bilan ikki soat deyildi menimcha bu notogri narsa hozirda jazzirama issiqda oftobda otirganlar ham koop 2 3 soatga oftobda otirsek olib qolmimiz qolaversa imtixon vaqtida hayajon boladi bundan tashqari hozir pandemiya vaqtida bu ikki barobar ortadi karantin tufayli hech kim kongildagidek tayyorlana olgani yoq shuning uchun ham vaqtni 2.5 soat yoki 3 soatga chozish kere
Assalomu aleykum bu vaqt Fizika, Matematikaga kamlik qiladi boyagani 30daqiqa bersin hech bolmasa.
O'ktam
Салом Хушнудбек. Иккинчи таълим сайти ишламаяпти. Ким назорат қилади. Кимга мурожаат қилсамбўлади. Ёрдам бериворинг.
Xushnudbek aka man siz tarafgaman hamma aytganlariz to'g'ri faqat Kuzatuv Va Kamera larni kuchaytirish kerak tergovlarni ham Ishqilib shular yaxshi bo'lsa bo'ldi.
assalomu alaykum hammaga.Vaqt masalasiga keladigan boʻlsak menimcha hech boʻlmaganda 20 daqiqa boʻyash uchun qoʻshib berilishi kerak.Boʻyash ham kop vaqt oladi.Vaqt kamligi uchun shoshib javoblar varaqasini buzib qoʻyishi mumkin xato belgilab qoʻyishi mumkin shu tomonlarini ham hisobga olish kerakku.Bilimi bor bola shoshilib vaqt kamligi uchun javoblar varaqasini buzib qoʻysa yoki xato boʻyab oʻqishga kirolmasayu lekin poraxurlarni orqasidan boyi bolasi kallasida hich narsa boʻlmasa ham pul bilan kirib oʻqib yursa shu adolatmi???bundan tashqari oʻqishga topshirmidigan noo oʻzlaricha bemalol yetadi ikki soat deyayotgan aqllilarga gapim.Dengizda halokat sodir boʻlganda quruqlikda aqllilar koʻpayadi.DTM ni savolli osonlashtirdi degan gapiga ishonib 2soat bemalol yetadi dimela.Hali kprasila sila oʻylaganchalik oson boʻmidi savollar.Hamma savollar oson boʻlsa oʻrtacha oʻqigan bilan kuchlilar bir xil boʻlib qoladi.Kuchlini olgan yaxshimi oʻrtachanimi ?albatta kuchlini.Ularni ham maqsadi shu qiyin savollar albatta boʻladi.
NIMA BO‘LGANDA HAM O‘QISHGA ENG BILIMLILAR KIRSIN. ANA SHU BILIMLILAR O‘ZBEKISTONIMIZNI RIVOJIGA O‘Z HISSASINI QO‘SHA OLADI. SHUNDAGINA BOLLARIMIZ ROSSIYAGA ISHLAGANI BORMAYDI. CHUNKI HAR BIR SOHADA O‘Z ISHINING USTALARI ISHLASA O‘ZBEKISTONIMIZ RIVOJLANGAN DAVLATLARDAN BIRIGA AYLANADI
Show next 100 comments