Яна ўқишни кўчириш бўйича: нафақат тиббиёт, бошқа йўналишлар учун ҳам янгилик бор

Бугун соғлиқни сақлаш тизимида белгиланган минимал 100 баллни тўплай олмаган талабаларга ҳам ўқишини кўчиришга рухсат берилганини айтгандик. Батафсил мана бу ерда.

Шунингдек, Давлат қабул комиссияси қарори билан бошқа йўналишлар учун ҳам янгилик белгиланди.

Унга кўра, ўқишни кўчириш учун ўтказилган онлайн тест синовлари натижаларига кўра, тизимида ОТМлари бўлган вазирлик ва идоралар томонидан белгиланган қуйи баллни тўплай олмаган, лекин 56,7 балл ва ундан юқори балл тўплаган талабаларнинг ўқишини уларнинг аризаларига мувофиқ – Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тизимидаги ОТМларнинг тест топширилган фанлар мажмуаси ва ундаги фанлар кетма-кетлиги бир хил бўлган (2020/2021 ўқув йили қабулига мувофиқ) бакалавриат таълим йўналишларига кўчиришга рухсат берилди.

Бу нима дегани?

Мисол учун, Адлия вазирлиги тизимига кирадиган Тошкент давлат юридик университетга ўқишни кўчиришда минимал балл 100 балл қилиб белгиланган. 100 баллдан кам тўплаганларга ўқишни кўчиришга рухсат берилмади. Энди янги қарор билан 56,7 баллдан кўп, аммо 100 баллдан кам тўплаганларга ҳам имконият берилмоқда.

Энди ўша талабалар Олий ва ўрта махсус тизимига кирадиган бошқа ОТМларга ўқишини кўчиришлари мумкин. Бунда фанлар кетма-кетлиги бир хил бўлган йўналишларга рухсат берилади. Ҳозирги мисолимизда, айтайлик Қорақалпоқ давлат университетининг Юриспруденция йўналишига кўчиришлари мумкин.

Қаерга ариза топшириш керак?

Бунда, талабгорларнинг дастлабки танлаган ОТМ бўйсунадиган вазирлик ва идораларга ариза топширилади, улар умумлаштириб Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигига тақдим этади. Яъни ТДЮУга ўқишни кўчириш учун ариза топширганлар Адлия вазирлигига ариза топширади, Дипломатия университетига ариза топширганлар Ташқи ишлар вазирлигига ва ҳ.к.

Қайси ОТМ қайси вазирлик тасарруфида эканлигини мана бу ердан кўриб олишингиз мумкин:
https://t.me/xushnudbek/6168

ЭСЛАТМА:

➖
бу янгилик фақат ўқишини кўчириш учун 5 августга қадар transfer.edu.uz сайти орқали ариза юборган ва онлайн тест синовларига кириб чиққан талабаларга тааллуқли;

❗️ жорий йилда абитуриент сифатида ўқишга ҳужжат топширган ва тестдан йиқилганларга бунинг алоқаси йўқ!

➖ ҳозир қайсидир ОТМда талаба сифатида ўқиётган ва бугунги хабардан кейин бирдан ўқишини кўчиришни хоҳлаб қолган талабаларга ҳам бунинг алоқаси йўқ.


👉 @xushnudbek 👈

356 comments

Show 100 more comments
Xolmatov Muxriddin
Man 1 kursman fevraldan boshqa yonalishga kochirsam bolaadi yoki 2 smestrni tugatganimdan song kochirsam boladimi
Asosan 2-semestr tugagandan boshlab o‘qishga ko‘chirish bo‘yicha ariza yoziladi. Lekin fevralda ham yozsa bo‘lsa kerak.
Assalom allekum Hushnud aka 3 kurslar ham kuchirsa buladimi
Brat 2 kursda qop ketganlayam ko‘chirsa bulami
Avazbek Karimov
O'qishni ko'chirish un qanday qayerga ariza topshiriladi
Biladiganla etvorila , man Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 1-kursman oqishimi Toshkentga kochirmoqchiman prapiskam Toshkentda shunga perevod qvotganimda hich qanaqa muammo bomiydimi yoki manam imtihon topshirib keyn oʻtishim keremi
MENEJER 31 ADILOV X,X
Kunduzgi boʻlimga super kontrakt boʻyicha oʻqimoqchi boʻlganlar belgilangan summani toʻlab sirtqida oʻqisa boʻladimi
Тест 5,6,7 сентябрда ва 15,16 октябрда булган
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar va Xushnudbek aka yaxshi yangilik boʻlibdi hursandmiz.Lekin bir narsadan hafamiz biz oʻzimiz taqsil olayotgan Oliy taʼlim muassasamizning turdosh boʻlmagan yoʻnalishga perevod uchun ariza topshirganmiz yani ichki noturdosh ariza topshirish 4 avgust kuni oʻz nihoyasiga yetgan mana xaligacha javob yoʻq.
Oliy taʼlim vazirligiga ishonch telefonlariga qoʻngʻiroq qilsak ,,Biz hal etmaymiz Vazirlar mahkamasi hal etadi " deb javob berishyabdi Vazirlar mahkamasiga telifon qilsak ,, Arizalarni koʻrib chiqilyabdi ʼʼ deb javob berishyabdi qachon chiqishini aniq ayta olmayabdilar Bizga oʻxshagan bir necha minglab talablar kontrak toʻlashni xam, ananaviy dars boshlansa darsga borishni xam bilmaydilar, Mani shaxsiy fikrimcha JIsmoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunga koʻra ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati 15kundan 30 ish kunigacha bizni ariza topshirganimizga esa 3 oy boʻldi lekin hanuzgacha javob yoʻq Vazirlar mahkamasi murojatlarni koʻrib chiqib javob berishni orqaga sursa boshqa tashkilotlardan nmani kutish kerak ?
Prezidentimiz tomonidan yoshlarni talim tarbiya olishlari uchun qolaversa oliy maʼlumotli mutaxassislar boʻlishlari uchun keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda talaba mayli talim yoʻnalishi tanlashda adashibdi yoki boshqa mutahasislikga mehri oshib oʻsha boshqa yoʻnalishda tahsil olib yurtimiz manfaatlari uchun oʻz hissasini qoʻshmoqchi. Ekan mayli bir bor imkoniyat berilsa boʻlmaydimi? Biz ham chet eldan perevod qilganlarga oʻxshab test topshirishga xam rozimiz.
Xurmatli Xushnudbek aka sizdan bir necha minglab talaba yoshlar nomidan iltimos qilaman shu masalani OAV keng muhokama qilinishini va vazirlik tomonidan bizni perevod masalamiz xam ijobiy xal etilishi uchun imkoniyat darajasida yordam berishingizni iltimos qilaman.Oldindan oʻz minnatdorchiligimni bildirib shaxsiy va mehnat faoliyatizga ulkan zafarlar tilab qolaman .
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizga savolim bor edi iltimos qaysi yunalishda xabarlashsak boʻladi?
Мунаввар Тухтабоева
Assalomu aleykum men bu yil 3 August kuni trans.edu.uz orqali online ariza yuborganman lekin haligacha javobi chiqmadi qanday bilsam bóladi
Aлпамыс
Бир ОТМ ичидаги нотурдош таълим йуналишларининг перевод жавоби қачон чиқади?
*
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar va Xushnudbek aka yaxshi yangilik boʻlibdi hursandmiz.Lekin bir narsadan hafamiz biz oʻzimiz taqsil olayotgan Oliy taʼlim muassasamizning turdosh boʻlmagan yoʻnalishga perevod uchun ariza topshirganmiz yani ichki noturdosh ariza topshirish 4 avgust kuni oʻz nihoyasiga yetgan mana xaligacha javob yoʻq. Oliy taʼlim vazirligiga ishonch telefonlariga qoʻngʻiroq qilsak ,,Biz hal etmaymiz Vazirlar mahkamasi hal etadi " deb javob berishyabdi Vazirlar mahkamasiga telifon qilsak ,, Arizalarni koʻrib chiqilyabdi ʼʼ deb javob berishyabdi qachon chiqishini aniq ayta olmayabdilar Bizga oʻxshagan bir necha minglab talablar kontrak toʻlashni xam, ananaviy dars boshlansa darsga borishni xam bilmaydilar, Mani shaxsiy fikrimcha JIsmoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunga koʻra ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati 15kundan 30 ish kunigacha bizni ariza topshirganimizga esa 3 oy boʻldi lekin hanuzgacha javob yoʻq Vazirlar mahkamasi murojatlarni koʻrib chiqib javob berishni orqaga sursa boshqa tashkilotlardan nmani kutish kerak ? Prezidentimiz tomonidan yoshlarni talim tarbiya olishlari uchun qolaversa oliy maʼlumotli mutaxassislar boʻlishlari uchun keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda talaba mayli talim yoʻnalishi tanlashda adashibdi yoki boshqa mutahasislikga mehri oshib oʻsha boshqa yoʻnalishda tahsil olib yurtimiz manfaatlari uchun oʻz hissasini qoʻshmoqchi. Ekan mayli bir bor imkoniyat berilsa boʻlmaydimi? Biz ham chet eldan perevod qilganlarga oʻxshab test topshirishga xam rozimiz. Xurmatli Xushnudbek aka sizdan bir necha minglab talaba yoshlar nomidan iltimos qilaman shu masalani OAV keng muhokama qilinishini va vazirlik tomonidan bizni perevod masalamiz xam ijobiy xal etilishi uchun imkoniyat darajasida yordam berishingizni iltimos qilaman.Oldindan oʻz minnatdorchiligimni bildirib shaxsiy va mehnat faoliyatizga ulkan zafarlar tilab qolaman .
Menimcha bu fikrdagilar aytganlaridek ko‘pchilikni tashkil qiladi
Рустамова Ирода Рахматуллаевна.
Assalomu alaykum biz bugun chiqqan òqishni kòchirish uchun chiqqa qonunni tushunmadik. U qonun kimga aloqador . Men xozr 1 kursman 81.6bal bk TKTIYF Oziq ovqat texnologiysiga oqishga kirdim. Bu qarordan men ham foydalana olamanmi. Oldindan raxmat kattakon.
Qarorni chiqarishga chiqaradida lekin hech qayerdan malumot maslahat olib bo‘lmaydi
Assalomu alaykum men 2- kursman o'zim yashaydigan viloyatdan boshqa viloyatda o'qiyman, 1- semestrdan song perevod qilsam boladimi, menga sal og'irlik qilyapti, uzoqda o'qish sababi oilada 2 ta kontarkt oqiymiz
Show next 100 comments