Яна ўқишни кўчириш бўйича: нафақат тиббиёт, бошқа йўналишлар учун ҳам янгилик бор

Бугун соғлиқни сақлаш тизимида белгиланган минимал 100 баллни тўплай олмаган талабаларга ҳам ўқишини кўчиришга рухсат берилганини айтгандик. Батафсил мана бу ерда.

Шунингдек, Давлат қабул комиссияси қарори билан бошқа йўналишлар учун ҳам янгилик белгиланди.

Унга кўра, ўқишни кўчириш учун ўтказилган онлайн тест синовлари натижаларига кўра, тизимида ОТМлари бўлган вазирлик ва идоралар томонидан белгиланган қуйи баллни тўплай олмаган, лекин 56,7 балл ва ундан юқори балл тўплаган талабаларнинг ўқишини уларнинг аризаларига мувофиқ – Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тизимидаги ОТМларнинг тест топширилган фанлар мажмуаси ва ундаги фанлар кетма-кетлиги бир хил бўлган (2020/2021 ўқув йили қабулига мувофиқ) бакалавриат таълим йўналишларига кўчиришга рухсат берилди.

Бу нима дегани?

Мисол учун, Адлия вазирлиги тизимига кирадиган Тошкент давлат юридик университетга ўқишни кўчиришда минимал балл 100 балл қилиб белгиланган. 100 баллдан кам тўплаганларга ўқишни кўчиришга рухсат берилмади. Энди янги қарор билан 56,7 баллдан кўп, аммо 100 баллдан кам тўплаганларга ҳам имконият берилмоқда.

Энди ўша талабалар Олий ва ўрта махсус тизимига кирадиган бошқа ОТМларга ўқишини кўчиришлари мумкин. Бунда фанлар кетма-кетлиги бир хил бўлган йўналишларга рухсат берилади. Ҳозирги мисолимизда, айтайлик Қорақалпоқ давлат университетининг Юриспруденция йўналишига кўчиришлари мумкин.

Қаерга ариза топшириш керак?

Бунда, талабгорларнинг дастлабки танлаган ОТМ бўйсунадиган вазирлик ва идораларга ариза топширилади, улар умумлаштириб Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигига тақдим этади. Яъни ТДЮУга ўқишни кўчириш учун ариза топширганлар Адлия вазирлигига ариза топширади, Дипломатия университетига ариза топширганлар Ташқи ишлар вазирлигига ва ҳ.к.

Қайси ОТМ қайси вазирлик тасарруфида эканлигини мана бу ердан кўриб олишингиз мумкин:
https://t.me/xushnudbek/6168

ЭСЛАТМА:

➖
бу янгилик фақат ўқишини кўчириш учун 5 августга қадар transfer.edu.uz сайти орқали ариза юборган ва онлайн тест синовларига кириб чиққан талабаларга тааллуқли;

❗️ жорий йилда абитуриент сифатида ўқишга ҳужжат топширган ва тестдан йиқилганларга бунинг алоқаси йўқ!

➖ ҳозир қайсидир ОТМда талаба сифатида ўқиётган ва бугунги хабардан кейин бирдан ўқишини кўчиришни хоҳлаб қолган талабаларга ҳам бунинг алоқаси йўқ.


👉 @xushnudbek 👈

356 comments

Show 100 more comments
*
Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar va Xushnudbek aka yaxshi yangilik boʻlibdi hursandmiz.Lekin bir narsadan hafamiz biz oʻzimiz taqsil olayotgan Oliy taʼlim muassasamizning turdosh boʻlmagan yoʻnalishga perevod uchun ariza topshirganmiz yani ichki noturdosh ariza topshirish 4 avgust kuni oʻz nihoyasiga yetgan mana xaligacha javob yoʻq. Oliy taʼlim vazirligiga ishonch telefonlariga qoʻngʻiroq qilsak ,,Biz hal etmaymiz Vazirlar mahkamasi hal etadi " deb javob berishyabdi Vazirlar mahkamasiga telifon qilsak ,, Arizalarni koʻrib chiqilyabdi ʼʼ deb javob berishyabdi qachon chiqishini aniq ayta olmayabdilar Bizga oʻxshagan bir necha minglab talablar kontrak toʻlashni xam, ananaviy dars boshlansa darsga borishni xam bilmaydilar, Mani shaxsiy fikrimcha JIsmoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunga koʻra ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati 15kundan 30 ish kunigacha bizni ariza topshirganimizga esa 3 oy boʻldi lekin hanuzgacha javob yoʻq Vazirlar mahkamasi murojatlarni koʻrib chiqib javob berishni orqaga sursa boshqa tashkilotlardan nmani kutish kerak ? Prezidentimiz tomonidan yoshlarni talim tarbiya olishlari uchun qolaversa oliy maʼlumotli mutaxassislar boʻlishlari uchun keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda talaba mayli talim yoʻnalishi tanlashda adashibdi yoki boshqa mutahasislikga mehri oshib oʻsha boshqa yoʻnalishda tahsil olib yurtimiz manfaatlari uchun oʻz hissasini qoʻshmoqchi. Ekan mayli bir bor imkoniyat berilsa boʻlmaydimi? Biz ham chet eldan perevod qilganlarga oʻxshab test topshirishga xam rozimiz. Xurmatli Xushnudbek aka sizdan bir necha minglab talaba yoshlar nomidan iltimos qilaman shu masalani OAV keng muhokama qilinishini va vazirlik tomonidan bizni perevod masalamiz xam ijobiy xal etilishi uchun imkoniyat darajasida yordam berishingizni iltimos qilaman.Oldindan oʻz minnatdorchiligimni bildirib shaxsiy va mehnat faoliyatizga ulkan zafarlar tilab qolaman .
Menimcha bu fikrdagilar aytganlaridek ko‘pchilikni tashkil qiladi
Рустамова Ирода Рахматуллаевна.
Assalomu alaykum biz bugun chiqqan òqishni kòchirish uchun chiqqa qonunni tushunmadik. U qonun kimga aloqador . Men xozr 1 kursman 81.6bal bk TKTIYF Oziq ovqat texnologiysiga oqishga kirdim. Bu qarordan men ham foydalana olamanmi. Oldindan raxmat kattakon.
Qarorni chiqarishga chiqaradida lekin hech qayerdan malumot maslahat olib bo‘lmaydi
Assalomu alaykum men 2- kursman o'zim yashaydigan viloyatdan boshqa viloyatda o'qiyman, 1- semestrdan song perevod qilsam boladimi, menga sal og'irlik qilyapti, uzoqda o'qish sababi oilada 2 ta kontarkt oqiymiz
chet davlatidan oqishni kochirmoqchi bolsak med yonalishida56.7ball bilan mumkin boldimi .Shunarsiz qaror toliqro malumot berilar qanday kimlar uchun....
Assalomu alaykum men ham shu fikrga qo'shilaman. Men ham ichki noturdosh yo'nalishga perevod qilganman. Lekin haligacha javoblar chiqmadi. Nima qilishimizni bilmayabmiz. Shu masalani ham aniqlashtirishga yordam bering. Oldindan rahmat
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men hozida Qirg'izistonning O'sh davlat universiteti, stomatologiya fakulteti 1-kurs talabasiman o'qishni 2-semestrdan O'zbekistonga "перевод"qilsa bo'ladimi?
Oltinoy
Menimcha bugungi masalani kopchilik chunmagan, hammasini bitta golos qilib chuntirib bersez bòlarkan Xushnudbek aka
Farmasevtika institutiga perevod qilgandim javobini qanday bilsam boladi chiqmayapti yordam bering
Yiqilganlar foydalana oladimi bu imkoniyatdan va qayerga murojat qiliwimiz kk wuni chuntirib bersangiz iltimos
Nargiza
Августта топширган болсам жавоби чикмаган болса бошкаттан яна топширса боладими? Хотя бы 2 курс битирганда
O'zbekistonda shunaqa qarorlar chiqadiki qoyil qolasan odam.o'zimizni abituriyentarimiz 160 ball bn ham tibbiyot oliygohiga kirolmadi.bechoralar.lekin hich qancha bilimga ega bolmaganlar tibbiyot oliygohida talaba bolishadi.Qoyil.yana gap ketsa bizning tibbiyotimiz qulab yotibdi yoki boshqa sohamiz ham qulagan deb aytishadi.vaqtida togri qaror qabul qilishsa edi bunaqa vaziyatlar bolmaydi.odam hayotini ham o'yinchoq qib tashlashdi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz sogʻliklariz yaxshimi
Aka turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishni koʻchirish natijasi eʼlon qilinmayapti
Bazi OTM lar allaqachon eʼlon qildi.
Sirtqidan kunduzgiga perevodimiz javobi chiqmayabdi. Bu bitta mening muammoyim emas bu koʻplab talabalar koʻplab insonlar muammosi
Biz na 16-noyabrdan oʻqishga borishni va na kontrakt toʻlovini hal qila oldik.
Sizdan iltimos iltimos shu masalaga huquqiy baho bersanggiz.
Bilimlilar qolib ketib.dadajonisini puliga oqib yurganlar yana kelib ozbekistonda tibbiyot oliygohida talaba bolishadi.yiglagim keladi.roosti shu qarorlarga bazi bir "LIGOTALARGA"
Хушнуд ака иккинчи ОТМ мутахасисликдан медга топширса имтихон буладими ёки сухбат буладими келаси йилида
Khakimov 12395480
Assalomu alaykum. Men 2-kursman . Uzbekistan ichida Bir yònalishdan boshqa (noturdosh) yònalishga òqishni kòchirish uchun 5-avgustgacha topshirganman, lekin hali ham ariza na qabul qilindi yoki qilinmadi aniq javob chiqmayabdi .
Qachonlarga chiqib qoladi
Assalomu alaykum qaror namuncha tushunarsizroq ayniqsa oxirgi 3 istisnolarni berilgan joyga umuaman tushunmadim qaytadan sal odiyroq qilib tushuntirishni iloji bormikan bu qaror chetdan Òzbekistonga perevod qilmoqchi bòganlargami
Hurmat talabalar qachon imtihon bo‘lgandi. Turdosh bo‘lmagan shakillargaa
Show next 100 comments