​​Ўзбек халқи учун қонли кун

Бундан 82 йил олдин айни шу куни, яъни 1938 йил 4 октябрь - Ўзбекистон тарихидаги энг қайғули ва қонли кунлардан бири. Сабаби ўша куни манфур Сталин қатағонининг навбатдаги йирик сериясига старт берилди.

СССР Олий суди Ҳарбий коллегиясининг сайёр йиғилишларида ўзбек халқининг энг олди маърифатпарварлари, зиёлилари, олимлари ва давлат арбобларига ҳукм ўқилди ва уларнинг аксарияти отиб ташланди.

Жумладан, 4 октябрь куни Абдулла Қодирий, Абдулҳамид Чўлпон, Абдурауф Фитрат каби эл ардоғидаги шоир ва ёзувчилар, Ғози Олим Юнусов, Қаюм Рамазон, Отажон Ҳошимов, Мажид Қодиров, Зиё Саидов каби адабиётшунос олимлар, биринчи ўзбек кинорежиссёри ва фотографи Худойберган Девонов отувга ҳукм қилинди. Улар ҳукм чиқарилган куниёқ, 1938 йилнинг 4 октябрида, шошилинч қатл этилди.

Ҳарбий коллегиянинг 1938 йил 4 октябрдан 16 октябргача бўлган сайёр йиғилишларида жами 507 нафар ўзбекистонлик сиёсий маҳбуслар устидан ҳукм чиқарилди. 1934-38 йилларда Ўзбекистондан 40 минг нафардан ортиқ инсонлар қатағон қилинди. Шуларнинг 730 нафари «халқ душмани» сифатида отиб ташланди.

Ватан ва миллат учун жон фидо қилган ўзбек халқининг буюк фарзандлари хотираси олдида бош эгайлик. Охиратлари обод, руҳлари шод бўлсин! Илоҳим, бундай кунлар бошқа ҳеч қачон қайтиб келмасин.

P.S.: Суратда Абдурауф Фитратни ўлимга ҳукм қилиш ҳақидаги ҳукм акс этган. Ҳукмга эътибор қилсангиз, унинг 5 октябрда расмийлаштирилганини кўриш мумкин. Яъни ўзбек зиёлилари аввал 4 октябрда отилиб, эртаси куни уларга ҳукм расмийлаштирилган.


👉 @xushnudbek 👈

262 comments

Show 100 more comments
Шохжахон
Хушнуд ака кайта кайтв язяпман 57.7 балл б.н 100 бални ортасида канча билимлилар такдири ятибди ОЙЛАБ КОРИНГ ОЗИНГИЗНИ АБУТУРЕНТЛАРНИНГ ОРНИГА КОЙИБ КОРИНГ 1 БАЛИ УЧУН ШУНЧА ПУЛ ТОЛАЙДИ ИЛТИМОС 10 БАЛДАН ЮКОРИ СУПЕР ТОЛАСА ЯХШИ БОЛАРДИ
Madina
Assalom alekum Xushnudbek aka. Qozogistonga öqiwga topwirgandm endi 2yilil toshkendigi institutlarga perevod qvotganimda imtihon bösa qanaqa tartibda böladi maksimal Ball belgilinadimi yoki suhbat asosida böladimi.Iltimos shu masalaga ozgina oydinlik kiritib Bering. Oldindan rahmat
Naima Suyunova
Institutlar rasmiy kanallarda berilgan hujjatlar ro'yxatidan tashqari yana ko'plab hujjatlarni so‘rashyapti, shu ro'yxatni to‘g‘ri qilib chiqarishsa bo‘lmaydimi-a, hamma ikki martadan borib kelib , sarson bo'lyapti, uzoqdan kelganlar bor axir.
Qachon bir ish chala emas, to‘liq bajariladi o‘zi.
Shoxjaxon akani fikrlariga qo'shilaman iltimos Xushnudbek aka pedagogika bo'la turib nega superga 12 baravar to'lashimiz kerak. Iltimos sizga ishonamiz 8 barobarli deb xursand bo'lgandim. Iltimos Xushnudbek aka menga xam 12ball yetmayapdi. Ona tilini ham 8 barobarlik qilishsin. Undan yuqori bo'lsa qiz bolamiz qishloq joyda turamiz undan ortiq to'lashmaydi biza tomonda. Iltimos Xushnudbek aka. Shuni ham o'ylab ko'rizla. Javobingizni intizorlik bilan kutaman.😞
Xushnudbek aka ko'p marta kamentaryaga yozyapman. Raxmat shuncha yengilliklar kiritishga qo'l urdingiz. 5 oygina tayyorlanib 113 ball to'pladim. Shu filalogiya ham pedagohikaga kiradiku. Super qilamiz deb 8 barobar ekan deb uydagilarni xilla ko'ndirgan edik. 12 barobar deb yozilgan ekan filalogiya va tillarni o'qitishda. Iltimos sizdan bilimimni xali xammaga ko'rsataman o'qishga ishtiyoqim katta. Shu yil topshirasan bo'ldi deyishgan uyimdagilar. Iltimos Xushnudbek aka. Xech bo'lmasa 50-55 milyonlar atrofi qilib belgilansin superlar 12 ball yetmayapdi. Iltimos. Shu gaplarimni yaxshilab o'ylab ko'ring. Javobingizni kanalingizda kuzatib boraman. Avvaldan katta raxmat.
Behruz aka bu mani gaplarim 1 kunda xal bo'ladigan gap emasda.mayli qancha o'ylashsa ham xalqni sharoitini ham sal tushunishsa bo'ldi. 2 ta fandan 113 ball olaman deb o'ylamagan edim. Ollohga shukur. Iltimos Xushnudbek aka superlarni yana ozroq yengillashtirishni iltimos qilib qolgan bo'lardim. 50 milyondan to'lagan taqdirimizda ham 10-12 ball yetmagani uchun. 50 milyondan 10 ta abiturentniki 500 milyon bo'ladi. Xaliku 10 ta. Davlat budjeti ham tezlikda yaxshilanardi. Iltimos Xushnud aka biz qizlarni ham tushuning. Javobingizni kutib qolaman. Avvaldan raxmat
Гулноза
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka.Men 13 fevral kuni Prezident qarori asosida Tojikiston davlat pedagogika institutidan hujjatlarimni olib kelib SamDUga topshirgan edim.Haligacha buyruq chiqargan emas.Vazirlik o^rganib, tavsiya etgan, SamDUni o^zi o^rgandi bazada qoniniy chiqdi.Nima emish, sentabrda pasportda kirdi chiqdi yo^q emish.Xush , unda nega boshqa biror bir institut bunday qilmadi?Nega boshidan shuni aytmadi.Biz sakkiz oydirki,buyruq kutamiz,chunki, sizlarni ro^yxatingiz vazirlikka tashlangan,ular hal qiladi,deyishib cho^zib kelmoqda.Bu gapni ham yaqinda avgustni oxirlarida aytdi.Endi biz yozgi sessiyani hech qayerda yopolmaganmiz.Bu yog,^i nima bo^ladi? Tushunmay qoldik. Nima maslahat berasiz?Avvaldan rahmat.
Yaxshimisiz izlanishdan aslo toxtamang.sizdan iltimos bitta narsaga aniqlik kiritishda yordaming iz kerak men orta maxsus ma'lumotliman yuqori sinflarga texnologiya fanidan dars beraman muammo shundaki siz orta maxsus ma'lumotli bola turib yuqori sinflarga dars otish mumkin emas si zga oylik tolanmaydi deyishyaptilekin 6ta fan oqituvchilarining oylik maoshi toliq tolanadi deyilganku biz ishga borayapmiz lekin maosh tolanmasa ham oilamizni qanday tebratamiz mana shu boyicha ma"lumot kerak katta bir tumanda orta maxsus oqituvchilar uchun
Odilbek Mamatqosimov
Assalomu alekum Xushnudbek ishlariz yaxshimi. Sizdan Iltimos Telegramda xar xil guruxlarga So‘roqsiz qo‘shib qo‘yayotganlar xaqidagi postizni yana kanalizga jolang. Zora shunaqalarga tasiz qilsa Oldindan raxmat. Ishlarizga omag
Nicola
Salom Nukus pedogogika institutining ishonch telefon raqami ishlamayapti qanday topsa bo'ladi telefon raqamni
Azimova
O.A.SH.
13:27
Assalomu alaykum Xushnud aka meni Ismim Ozoda Azimova. Sizga bir savolim bor. Men shu yil Jurnalistika yo'nalishiga hujjat topshirdim va Qoraqalpoq respublikasida shu yo'nalishga 1 ball yetmadi. Ammo ommaviy axborot vositalari orqali 4 ball gacha yetmaganlar kantrakt asosida o'qishga qabul qilinadi deb e'lon qilinadi. Meni mandatimda esa hali ham o'zgarish yo'q.