❓Ўзбекистондаги бир ОТМдан иккинчи ОТМга ўқишни кўчириш тартиби қандай бўлади?
Энди ўқишни кўчириш пуллик бўлдими?
Ўқишни кўчиришга рухсат этиладиган узрли сабабларга нималар киради?
Исталган йўналишга ўқишни кўчирса ҳам бўладими?
Шу ва шу каби саволларга овозли хабарда изоҳ берилган.
👉 @xushnudbek 👈
Savolim shundan iboratki mazkur qarorga ko'ra endilikda talabalar mos va turdosh bo'lmagan ya'ni o'zi istagan yo'nalishga to'lov kontrakti miqdoridagi mablag'ni to'lab o'qishini ko'chirishi mumkin. Kim kafolat bera oladi ona tili va adabiyot yo'nalishida o'qiyotgan talaba tibbiyot sohasiga o'qishini ko'chirib undan kelajakda yaxshi kadr chiqishiga, yaxshi kadr bo'lishiniku qo'yavering uni shu sohada o'qib keta olishiga. Unda nima keragi bor yo'nalishlarni ajratib imtixon olishni, bilamizki o'tgan 2020-2021 yil uchun magistraturaga qabul qilishda turdosh va turdosh bo'lmagan yo'nalishlarga ham hujjat topshirishga ruxsat berildi va bu qaror bugungi kunga kelib o'zini oqlamadi deb topildi va bekor qilindi. Bu ko'chirishga oid qaror ham magistraturadagi holatning o'zi emasmi nahotki Oliy ta'lim vazirligi rahbarlari shunday oydin aniq narsani anglab yetishmayotgan bo'lishsa bilmadim buni nima deb tishunish kerak.
1) uzrli sababi bólmagan, noturdosh bólgan yónalishlarda ya'ni deylik pedagogika dan tibbiyot yónalishiga ótkazadigan talabgorlar soni kópaysachi ? qabul qanday tarzda ótadi .?
2) masalan: pedagogika 1 kurs talabasi noturdosh yónalish tibbiyot yónalishga óqishini kóchirsa u talaba yangi óquv yilini 2 kurs bólib davom ettiradimi ?
Men oshniy ta'limda 2- kursni arxeologiya yo'nalishida tamomlayapman, shu oy turmushga chiqqanligim uchun , oshniy tartibda o'qishga imkoniyatim va sharoitimda qiynalyapman, shu boisdan o'qishimni sirtqi ta'limga o'zgartirsam bo'ladimi, lekin yo'nalishim bo'yicha sirtqi yo'q, tarix yo'nalishini sirtqisi bor ekan, shu sababli tarix yo'nalishini sirtqisiga ko'chirsam bo'ladimi,??
Javob uchun oldindan raxmat!