❓Ўзбекистондаги бир ОТМдан иккинчи ОТМга ўқишни кўчириш тартиби қандай бўлади?

Энди ўқишни кўчириш пуллик бўлдими?

Ўқишни кўчиришга рухсат этиладиган узрли сабабларга нималар киради?

Исталган йўналишга ўқишни кўчирса ҳам бўладими?

Шу ва шу каби саволларга овозли хабарда изоҳ берилган.


👉 @xushnudbek 👈

3415 comments

Show 100 more comments
Ассалому алейкум.Бу йил Гулистон давлат университетидан Тошкентга перевод кмокчиман.Доимий пропискам Тошкентда.Йошлигимдан буйон ота онам ва укаларим билан Тошкентда истикомат килиб келаман, отамнинг иш жойлари хам Тошкентда. Бошка вилоятда окиш оилавий шароитимизга тогри келмаябти, буни устига укам хам Тошкентда контракт асосида окийди шу сабабдан моддий тарабдан кийналябмиз. Отган йили балим Гулистон давлат университетига тогри келиб колган, шу сабабдан 1чи боскични контракт асосида оша йерда тамомладим.Саволим шундан иборатки, аризада доимий пропискамни, оилавий шароитим кийинлигини ва отамни иш жойларини йозсам бу узурли сабабга кирадими ?
Жавоб учун олдиндан рахмат
Ганишер Розиков
Ассалому алейкум, биз Самарқандда яшаймиз, менинг ўғлим 2020 йил Самарқанд Давлат иқтисодиёт ва сервис институтига имтиҳон топшириб балли етишмади ва 2-йўналиш бўлган Бухоро технология институтига қабул қилинди. Ҳозир 1-курсни тамомлаб практика ўтаяпти. Бошқа вилоятда ўқиш биз учун қийин бўлаяпти, харажатлари кўп. Савол-ўғлимизни Самарқанд ДИСИ га ўқишни кўчириш мумкинми (факултети бир хил - аҳоли ва туристларни озиқ-овқат билан таъминлаш)? Аввалдан рахмат.
DILDORA TURDIYEVA
Assalomu alaykum Xushnudbek meni farzandim Qozogʻistondagi top mingtalikka kirgan universitetda 2- kursda oʻqiydi, ingliz tili yoʻnalishida, imtihonni ingliz tiliga topshirib keyin meditsinaga toʻlov toʻlab keyin perevod qiladimi
Assalomu alaykum menda bir savol bor edi. Uzim JDPI Xorijiy til va Adabiyot yo'nalishida 1-kursni tugatdm. Jahon tillariga perevod olmoqchi edim. Zaruriy sabab bo'lmasa olib pul bilan olinadi deyildi u qancha bo'lishi mumkin? Keyin Ichki ishlar farzandlari va Xotin qizlar legotasi bilan grantda uqiyotgan talaba Grant asosida kuchira oladi deb eshitgandim shu rostmi? O'zi boshqa kuchliroq institutda o'qimoqchi bo'lsa shu sabab bo'la olmaydimi?
Assalomu alaykum Xushnud aka Talabalarning fakultet ya'ni yo‘nalishlarni ko‘chirish tartibi qanday bo‘ladi javob uchun rahmat
Rano Karimova
Ассалому алайкум. Углим УзМУ оила психологияси факультетининг 2 курсини тамомлади. ТДЮУ га переводни амалга оширса буладими? Агар булса нечанчи курсдан кабул булади? Туловни каерга амалга ошириш керак? Каерга ва кимга перевод масаласида мурожаат килиш керак (трансфердан ташкари)
Abdukarimova Sabohat
Assalomu aleykum man QarDU universitetining 2-kurs fizika yònalishini tamomladim. Man òqishimni pedagogika ya'ni boshlanĝich ta'lim fakultetiga kòchirmoqchiman. Tartibi va tòlovi qanday bòlafi. 3-kursdan davom ettiramanmi yokida 2-kursni qayta òqiymanmi? Javob uchun oldindan raxmat
Assalomu alaykum, siz hozir aytdingizku agar pedagogikadan tibbiyotga ko'chirganda 1 martalik to'lov qilinadi deb, ho'p bu joyi tushunarli keyin biz to'lov ham qildik deylik shundan keyin o'sha biz tanlagan Tibbiyot oliygohi xujjatlarni qabul qilmasligi ham mumkinmi?
Olimjonova
Assalomu alaykum men QDU da 2-kursda ôqiyman doimiy yashash joyim Xorazmda bôlganligi uchun UrDUga ôtkazsam bôladimi pul tôlamasdan sabab bõla oladimi bu
Жасур
Хайрли кун дустлар ! Табакалаштирилнан тулов контрактнинг ( супер контрактнинг ) минимал суммаси нечи пул булади?
Assalamu alaykum Xushnudbek aka, savolim quyidagicha: Men tibbiyot magistraturada ôqiyman, farg'onalikman, Toshkentda doimiy propiskada emasman, Zangiota tumanida oilaviy poliklinikada ishlayman. Yaqinda uylandim, turmush ôrtog'im Qôqon davlat pedagogika institutida ingliz tili 3-kursni tugatdi. Turmush ôrtog'imni ôqishini Toshkentga oldimga kôchira olamanmi va nimalar qilishim kk? Javob uchun oldindan rahmat!
Assalomu aleykum Xushnud aka. Men Qarshida TIQXMMI Qarshi filiali EAMM ni birinchi kurs bitiruvchisiman. Men ummuman bu yo'nalishga qiziqmagan xolda o'qishga topshirib kirganman. Lekin o'zim qiziqib yaxshi ko'rib yuradigan yo'nalishim tarixga kirolmaganman. Lekin juda qiziqaman. Siz aytganday turdosh bo'lmagan ya'nikim tarixga ham to'lov qilib o'zimni yo'nalishimdan shunga o'tqazsam bo'ladimi javob uchun rahmat oldindan.
Assalomu alaykum Men Namangan davlat Universitetida oʻqiyman. Yashash joyim, oilam Andijonda. Toʻplagan ballim Andijon davlat Universitetiga yetmay qolgani uchun Namangan davlat Universitetida 1- bosqichni tamomlayapman. Men oʻqishimni koʻchirishimda Namanganda turar joyim yoʻqligi, Andijonlik ekanligim yetarli sabab boʻladimi. Oʻqishni mos va turdosh boʻlgan yoʻnalishga koʻchirmoqchiman!
SH.H.I.H
Assalomu aleykum men Ibrohimov Shahriyorman. Mening savolim quyidagicha edi, ichki o‘qishni ko‘chirishda ya'ni O‘zbekistonning bir oliygohidan ikkinchi oliygohiga o‘qishni ko‘chirganda noturdosh yo‘nalishga o‘qishga ko‘chirsa fanlardan qarzdorlik nima bo‘ladi? Yana kursdan kursga qoladimi yoki o‘zining kursini davom ettira beradimi. Masalan, birinchi kursni yana qaytadan o‘qiydimi yoki ikkinchi kursga o‘tadimi o‘qishni kochirganda?
Bir taklifim ham bor edi oshirilgan kontark o‘rniga ichki perevotda ham imtihonni yo‘lga qo‘ysa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum men Toshkent Davlat Texnika universiteti Termiz filiali EEE fakultetini birinchi kursini yakunladim endi Termiz davlat universitetini informatika yo‘nalishida o‘qishni davom ettirmoqchiman. Men ham to‘lov to‘lab o‘qish joyimni o‘zgartirsam bo‘ladimi, to‘lov summasi qancha bo‘ladi, to‘lovdan keyin ko‘chirishda muammo bo‘lmaydimi? Javobingiz uchun oldindan raxmat
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Qarshi irrigatsiyadan Shahrisabzda ochilgan uqtuvchlikka kuchirsam buladimi uzim shahrisabzda yashayman
Assalom aleykum savolim quydagicha: Men Andijon davlat Tibbiyot institutida 4-bosqichni tamomladim o'qishimni Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko'chirmoqchiman ko'chirishimdan sabab shuki yaqinda Nikoh to'yimiz bo'ladigon edi aynan shu o'qishni ko'chirish bo'yicha aniq bir to'tamga kelolmay to'yni ham to'xtatib turibmiz qizig'i shundaki bo'lajak turmush o'rto'g'im Toshkent tibbiyot akademiyasida o'qiydi men esa Andijonda qizni uydagilari qizimiz Toshkentni bitiradi o'qishini deb Andijonga ko'chirishga ruxsat bermayabtilar shuning uchun men Toshkentga ko'chirishga majburman bunday holatlarda qanday yo'l tutishim kerak. O'qishimni ko'chirsam bo'ladimi bunda menga hech qanday etrozlar yo'qmi? o'zi asli ikkalamizni yashash joyimiz Fargʻonada javob uchun rahmat kattakon sog' boʻlinglar.
Assalomu alaykum Xushnud aka Men taxsil olayotgan fakultetni õzida bir yunalishdan ikkinchi yunalishga õqishni kõchirmoqchi bulsam unga ham pul tulanadimi.Javob uchun oldindan raxmat
Show next 100 comments