❓Ўзбекистондаги бир ОТМдан иккинчи ОТМга ўқишни кўчириш тартиби қандай бўлади?

Энди ўқишни кўчириш пуллик бўлдими?

Ўқишни кўчиришга рухсат этиладиган узрли сабабларга нималар киради?

Исталган йўналишга ўқишни кўчирса ҳам бўладими?

Шу ва шу каби саволларга овозли хабарда изоҳ берилган.


👉 @xushnudbek 👈

3415 comments

Show 100 more comments
Alexandra
Xurmatli Xushnud aka siz doim adolat tarafdori bolgansizku qani oz fikriz ota onalarni ham o'ylang
Assalom alekum Sizga bitta savol bilan Murojat qilmoqchi edim. Hozirgi kundagi ma'lumotlarga qaraganda ChDPIga o'qishni ko'chirsa kontrakt kontrakligicha, grant grantligicha ko'char ekan va boshqa oliygohda grant oqisa ChDPIda kontrakt tolamasdan oqishni davom ettirsa bolar ekan shu gaplar qanchalik to'g'ri shunga aniqlik kiritib bersanggiz iltimos
Ассалому алейкум.Бу йил Гулистон давлат университетидан Тошкентга перевод кмокчиман.Доимий пропискам Тошкентда.Йошлигимдан буйон ота онам ва укаларим билан Тошкентда истикомат килиб келаман, отамнинг иш жойлари хам Тошкентда. Бошка вилоятда окиш оилавий шароитимизга тогри келмаябти, буни устига укам хам Тошкентда контракт асосида окийди шу сабабдан моддий тарабдан кийналябмиз. Отган йили балим Гулистон давлат университетига тогри келиб колган, шу сабабдан 1чи боскични контракт асосида оша йерда тамомладим.Саволим шундан иборатки, аризада доимий пропискамни, оилавий шароитим кийинлигини ва отамни иш жойларини йозсам бу узурли сабабга кирадими ?
Жавоб учун олдиндан рахмат
Assalomu alaykum,sizga savolim shundan iboratki,men Toshkent Davlat Agrar universiteti Termiz filiali 1-bosqich talabasiman,men tibbiyot universitetda perevod qilmoqchi man,berilgan minimal summani tólab ariza yozsam oqishim qabul bóladimi?
Minimal summani qayerga ,qanday tarzda qachondan boshlab tólash kerak?
Javob uchun oldindan rahmat!
Кдырниязов М
Ассалому алейкум. Мен Қорақолпоқ давлат университетининг биология факулттетининг доривор усимликларни етиштириш ва кайта ишлаш технологиялари булимин 1 курсин тугаттим. менинг саволим шуннан иборатки мен укишимни тиббиёт институтининг даволаш иши булимига узгартира оламанми ва 2 курсидан бошлап укийманми
Assalomu alaykum men O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutiga Kutubxona-axborot faoliyati fakultetiga grand asosida o'qishga kirganman. Hozirda 1-kursni tugatdim. Turmush o'rtog'im yashash joyi Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani Kakaydi qo'rg'onida yashaygani sababli o'qishimni TerDU o'zbek filologiyasi fakultetiga ko'chirishni talab qilmoqchiman. O'qishimni Kutubxona-axborot faoliyati fakultetidan o'zbek filologiyasi fakultetiga ko'chira olamanmi ? Kutubxona-axborot faoliyati fakultetida 2-blok fani ona tili va adabiyoti ko'chirmoqchi bulgan yunalishimda esa 1-blok fani ona tili va adabiyoti, o'qishimni ko'chira olamanmi? Shu haqida batafsil ma'lumot bersangiz. Oldindan javob uchun raxmat.
Talabaning o'zi o'qib turgan oliygohda bir fakultetdan boshqasiga ( mos va turdosh bo'lgan) ko'chirish tartibi qanday bo'ladi, bunda xam to'lov qilinadimi?
Qizim Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ing marketing yo'nalishida o'qiydi. O'qishni Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetiga iqtisod fakultetuga ko'chirsak bo'ladimi? O'zimiz Namanganda turamiz, Toshkentda uyimiz bor, lekin propiskamiz yo'q
Илхом Хусанов
Assalomu aleykum ushbu savol javob onlayn chat tashkil etilganidan xursand bo'ldim savolim shundan iboratki men tojikiston Xujand davlat unversiteti talabasiman yashash manzilim Surxondaryo viloyati fakulteti axborot texnologiyasi toshkent turdosh oliygohiga kuchimoqchiman va tabaqalashtirish tulov summasi qancha va qachon tulanadi?
Minimal miqdori nechpul ekan tulovni
Asliddin Rustamov
Assalomu alykum Savolim shuki qushimcha kvota orqali qabul qilingan talabalar 3 ta sababdan birini kursatsa uqishini boshqa joyga kuchira oladima
Tigers1323
Asalomu aleykum o'qishni ko'chirishda qaysi fanlardan imtixon buladi men qirg'iziston texnologiya institutidaa прикладная информатика fakultetida sirtqi bulimida uqiyman oldinda rahmat
Niyazova Nodira
Assalomu alaykum Pedagogika fakulteti ni sirtqi boʻlimdan Tibbiyotga perevod qilsam boʻladimi
Mos va turdosh deganda aynan nimalar e'tiborga olingan, kirish imtixonidagi fanlar o'xshashligimi yoki sohasining o'xshashligimi? Masala: Neft va gazni qayta ishlash ga matematika, kimyo, ona tili fanidan test topshiriladi. Neft va gaz ishi ga matematika, fizika, ona tili fanidan test topshiriladi. Shunda bu ikki yo'nalish mos va turdoshga kiradimi yoki kirmaydimi
Kechki talim shaklidan kunduzgiga koʻchirsa boʻladimi. Kim bilsa javob berib yuboringlar
Assalomu aleykum. Meni savolim shunday.! Men TATU ni Nukus filialida(sirtqida) o'qib 1kursni tugatdim. Doimiy yashash joyim Qarshida. Nukusda o'qiyotgan yo'nalishimdan Qarshi TATU ga huddi yana shu yo'nalishda davom ettirmoqchiman. Shunday vaziyatda nima qilsam bo'ladi. Yoki bu 1chi uzrli sabab ga kiritsa bo'ladimi? Iltimos shu savolni etuborsiz qoldirmang. Bu savol 2chi marta kelyabdi menincha. Tepada ham bor ekan. Kn Kontrakning minimal miqdori u qanday hisoblanadi. Masalan kontarkt 8mln bo'lsa. Javob uchun oldindan rahmat.,
Rustamova Ozoda (106)
Assalomu alaykum.Men Qoraqalpoq davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti 1- bosqich talabasiman.2- kursdan o'qishimni Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakultetiga o'qishimni ko'chirmoqchiman.Uzrli sabab bo'lmasa ham, tabaqalashtirilgan to'lovni to'lab perevod qila olamanmi?
Assalomu alaykum men ozbekiston davlat jahon tillari universiteti maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til va adabiyoti fakultetining 1-bosqich grant talabasiman fakultetimni OTM ni ichida filologiya va tillarni o'qitishda ingliz tili yo'nalishiga o'zgartirmoqchiman ana shunda mening arzirli sababim yo'q shuning uchun men tabaqalashtirilgan minimal kontrakt pulini bir marta to'lasam grantdan grantga perevod ololamanmi? Keyin u to'lov hammasi rasmiy bo'ladimi? To'lagan pulimizga kuyib qomimizmi? Iltimos shu savollarni ham bering.
Qo'shimcha to'lovni hisobiga perevod qilishdagi korupsiyani yo'q qilish mi?
Assalomu aleykum man man Samduda uqiyaman lekin Namanganlikman o'zimizga Namduga ko'chirmoqchidim samarqand uzoqlik qivoti yashash joyim tog'ri kelmasa ham pul to'laymanmi
Show next 100 comments