❓Ўзбекистондаги бир ОТМдан иккинчи ОТМга ўқишни кўчириш тартиби қандай бўлади?

Энди ўқишни кўчириш пуллик бўлдими?

Ўқишни кўчиришга рухсат этиладиган узрли сабабларга нималар киради?

Исталган йўналишга ўқишни кўчирса ҳам бўладими?

Шу ва шу каби саволларга овозли хабарда изоҳ берилган.


👉 @xushnudbek 👈

3415 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Xushnud aka.
Nega o‘qishga kirish imtihonlari shaffof bo‘lyapti -yu perevod qilish faqat pulga taqalyapti. Aytaylik agrar universitetiga o‘qishga kirgan talaba1 kursni tamomlab tibbiyot institutiga minimal miqdorni to‘lab perevod qilsa, yoki milliy g‘oya va ma‘naviyat asoslari,huquq ta'limi yo‘nalishida o‘qiyotgan talaba pulini to‘lab yuridikaga perevod qilib olaversa bunga qanday chidash mumkin.
Dtm puling bo‘lsa perevod qilaver xohlagan yo‘nalishingga degan mazmundagi qarorni chiqarib qo‘yibdi- da .To‘gri puli borlarga 6 yoki 8 million arzimagan puldir. Lekin bizga o‘xshagan o‘rtamiyona aholi qatlamiga bu ozmuncha pul emas. O‘zi biz talaba bo‘lsak bir so‘m pul topmasak ota -onamiz amallab shartnoma pulimizni to‘lashayotgan bo‘lsa endi bu perevodni ham pulli qilib qo‘yilgani biz talabalar uchun juda og‘ir qaror bo‘ldi. Xushnud aka sizga bir iltimosim bor : mana shu perevodni qaysi yo‘nalishga perevod qilmoqchi bo‘lsa o‘sha yo‘nalishning asosiy fanlaridan imtihon o‘tkazib bali yetsa keyin perevod qilsin degan mazmundagi qaror chiqarishsa bo‘lmaydimi?
Hamma narsani pulga taqayvermasdan.
Qani DTM dagi shaffoflik .
Bilimi bor Talaba puli yo‘qligi sabab o‘zi xohlagan yo‘nalishga perevod qila olmaydimi endi.
E‘tibor uchun tashakkur.
°Mohira°
Assalomu alaykum,men hozirda Andijon davlat universiteti 1-bosqich talabasiman, tibbiyot oliygohlaridan yiqilib Biologiya fakultetiga òqishga kirdim,niyatim vrach bolish edi,turdosh bolmagan yònalishga yani ADU dan tibbiyot oliygohlariga kòchira olamanmi,buning uchun nimalar qilishim kerak?javob uchun oldindan rahmat.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men SAMDCHTI da Kechki Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yunalishida uqiyman uqishimni Samdchti ni kunduzgi Xorijiy til va adabiyoti ingliz tiliga ko'chirsam undayam pul tulanadimi shaoitim tug'ri kelmiyabdi kechkida uqishga otam ishsiz ham oilada 2ta kontrakt uqiymiz bitta onamni olgan oyligi 2ta kontrakt pulini tulashga yetmiyabdi
○ ຕ.ຕ.ຕ ○
Talim 0 dan endi ----- minusga qarab ketyabdi qoil qolmasdan ilojimiz yö
Assalomu alekum Xushnudbek aka .Mening savolim shundan iboratki.Men asli Xorazmlikman hozirda Nizomiy nomidagi TDPU Pedogogika va psixologiya yo'nalishida to'lov kantrakt asosida 1-kursida o'qiyman.Hozirgi kunda oilamizda faqat otam ishlaydilar aksiga olib ular ham yil ohiriga borib nafaqaga chiqyabdilar.Shuning uchun keyingi yildan Toshkentda o'qishga moddiy tamondan sharoitimiz yo'q .O'ziz bilasiz bir tarafdan kantrakt ikkinchi tarafdan Kvartirada turish xarajatlari muammo bo'lyabdi.Shuning uchun UrDu ga aynan shu yo'nalishga pervod qilmoqchi edim.Quyidagilar o'qishimni ko'chirishga sabab bo'ladimi.Lekin prezident qarorida 3ta uzurli sabab korsatilgan .Ammo meniki bu sabablarga kirmas ekan. Shu savolimga o'z munosabatingizni bildirsangiz, oldindan katta rahmat.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men SAMDCHTI da Kechki Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yunalishida uqiyman uqishimni Samdchti ni kunduzgi Xorijiy til va adabiyoti ingliz tiliga ko'chirsam undayam pul tulanadimi shaoitim tug'ri kelmiyabdi kechkida uqishga otam ishsiz ham oilada 2ta kontrakt uqiymiz bitta onamni olgan oyligi 2ta kontrakt pulini tulashga yetmiyabdi institutning ichidagi perevodni tilni bilish darjasi bo'yicha imtihon topshirib ko'chirsa bulmaydimi yunalish bir xilku axir hamma fanlardan ham bir xil ustozlar orqali ta'lim berilgan bulsa axir o'zlarining bergan bilimlariga o'zlari ishonishmaydimi yoki
Mohigul Hajiyeva Yusufboyevna
Assalom alaykum Xorazmdanman.ukam Buxoro davlat Universiteti da jismoniy madaniyat yonaliwida òqiydi. Òqiwini Xorazm viloyati Urganch davlat Universiteti jismoniy tarbiya fakultetiga kòchiriw hohlayabdi.Doimiy yawaw joyi Xorazmda.Bu uzrli sabab bola oladimi.Kochiriw uchun qayerga murajaat qiliwimiz kerak.
ассалом алекум ирригатса инситутдан нархозга отмокчидм хали 1 курсман шунга отса боладими йокида бомидими шуни аниклаштрмокчидм жовоб учун олдиндан рахмат)
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men SAMDCHTI da Kechki Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yunalishida uqiyman uqishimni Samdchti ni kunduzgi Xorijiy til va adabiyoti ingliz tiliga ko'chirsam undayam pul tulanadimi shaoitim tug'ri kelmiyabdi kechkida uqishga otam ishsiz ham oilada 2ta kontrakt uqiymiz bitta onamni olgan oyligi 2ta kontrakt pulini tulashga yetmiyabdi institutning ichidagi perevodni tilni bilish darjasi bo'yicha imtihon topshirib ko'chirsa bulmaydimi yunalish bir xilku axir hamma fanlardan ham bir xil ustozlar orqali ta'lim berilgan bulsa axir o'zlarining bergan bilimlariga o'zlari ishonishmaydimi yoki
В.М.Н.
Салом Хушнудбек болам
Assalomualikum man sirtqida 1- kursda oqiman oqishimni fakultetimni ozgartrmasdan kunduziga kochirmoqchiman shunda ham pul tolanadimi qanaqa boladi shu yonalishda ham tushuncha bervorsangiz
1. TDYU yurisprudensiya yo'nalishida grant asosida o'qiyotgan talaba Bojxona instituti yurisprudensiya yo'nalishiga uzurli sabab bilan o'qishini ko'chirmoqchi. Unga ruxsat beriladimi? Bu qaror harbiy oliy ta'lim muasasalariga ham tegishlimi?

2. Noturdosh sababli ham, sababsiz ham, turdosh sababsiz hammasi bir xil miqdorda to'lovni amalga oshirsa, tabiiyki o'tish balli yuqori bo'lgan nufuzli institut yo'nalishlariga o'qishni ko'chiruvchilar soni yuqori bo'ladi, shunda bu institutni qabul parametrlaridan o'qishini ko'chirayotgan talabalar soni ortib ketsa bu vaziyatda nima qilinadi?

3. To'lovni amalga oshirib o'qishini shunchaki sababsiz noturdosh yo'nalishga ko'chirdi deylik, uning akademik qarzdorligi nima bo'ladi? O'zining yo'nalishi va o'qishini ko'chirgan yo'nalishi o'rtasidagi o'tiladigan fanlar farqi 4 tadan oshib ketsa, u bu fanlarni qanday o'zlashtiradi?

4. Bir oliy ta'lim ichida fakultetlararo o'qishni ko'chirishda ham xuddi shu tartib bo'yicha amalga oshiriladimi?

5. O'qishni ko'chirayotgan talabaning uzurli sababi tan olingan 3 ta uzurli sababga mos kelmasa. Misol uchun: SamVMI Toshkent filiali iqtisod yo'nalishida o'qiyotgan talaba TIQXMMI iqtisod yo'nalishiga o'qishini ko'chirmoqchi. Ro'yxatdan o'tish paytida Toshkent shahri deb ko'rsatilgan ammo ma'lum sabablarga ko'ra Toshkent viloyatida o'tgan yili ochilgan bu institut talabasi Toshkent shahrida doimiy ro'yxatda turadi va istiqomat qiladi, shu bois viloyatga qatnash bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotgani sababli o'qishini yashash joyiga ko'chirmoqchi. Bu vaziyatda uning sababi uzurli hisoblanadimi, uning arizasiga rad javobi berilmaydimi yoki u ham to'lovni amalga oshirishi kerakmi?

6. Bu yangi qarordan oldin 1-semestr yakunida xozirda tan olingan 3 ta sababi borlarga o'qishini ko'chirishga ruxsat etilar edi. Qolgan sabablar esa 2-semestr yakunida o'qishini ko'chirishardi. Endi bu 3 ta sababi borlar ham, uzurli sababi bu 3 ta sababga mos kelmaganlar ham, shunchaki to'lovni amalga oshirib o'qishini ko'chirayotganlar ham 1 yilda 2 martta o'qishini ko'chirishga ruxsat beriladimi?

7. O'qishni nechinchi kursgacha ko'chirish mumkin? Misol uchun 1-kursni tugatgan talabaning o'qishini ko'chirish arizasiga rad javobi berildi deylik, keyingi yil 2-kursni tugatib yana qaytadan o'qishni ko'chirishiga ariza topshirsa bo'ladimi?

8. O'qishni ko'chirishda noturdosh sababli ham, sababsiz ham to'lov asosida o'qishini ko'chirishga ruxsat berilishida Tibbiyot yo'nalishilari bundan mustasnomi yoki unga ham o'qishini ko'chirsa bo'ladimi?

9. Turdosh yo'nalishlarga o'qishni ko'chirishda hechqanday imthon bo'lmaydi, fikrimcha sababi kirish imthonlarida bir xil fanlardan imthon topshirgan, lekin nega noturdosh yo'nalishlarda ham imthon bo'lmaydi? Ular kirish imthonlarida umuman boshqa fanlardan imthon topshirib kirganku? Balki u o'qishini ko'chirayotgan ta'lim yo'nalishiga uning bilim darajasi yetmas. Misol uchun agrar va qishloq xo'jaligi sohasida ta'lim olayotgan talaba qanday qilib tibbiyot, pedagogika, yurisprudensiya yoki iqtisodiyotda ta'lim olishi mumkin?

10. Turdosh yo'nalishga o'qishni ko'chirishda agar sababsiz bo'lsa to'lovni amalga oshiradi. Noturdosh yo'naloshga o'qishni ko'chirishda xoh sababli bo'lsin, xoh sababsiz u ham to'lovni amalga oshiradi. Noturdosh yo'nalishi uchun bundan boshqa cheklov yo'qmi? Agar noturdosh ta'lim yo'nalishiga sababsiz o'qishini ko'chirayotganlar soni ortib ketsa, bu vaziyatda nima qilinadi? Axir davlat buyurtmasi asosida ta'lim yo'nalishlari kesimida talabalar qabul qilinganku.

11. Yuqoridagi qaror ijodiy imthon talab etiladigan yo'nalishlarga ham tegishlimi?

12. Noturdosh yo'nalishga to'lov asosida o'qishni ko'chirishga ruxsat berilsayu lekin o'sha oliy ta'lim muassasasi ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bu talabani qabul qilmaslikka haqqi bormi? Agar haqqi bo'lsa, talaba to'lagan to'lovini qaytarib olsa bo'ladimi?
Aziza Tirakasheva
savol
Chetki viloyatga o'qishga o'tganman,o'zimning viloyatimga o'zimning soham bo'yicha o'qishimni ko'chirishim kerak,hech qanday to'lovlarsiz o'qishni ko'chira olamanmi?1-kursman.
Assalomu alaykum .Turdosh boʻlgan yoʻnalishga uzrli sababi boʻlmasa qancha toʻlov qilinadi .Iltimos shu savolga ham javob berib keting.
SHodiyorjon❤Ozodaxon
Assalomu alaykum.Men Samarqand Veterinariya meditsina insitutining "Veterinariya meditsinasi f.t.b",fakulteti sirtqi bo'lim 1-chi kurs talabasiman.Men shu yo'nalishdan Qo'qon davlat pedagogika insitutining Biologiya fakultetiga perivut qilib 2-chi kursni shu fakultetta davom ettirsam buladimi.Iltimos shunga oydinlik kiritib bersangiz.Javob uchun oldindan Rahmat!!!
Минимал контракт канча булади ёки кайси институтда укисангиз шунчами.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka avvalo sizga katta rahmat eng kerakli mavzularni ommaga yetkizishda yechim topishda xizmatlaringiz beqiyos
Endi savolimga keladigan bo'lsak men Qarshi davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili yo'nalishida sirtdan ta'lim olaman (3-bosqichdan 4ga o'tdim) O'zMU da o'qish orzum o'zimni yo'nalishimga ya'ni o'zbek tili yo'nalishiga kunduzgi ta'lim shakliga o'qishimni ko'chirsam (O'zMU ga)bo'ladimi agarda bo'lsa men nechanchi kursdan o'qishni davom ettiraman to'lov miqdori qanday bo'ladi ?
Javob va e'tibor uchun oldindan rahmat ishlaringizga omad !!!
Show next 100 comments