❓Ўзбекистондаги бир ОТМдан иккинчи ОТМга ўқишни кўчириш тартиби қандай бўлади?

Энди ўқишни кўчириш пуллик бўлдими?

Ўқишни кўчиришга рухсат этиладиган узрли сабабларга нималар киради?

Исталган йўналишга ўқишни кўчирса ҳам бўладими?

Шу ва шу каби саволларга овозли хабарда изоҳ берилган.


👉 @xushnudbek 👈

3415 comments

Show 100 more comments
Xosiyat Nurmatova
Assalomu alaykum Xushnudbek.Xalqni dard va tashvishlarini yengil qilishdan charchamang.Meni o'g'lim Toshkent tibbiyot akademiyasini Urganch filialining davolash fakultetini 3-kursini tugatdi.Xorazmning ekologik sharoiti o'g'limga to'g'ri kelmayapti,yani suvi va havosi sababli oshqozoni juda ko'p bezovta qilyapti ,shuning uchun SamMIning davolash fakultetiga ko'chirmoqchi edik.Sizning ovozli chatingizni eshitib havsalam pir bo'lib turibdi.Endi minimal miqdor pul tulashdan boshqa sog'ligi to'g'ri kelmasa yengilliklar yo'qmi.Sizdan iltimos yordam bering.Faqat oshqizonini davolatish bilan bo'lyapmiz Xorazmda.Meni shu savolimga javob olib berasiz degan umiddaman.Kechki 20:30 da bo'ladigan axborotlaringizni albatta tinglab ,javob olaman degan umiddaman.Oldindan katta raxmat. Doimo sog'-omon bo'ling. Qashqadaryodan Nurmatova Xosiyat -o'qituvchi.
Assalomu alaykum . Hozirda men Guliston davlat universitetida Agrokimyo yo‘nalishida o‘qiyman o‘qishimni tibbiyot insitutiga o‘zgartirmoqchiman.o‘zgartirsam bo‘ladimi?
@@@Tibbiyot insitutiga o‘zgartirishda malum bir bal belgilanganmi? Yani pedago‘kikaga kirgan bali hisobga olinadimi?
Go'zal
Assalomu alaykum men Qarshi davlat universiteti Filologiya fakultetini 2kursini tamomladim shu universititning Xorijiy tillar ingliz Tili yunalishga perevot qilmoqchiman shunda uqishni 3-kursdan davom ettiramanmi yoki 2-kursga qaytib uqishim kerakmi va yana shu ingliz tili fakultetiga perevot qilishim uchun til bilish sertifikatim bulishi shartmi.va minimal tulov qancha buladi.Iltimos savollarimga javob kutib qolaman.oldindan raxmat.Go'zal Ko'chimova
Assalomu alaykum misol uchun biror sababsiz ko‘chmoqchi bo‘lsam grantda o‘qiyotgan bo‘lsam kantrakt bo‘lib ko‘chmaydimi? Javob uchun oldindan rahmat
To'lov necha pul ekan aytvorila
Abdullayeva Dildora
Assalomu alaykum.Misol uchun men kimyo yo'nalishida o'qisam Tibbiyotga o'tish uchun aytilgan summani to'lasam bo'ldimi yoki pul to'langandan tashqari imtixon bo'ladimi.Javob uchun oldindan raxmat
Ассалому алайкум Хушнудбек. Ўғлим Андижон университети филиали Жалақудуқ туманидаги математика ва информатика йўналишининг 1-курсини тугатди. Ўзимиз Фарғона вилояти Риштон туманида яшаймиз. Риштондан Жвлақудуққача тўрт-беш соатли йўл бўлганлиги отаси ишсиз, мен оддий мактаб психологи эканлигим сабабли ўғлимни Фарғона вилоятидаги университетга тўловсиз кўчирилса бўладими? Лекин бу университетда математика ва информатика йўналиши бўлмаганлиги учун амалий математика йўналишига кўчирилса бўладими? Шуларни аниқлаб берсангиз. Қай тартибда ҳужжатларни расмийлаштирилса бўлади? Илтимосимни эътиборсиз қолдирмайсиз деган умиддаман
Assalomu alekum. Mening savolim shundan iborat. Turdosh bulmagan yunalishga perevod qlmoqchi bulsam masalan hohlagan instutga tulovini qlib perevod qlsam buladimi viloyatlar aro
Agarda granda uqisam turdosh bulmagan instutga perevod qlsam va perevod qlish tulovini tulab yana grand bulib uta olamanmi
Misol uchun: Men Toshkent davlat irrigatsiya instetutida grantda o'qiyman, gidrotexnika yo'nalishida.
O'qishni Toshkent shahridahi boshqa unverstitetga ko'chirmoqchiman, iqtisod yo'nalishiga, lekin gidrotexnika yo'nalishda: matem va fizika
Iqtisotda matem va ingliz tili
Nima qilsam bo'ladi
Assalomu aleykum mening farzantim TKTI Yangi yer filialining Kimyo texnologiya fakultetida o'qiydi o'qishini UrDu ga ko'chirmoqchimiz,turdosh bo'lmagan fakultetka masalan Iqtisod
To'g'ri keladimi ko'chirish qay tartibda bo'ladi iltimos maslaxat bering oldindan raxmat.
ASSALOMU ALEYKUM XUSHNUD AKA .MAN NAVIOY PEDAGOKIKADA TARIX FAKULTITDA 1KURSDA UQIYMAN ENI YURIDIKGA PEREVOD QILMOQCHI EDIM TURDOSH BULMAGANLIGI UN MAN MINIMAL TULOV TULAYSIZ DEDIZ.XOP MAN MINIMAL YURIDIK UN QANCHA TULASHIM KERAK.ILTIMOS SHUNI BILIB BERING.MANGA TARIXDAN YURIDIKKA ILOJI YOQ DEDI.LKN 1-BLOK TARIXKU 2KALASIDA XAM.ILOJSIZ NARSANI UZI YOQ.TULOV BN BULSA SHUNI SURAB BERING ANIQ QANCHA PUL UTKAZISHIM KERAK.AKA SHU SAVOLIM QOLIB KETMASIN YURIST BULISHIM KERAK.KARATE SPORT YUNALISHIDAN CHENPIONMAN SHULARNI FOYDASI TEGADIMI.
Ассалому алайкум,углим саломатмисиз?Ман Кашкадарёданман.Кизим 2020 йил тиббиёт йуналиши буйича укишга топширди.Давлатимизда берилган имкониятлар туфайли 4та тиббиёт йуналишига ва 1та педагогика ( ман мажбуран ёздиргандим,билмадим нега)йуналишига укишга топширди.164 балл туплади ва тиббиёт йуналишига укишга кира олмади, лекин 5-йуналиш УЗМУ биология факультетига укишга кабул килинди.Бу йил кайтадан тайёрланиб топширишига ман кунмадим.Ман сабаб кизим хозирда биология йуналишида укияпти.Лекин афсуски бу сохага умуман кизикмайди,бошидан укитувчи булишга кизикмасди.Мани кийнаётган нарса:кизим келажакда узи кизикмаган соханинг нунок мутахассиси булиб чикади (узим педагогман,орамизда бу сохага адашиб кириб колганлар купчиликни ташкил килади.Кизим улардан бири булиб колишидан куркаман).Мактабни олтин медалга тамомлаганди,репетитор устозлари кизиз албатта тиббиётга киради билими яхши дейишарди.Омади чопмади шекилли.Сентябрь ойида Тошкентда шу масала юзасидан таккиллатмаган эшигим колмади.Хуллас кизимнинг укишини тиббиётга кучиришим учун кандайдир иложи булса ёрдам берсангиз.Узимизда 62 балл туплаб,1 йил номига четда укиган ёшлар хам перевод килиб тиббиётда укишяптику.Аламим келгани шунда,кизим шу сохага кириш учун салкам 4 йил тайёрланди,уйкудан воз кечди,вактида овкатланмади... Балким укишини кучиришнинг иложи йукдир,бир онанинг фарзандининг келажаги учун кайгураётган фикрини укиганингиз учун хам рахмат.
Assalomu alaykum men oʻzim Andijondanman lekin Qoʻqonda oʻqiyman oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida
Birinchi kursni bitirdim bu yil Qoʻqon uzoq boʻlganligi uchun Andijonga perevod qilishim kerak oilaviy sharoitimizga ham toʻgʻri kelmaydi yani uzoqqa borib kelish mablagʻi bor shunchun perevod qilmoqchiman
Bu arzirli sabab boʻla oladimi
Переводга бахони тасири борми
Фарзуна Хусановна
Assalom aleykum.Siz hududdan hududga ko‘chirish haqida malumot berdingiz deb tushundim.Ichki perevod qay tartibda bo‘ladi? Masalan Men O‘zMU o‘zbek tili filalogiyasi "kechki" bo‘limida o‘qiyman 1-chi kursni tamomlaganman.Huddi shu universitetning huddi shu fakultetiga ya'ni o‘zbek tili filalogiyasiga "kunduzgi"ga ko‘chirish ham siz malumot bergan tartibda bo‘ladimi yoki yoki boshqachami? Ichki perevod ham pullikmi?Shu haqida to'xtalib o‘tsangiz.
Assalomu alaykum Ichki perevotni tartibi xaqida aytvorsangiz yaxshi bolardi
Assalomualaykum man hozirgi kunda Toshkent shaxridagi Yeoju texnika universitetining Boshlang‘ich ta'lim fakultetining 1 bosqich talabasiman men o‘qishimni Urganch davlat institutiga ko‘chirmoqchi edim buning uchun man imtixon topshirishim kerakmi yoki minemal to‘lovni to‘lab perevo‘d qilsam bo‘ladimi javob uchun oldindan rahmat .
𝕬𝖘𝖆𝖒𝖆𝖙𝖉𝖎𝖓 𝕯𝖏𝖔𝖑𝖉𝖆𝖘𝖇𝖆𝖊𝖛𝖎𝖈𝖍
Universitetning ishidagi fakultetdan fakultetga ko'chirsa pul to'laymi?
Шарипова Лайло
Assalomu aleykum man Toshkent davlat texnik universtitetida oqiyman, ozi 5 ta oqiwni tanlaganman Tashmi,Sampi, Toshken davlat texnik universtiteti va wu oxirgi yonaliwimga ballim yeti wu oqiwga qabul qlindim ekologiya yonaliwiga , lekin xozir oqigim kelmayabti shifokor bolishim kerak, wu etgan summadegi pulni qayerga tolash kerak va kmga murojat qlishm kerak? , Javob olsam boladimi javob uchun oldindan raxmat.
Farruxbek Inomjonov
Assalomu aleykum Xushnud aka.Men TTA TF 1-kursni tamomladim.Asli Andijondanman. Ya'ni propiskam Andijonda. O'qishimni ADTI ga ko'chirmoqchiman. Siz aytib o'tgan 3 ta sababga kiradimi meni o'qishimni kochirish masalasi,ya'ni yashash joyim Andijondaku.
Show next 100 comments