Xushnudbek aka bu yog'iga o'sha eski postlarizi joylayvering chunki ular mavzu jihatdan xozirgi paytga to'g'ri kelaveradi. Bundan keyin ham to'g'ri kelaveradi shekilli ...
Assalom alaykum, Xushnudbek Xudoyberdiyev. 15-20 nafar bolani yupun holda ko'chaga chiqargani uchun direktor va uning o'rinbosari bolalar xavfsizligini o'ylashmagan deb ishdan olindi. Lekin kun.uz sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik erning xotini va uning jazmanini o'ldirishi videosini tarqatishsa-da, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tegishli tashkilotlar, OAV bu noto'g'ri ekanligi haqida hech narsa demayapti. Sizdan ,iltimos, axir, zo'ravonlik materiallari degan tushuncha mavjud hamda zo'ravonli materiallarini tarqatganlik uchun Jinoyat kodeksining 130 prim 1 moddasida javobgarlik belgilangan-ku. Iltimos, shu mavzuni ko'tarib chiqsangiz hamda huquq muhofaza qiluvchi organlardan zo'ravonlik materiallarini tarqatganlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishlarini so'rasangiz, axir, bunday zo'ravonlik videolarining rasmiy saytlarda chiqishi orqali butun millat, xalq ongiga salbiy ta'sir qilinyapti. Hozirda kun.uz videoni olib tashladi, lekin ko'plab insonlar ko'rib bo'ldi.
Bundan battar boʻlgan boʻlsa boʻlganki lekin undan kam emas
HAMID
Нефть ва газ сохасини тушунмайдиган унинг ичида юрмаган, урганмаган одам езган пост бу, шу сохада ишлаган мутахассис сифатида шуни таъкидлайманки Узбекнефтгаз казиб олаётган газ давлат эхтиёжига етмайди, етмагандан кейин албатта заправкаларда турна катор навбатлар ва хоказо ва хоказо. Газга бу́лган эхтиёжни таъминлаш учун газ импортини йу́лга ку́йиш зарур, чунки деярли 15 йил мобайнида хамма транспорт воситалари газга у́тказилди, газ заправкаларига берилаётган газни ахолига бериб газ заправкаларини импорт газ билан таъминлашса булди олам гулистон халкка газ етади. Чунки газ заправкалари деярли 20 фоиз газни ютиб кетяпти. Бензин импорт килишни йулга куйиш керак, сунъий тусикларни олиб ташлаш керак, бензин нархи арзон булса халк автомашинасига огир газ баллонларини куймайди. Кейин нефть ва газ сохаси иши жуда огир иш 24 соат объектлар ишлайди, 24 соат авария холатларини олдини олган холда иш ташкил килиш керак. Бу сохада деярли 50 минг одам ишлайди, аммо сиз айтгандай бу соха егли соха эмас, ойликлари хамма катори, банк ишчилари ойлигидан анча кам. Сиз уйлагандай хамма рахбарлар хам коррупционер эмас, халоллари хам бор. Шу газни казиб олишга хам анча мехнат килинмокда, конлар ва кудуклар эскирган, охирги 20-30 йилда катта конлар очилмади, СССР даврида очилган конлар охирги боскичида ишлатилмокда, ишлатилиш даражаси юкори булганлиги сабабли табиийки харажатлар йилдан йилга ошмокда, чунки босим камайса янги технология жалб килган холда казиб олишга тугри келмокда, бу эса харажатлар ошишига олиб келади. Нефт ва газ корхоналари харажатларини хозирги газ нархи деярли епмайди, сиз айтаётган миллион миллион йук. Бунинг учун газ нархларини ку́тариш керак, газ импортини йу́лга ку́йиш керак, кимга газ керак бу́лса олсин ёксин олмаса у́тин ёксин (купол булса узр, бу бозор иктисодиёти конуни), лекин бу давлат даражасида ечилиши зарур булган масала. Сизга у́хшаганлар фикрини у́згартирмас экан нефть ва газ сохаси иши ижобий томонга у́згармайди, айбни кидирмай газ етмаслигини тан олиб тегишли ишлар бошлаш зарур, фойдаси йук текшир текширдан хамма чарчаган ( шунака постлар текшир текширга олиб келади, шундогам текшир текшир деярли хар куни ундан нима фойда казонда хеч нима йук булса, сехргармаски хеч ким куф деб газни купайтирадигандай)!
Yangi O'zbekiston yangicha dunyqarash emish. Nimasi yangicha hammasi eskiligicha qolgan. Hamma biladi nima bo'layotganini. Buni o'zgartirish uchun juda aqlli bo'lish shartmasku. Ozgina vijdon insof bo'lsa bas. To'g'risi hozirgi tizimgayam ishonch qolmadi.
Men Qoraqolpog'istonlikman, tumanimizda gaz bosimi pastligi tufayli odamlar "nasos"lardan foydalanishadi (boshqa nimayam qilishsin, uzoq yillik gaz taqchilligidan o'tin ham qolmagan chopib yoqay desa....) o'sha nasoslar oqibatida necha kishining uyi yonib vayron bo'ldi, necha kishi bu olamni tark etdi. Sovuqda muzlab o'lgandan tavakkal qilib yonib o'lgan yaxshidir balki... Lekin bir narsaga tushunmiman mabodo Respublikaga prezident tashrif buyuradigan bo'lsa o'sha yo'q gaz 1 metr balandlikda yonadi, svet ham o'chmaydi. Tashrif tugagach hammasi o'chadi. 21-asr texnika asri lekin biz bilmadim qaysi asrdamiz.... aytsam tilim aytmasam dilim kuyar. Xushnud aka iltimos shu gaz svet masalasini ko'proq ko'tarsangiz zora reaksiya bo'lsa
Assalomu alaykum. Boshqa joylarda qanday ekanligini bilmadimu, lekin Xorazmda men harakat qiladigan yo'l bo'yida 5 ta Metan zapravka qurildi. Umuman muammo yo'q.
E tepadagilarni birortasini qoldirmasdan bammasini yangilash zarur, bunday qilinmasa 2030-yilda bam bu tovuqmiya kaltafaxmlar “10001baxonani tayyorlab qoyishadi. Mana bu Gruziya tajribasi bo’ladi. O’zbek xalqi qo’ylar podasi emaski bir necha kishi tomonidan xohlagancha boshqariladigan
Aka xabaringiz bormi yo'qmi bilmadimku ammo O'zbekiston immmmenno gaz bo'yicha dunyoda 14-o'rinda turadi. Agar dunyoda 250 ta davlat bor desak shunda 236 ta mamlakatda ahvol bundanda og'irmi????????
Хозир ундаймас, бу эски маълумот. Нисбатан бошкаларга караганда жуда кам казиб олинмаслиги мумкин, лекин уз эхтиёжларига етмайди чунки газдан электр энергияси олинади, заводлар, заправкалар ишлайди ва хоказо.
15-20 nafar bolani yupun holda ko'chaga chiqargani uchun direktor va uning o'rinbosari bolalar xavfsizligini o'ylashmagan deb ishdan olindi. Lekin kun.uz sayti va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik erning xotini va uning jazmanini o'ldirishi videosini tarqatishsa-da, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tegishli tashkilotlar, OAV bu noto'g'ri ekanligi haqida hech narsa demayapti. Sizdan ,iltimos, axir, zo'ravonlik materiallari degan tushuncha mavjud hamda zo'ravonli materiallarini tarqatganlik uchun Jinoyat kodeksining 130 prim 1 moddasida javobgarlik belgilangan-ku. Iltimos, shu mavzuni ko'tarib chiqsangiz hamda huquq muhofaza qiluvchi organlardan zo'ravonlik materiallarini tarqatganlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishlarini so'rasangiz, axir, bunday zo'ravonlik videolarining rasmiy saytlarda chiqishi orqali butun millat, xalq ongiga salbiy ta'sir qilinyapti. Hozirda kun.uz videoni olib tashladi, lekin ko'plab insonlar ko'rib bo'ldi.
Lekin bir narsaga tushunmiman mabodo Respublikaga prezident tashrif buyuradigan bo'lsa o'sha yo'q gaz 1 metr balandlikda yonadi, svet ham o'chmaydi.
Tashrif tugagach hammasi o'chadi.
21-asr texnika asri lekin biz bilmadim qaysi asrdamiz.... aytsam tilim aytmasam dilim kuyar. Xushnud aka iltimos shu gaz svet masalasini ko'proq ko'tarsangiz zora reaksiya bo'lsa
Agar dunyoda 250 ta davlat bor desak shunda 236 ta mamlakatda ahvol bundanda og'irmi????????
O'zgarish bor, faqat salbiy tomonga.
Shaxsiy fikrim