❓Талабаларга уйини ижарага берган шахслар даромад солиғи тўламаслиги айтилганди, шу кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ: Ҳа, бу имтиёз кучга кирган.

Солиқ кодексининг 378-моддаси 19-1-моддасига биноан, солиқ тўловчининг уй-жойларни талабаларга ижарага беришдан олинган даромадлари солиқ солинмайдиган даромадлар ҳисобланади.

Бошқача айтганда талабаларга уйини ижарага берганлар даромад солиғи тўламайди. Талаба ҳам солиқ тўламайди.

ℹ️Маълумот учун: бундан ташқари ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан, ота-онасига (қонуний вакилларига) тегишли бўлмаган уйда ижарада яшайдиган талабаларга улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи бюджет маблағлари ҳисобидан қоплаб берилади.

Ижара пулининг 50 фоизи (Тошкент шаҳрида 270 минг сўмгача, қолган ҳудудларда эса БҲМнинг 135 минг сўмгача) давлат ОТМларининг кундузги таълим шаклида, давлат гранти ёки тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган ва ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган талабаларга қоплаб берилади. Бунинг учун талабалар ўзлари ўқиб турган ОТМга мурожаат қилишлари лозим.


👉 @xushnudbek 👈

137 comments

Show 5 more comments
S.Kenjayev
Assalomu alaykum kuchga kirgan bo‘lsada kvartira narxini xech kim tushurgani yo‘q bu ko‘proq tadbirkorlikga xos xolat bo‘lib qoldi
Egasi Turkiyada ekan ular ijara shartnoma tuzmagan
Lekin aytildi lekin bajarilmayapti masalan bizni oliygoh bosh tortishdi to'lashdan
Xaxaxxaxaxa
Yaʼni bu ijara shartnomasida toʻgʻrimi
Sharipov Shohruh
Bu qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Bizzi inst 48 ta xujjat suradi 😃😃
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Afsuski Toshkent shahrida 540 ming soʻmga hechkim ijaraga turolmadi kamida 700 ming
Meni ukam Toshkentda ijarada turadi
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Isokulov
Savolim bor edi Xushnidbek aka nodavlat oliy talimlarga xam tolab beriladimi?
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Assalomu aleykum
Bu qachandan qaysi oydan kuchga kirgan ?
Bu hamma ijarada turuvchilarga to‘lab beriladimi yo faqat kam ta‘minlanganlargami
Assalomu alaykum boshqa viloyatga o‘qishni ko‘chirish pullikmi shu haqida malumot bering iltimos
U pulni olish uchun yetim, nogiron yoki ota-onasi qamalgan bolishi kerak menimcha
Har doimgidek sirtqi va kechki ta'limda o'qiydigan talabalar bundan mustasno😐
Endi yangi qonun bor deyishdi nogironligi borlar ota onasidan yetm qolganlar ikkita kantrakt tolaydigan talabalarga tolanadi endi deyishyapti bu haqida ham malumot bersanggiz xushnut aka iltimos
Isokulov
Nodavlat oliy talimlargachi shu savolni javobini kanalizga yozsaiz iltimos
Bobir Sulaymonov
Aka, bir qaror haqida so’ramoqchi edim. Xususiy maktab yoki bog’cha boradigan farzandlarni ota onasi daromad solig’idan ozod qilinadi deyilgandi, 2022-yil 1-apreldan. Shu haqda qayerdan rasmiy hujjat olsam bo’ladi ?!
Show next 100 comments