❓Талабаларга уйини ижарага берган шахслар даромад солиғи тўламаслиги айтилганди, шу кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ: Ҳа, бу имтиёз кучга кирган.

Солиқ кодексининг 378-моддаси 19-1-моддасига биноан, солиқ тўловчининг уй-жойларни талабаларга ижарага беришдан олинган даромадлари солиқ солинмайдиган даромадлар ҳисобланади.

Бошқача айтганда талабаларга уйини ижарага берганлар даромад солиғи тўламайди. Талаба ҳам солиқ тўламайди.

ℹ️Маълумот учун: бундан ташқари ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан, ота-онасига (қонуний вакилларига) тегишли бўлмаган уйда ижарада яшайдиган талабаларга улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи бюджет маблағлари ҳисобидан қоплаб берилади.

Ижара пулининг 50 фоизи (Тошкент шаҳрида 270 минг сўмгача, қолган ҳудудларда эса БҲМнинг 135 минг сўмгача) давлат ОТМларининг кундузги таълим шаклида, давлат гранти ёки тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган ва ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган талабаларга қоплаб берилади. Бунинг учун талабалар ўзлари ўқиб турган ОТМга мурожаат қилишлари лозим.


👉 @xushnudbek 👈

137 comments

Show 17 more comments
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Assalomu aleykum
Bu qachandan qaysi oydan kuchga kirgan ?
Bu hamma ijarada turuvchilarga to‘lab beriladimi yo faqat kam ta‘minlanganlargami
Assalomu alaykum boshqa viloyatga o‘qishni ko‘chirish pullikmi shu haqida malumot bering iltimos
U pulni olish uchun yetim, nogiron yoki ota-onasi qamalgan bolishi kerak menimcha
Har doimgidek sirtqi va kechki ta'limda o'qiydigan talabalar bundan mustasno😐
Endi yangi qonun bor deyishdi nogironligi borlar ota onasidan yetm qolganlar ikkita kantrakt tolaydigan talabalarga tolanadi endi deyishyapti bu haqida ham malumot bersanggiz xushnut aka iltimos
Isokulov
Nodavlat oliy talimlargachi shu savolni javobini kanalizga yozsaiz iltimos
Bobir Sulaymonov
Aka, bir qaror haqida so’ramoqchi edim. Xususiy maktab yoki bog’cha boradigan farzandlarni ota onasi daromad solig’idan ozod qilinadi deyilgandi, 2022-yil 1-apreldan. Shu haqda qayerdan rasmiy hujjat olsam bo’ladi ?!
Soliq kodeksi 378-moddasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli Qonuniga asosan 19-1-band bilan to‘ldirilgan edi. Ya'ni yanvardan boshlab ijaradan daromad solig'i to'lanmaydi. Lekin eng qizig'i soliqdagilar daromad solig'i to'lanmasligi uchun shartnomani bekor qilib qaytadan tuzish lozimligini aytishmoqda. Undan ham qizig'i ijara shartnomani my.gov.uzda onlayn ravishda tuzish mumkin lekin bekor qilib bo'lmaydi.
Assalomu alaykum! Xushnud aka shartnoma qilingan bulsayu talab boshqa yerga amaliyot o'tashga ketsa ijara puli to'lab beriladimi yoqmi? Javob un oldindan raxmat.
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Anniq bitta sovolim bor kim javop beroladi. Kodeksda 2021 yil 1 oktabrdan yuzaga kelgan jarayonlar ham hisobga olinadi deyilgan ! Endi savol tug'uladi Oktabr Noyabr Dekab uchun to'langan so'liqlarimizni qaytarib olsak bo'ladimi?
Assalomu alaykum bir muhim savolim bor, bu mavzudan tashqari maktabda o'qituvchi hijob òrashi mumkinmi, Yevropada Rossiyada, kopgina chet davlatlarda mumkin ekanku, nega bizda mumkin emas, O'zbekiston aholisi kopchiligi(menimcha 90 foizi)ni dini Islomku. Allohning so'zi barcha qonunlardan ustun bo'lishi kerak axir!
🇺🇿Bazarovna
Bu ijarachiga bog'liq narsa,ammo bironta mas'ullardan biri chuqur tekshirib,aniqlik kiritsa,talabalarga yengillik bo'larmidi-a?
.......
Texnikumda òqiyotganlarga bu qonun amal qiladimi. Yoki faqat OTM gami
Show next 99 comments