❓Талабаларга уйини ижарага берган шахслар даромад солиғи тўламаслиги айтилганди, шу кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ: Ҳа, бу имтиёз кучга кирган.

Солиқ кодексининг 378-моддаси 19-1-моддасига биноан, солиқ тўловчининг уй-жойларни талабаларга ижарага беришдан олинган даромадлари солиқ солинмайдиган даромадлар ҳисобланади.

Бошқача айтганда талабаларга уйини ижарага берганлар даромад солиғи тўламайди. Талаба ҳам солиқ тўламайди.

ℹ️Маълумот учун: бундан ташқари ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан, ота-онасига (қонуний вакилларига) тегишли бўлмаган уйда ижарада яшайдиган талабаларга улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи бюджет маблағлари ҳисобидан қоплаб берилади.

Ижара пулининг 50 фоизи (Тошкент шаҳрида 270 минг сўмгача, қолган ҳудудларда эса БҲМнинг 135 минг сўмгача) давлат ОТМларининг кундузги таълим шаклида, давлат гранти ёки тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган ва ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган талабаларга қоплаб берилади. Бунинг учун талабалар ўзлари ўқиб турган ОТМга мурожаат қилишлари лозим.


👉 @xushnudbek 👈

137 comments

Show 32 more comments
Sharipov Shohruh
Bu faqat qonun faqat kunduzgida oʻqiyotgan talabalarni ijaraga qoʻyganlar uchunmi yoki sirtqi va kechki talabalarni ijaraga qoʻyganlar ham daromad soligʻidan ozod qilinganmi
Anniq bitta sovolim bor kim javop beroladi. Kodeksda 2021 yil 1 oktabrdan yuzaga kelgan jarayonlar ham hisobga olinadi deyilgan ! Endi savol tug'uladi Oktabr Noyabr Dekab uchun to'langan so'liqlarimizni qaytarib olsak bo'ladimi?
Assalomu alaykum bir muhim savolim bor, bu mavzudan tashqari maktabda o'qituvchi hijob òrashi mumkinmi, Yevropada Rossiyada, kopgina chet davlatlarda mumkin ekanku, nega bizda mumkin emas, O'zbekiston aholisi kopchiligi(menimcha 90 foizi)ni dini Islomku. Allohning so'zi barcha qonunlardan ustun bo'lishi kerak axir!
🇺🇿Bazarovna
Bu ijarachiga bog'liq narsa,ammo bironta mas'ullardan biri chuqur tekshirib,aniqlik kiritsa,talabalarga yengillik bo'larmidi-a?
.......
Texnikumda òqiyotganlarga bu qonun amal qiladimi. Yoki faqat OTM gami
https://t.me/xushnudbek Assalomu aleykum, biz shartnoma qilganimizga 3 oy bolyapdi lekin puldan darak yoq
🧒ترجمة👦
Assalomu alaykum talabalar ham o‘qishga topshirsa bo‘ladimi?Bunga yuridik asos yoki javob bormi?Oldindan rahmat.
Talabalar deyilgan lekin qanday talabalar roʻyxatida boʻlishi kerak shuni ham yoritib bersangiz institutdan bir dunyo hujjat soʻrashyapti
Salom.Aka men oktabr oyida ijara shartnomasini shakllantirganimda uy egasiga soliq chiqqan .Lekin 1yanvardan soliq bekor qilindi lekin hozirgacha uy egasiga soliq chiqib kelgan .Soliq idorasiga borsam .1yanvardan keyin shartnoma qilishiz kerak .Yoki shartnomani bekor qiling deb aqlga sig'maydigan javob beryapti.Shu to'g'rimi?
Biz hozir yanvar oyiga toʻlov qilganmiz.Lekin turmaganmiz yotoqxonada shu yanvar oyini toʻlovini boshqa oyga oʻtqazsa boʻladimi
Assalomu alaykum.
Bu masala bo'yicha ham kichik bir ovozli suhbat uyushtirsa yaxshi bo'lar edi. ....
https://t.me/xushnudbek assalomu alaykum, men oktabrda wartnoma qilib yaqinda bekor qildim wartnomani, va yangi tuzdim, wartnomani uqiwga taqdim etmoqci bulganimda mahalladan qanaqadr hujjatlar suradi, borsam beriwmadi,...... Wu tugrimi
Kam taminlangan yoki kantrakt bolishi shartmasmi
Ishlamaydigan, navbatdagi 1 tiyinga qimmat qonun.
Kam taʼminlangan oilalar farzandlari uchun deyaptiku
Romol oʻrash (hijob) masalani ham kanalizda toʻliq tushuntirib oʻtsangz yaxshi boʻlardi qonuniy yoʻllari BMT deklaratsiya qonunlari ruxsat bor bizdagi qonunlardachi .qaysi biri ustun shu haqida Xushnudbek aka iloji boʻsa.
Ойлик иш хакини оширишса бумедими хар хил туловлар чикарормасдан
Iltimos farzandi xususiy bog'chaga boradiganlarga daromad soligi ushlanmasligi aytilgandi bugalterlar unamayapti buyruq chiqmadi shu masalada yordam bering
Биз институтга борсак Тошкентдан пул ташламаяпти дейаптику
Show next 84 comments