❓Талабаларга уйини ижарага берган шахслар даромад солиғи тўламаслиги айтилганди, шу кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ: Ҳа, бу имтиёз кучга кирган.

Солиқ кодексининг 378-моддаси 19-1-моддасига биноан, солиқ тўловчининг уй-жойларни талабаларга ижарага беришдан олинган даромадлари солиқ солинмайдиган даромадлар ҳисобланади.

Бошқача айтганда талабаларга уйини ижарага берганлар даромад солиғи тўламайди. Талаба ҳам солиқ тўламайди.

ℹ️Маълумот учун: бундан ташқари ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан, ота-онасига (қонуний вакилларига) тегишли бўлмаган уйда ижарада яшайдиган талабаларга улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи бюджет маблағлари ҳисобидан қоплаб берилади.

Ижара пулининг 50 фоизи (Тошкент шаҳрида 270 минг сўмгача, қолган ҳудудларда эса БҲМнинг 135 минг сўмгача) давлат ОТМларининг кундузги таълим шаклида, давлат гранти ёки тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган ва ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган талабаларга қоплаб берилади. Бунинг учун талабалар ўзлари ўқиб турган ОТМга мурожаат қилишлари лозим.


👉 @xushnudbek 👈

137 comments

Show 51 more comments
Iltimos farzandi xususiy bog'chaga boradiganlarga daromad soligi ushlanmasligi aytilgandi bugalterlar unamayapti buyruq chiqmadi shu masalada yordam bering
Биз институтга борсак Тошкентдан пул ташламаяпти дейаптику
Assalomu alaykum.Men Guliston universitetida oqiyman.Asli Fargonalikman.Fargonaga engliz tiliga perevot qilsam boʻladimi.Ayni paytda Guliston universitetetida filologiya ona tilida oʻqiyman.Englishga perevot qilsam pul bilan togirlanmaydimi
Assalomu alaykum men xam shartnoma qilgan edim lekin qonun 1 yanvardan kuchga kirdi deb 4 oy lik daromad solig'i chiqarishibdi shu to'g'rimi
Asosiy blokimda ingliz tili ham bolgan
Nechinchi yildan kuchga kirdi bu bu yildanmi
Kimdir javob bera oladimi
Assalomu alaykum. Subsiyda asosida ipoteka kreditga uy olyapman. Daramod solig'idan ozod bo'lamanmi? Shu haqida ham kanalizda ma'lumot bersangiz. Oldindan rahmat
Muhammadning ummati
Assalomu alaykum shu masala boʻyicha savolim bor edi .qizim grant asosida oʻqishga kirgan ikki oy davomida ijara shartnomasida gi pulini oldi endi berilmas ekan nega desak uztozi sen bujet kirgandan debdi shu toʻgʻrimi
Nodavlat oʻqishlariga ham amal qiladimi bu?
ToshMIda amal qilishmadi bu qarorga. Oʻgʻlim oʻqiydi, murojaat qilgandik, hali bu qaror bizda amalga oshmadi deb javob berishdi
Axrorjon Mexmonali o'g'li Yigitaliyev
Qonun ishlab chiqilgandan keyin uni hujjatini toplagunca owa pul ketib qoladida oilalimiz ijarada turib oqimiz umuman hic kimga berganini ewitmadim milliardlar ajratilgan lekin.hayron qolasiz qayerga ketadi deysizda.birorta odam oldim deganini ewitmadim amalda 0 bolyapti pulli qarorlar
Kimdir olyaptimi shu pullarni
Xolboyev Shohruh Shokirovich
Assalomu alaykum yaxshimisiz barcha talabalarga to'lab beriladimi
Ibraimova _Nasiba_
Hamma shartnoma tuzilgan talabalarga beriladimi
Aniqroq tushunsha bersanz yaxshi bolar edi qashon beradi ekan kop talabalar sorayabdi aniqmi ozi dep qiynalgan talabalar juda koppp shunga aniq malumot bersangz iltimosss
Bizlerde tek kem taminlengen ham jaslar dapterinde turatinlarga dedi
Bu qaror qog'ozda, temir yoki ayollar daftariga kiritilgan bo'lishingiz kerak ekan,...
Bu qaror bo'yicha pul berilgani yo'q
Биз курсдошлар БН шартнома килгандик бу бизни институтга тегишлимас дейишувди.ТошМИ дагилар
Show next 65 comments