❓Талабаларга уйини ижарага берган шахслар даромад солиғи тўламаслиги айтилганди, шу кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ: Ҳа, бу имтиёз кучга кирган.

Солиқ кодексининг 378-моддаси 19-1-моддасига биноан, солиқ тўловчининг уй-жойларни талабаларга ижарага беришдан олинган даромадлари солиқ солинмайдиган даромадлар ҳисобланади.

Бошқача айтганда талабаларга уйини ижарага берганлар даромад солиғи тўламайди. Талаба ҳам солиқ тўламайди.

ℹ️Маълумот учун: бундан ташқари ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан, ота-онасига (қонуний вакилларига) тегишли бўлмаган уйда ижарада яшайдиган талабаларга улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи бюджет маблағлари ҳисобидан қоплаб берилади.

Ижара пулининг 50 фоизи (Тошкент шаҳрида 270 минг сўмгача, қолган ҳудудларда эса БҲМнинг 135 минг сўмгача) давлат ОТМларининг кундузги таълим шаклида, давлат гранти ёки тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган ва ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган талабаларга қоплаб берилади. Бунинг учун талабалар ўзлари ўқиб турган ОТМга мурожаат қилишлари лозим.


👉 @xushnudbek 👈

137 comments

Show 79 more comments
Камола СУЛАЙМОНОВА!
Менда 5йил стажга эга аёллар масаласида саволлар бор эди. Бунда декретд йиллари айириб ҳисобланадими? Кейин улар ҳам фанлар кесимида тест топширишадими?
Камола СУЛАЙМОНОВА!
Ёки уларга алоҳида тест тайёрланадими
Камола СУЛАЙМОНОВА!
Илтимос шу хақидамаълумот беринг.
𝐴𝑛𝑣𝑎𝑟 𝐹𝑎𝑟ℎ𝑜𝑑𝑜𝑣
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Men TTA urganch filialida òqiyman. Bu qaror bòyicha institutga murojaat qilib borganimda bu qaror faqat boquvchisini yòqotganlar, kam ta'minlanganlar yoki temir daftarda ròyhatda turganlarga tegishli deyishdi. Agar sen shu qatorda bòlmasang senga ijara haqining 50 foizi tòlab berilmaydi, qachonki bizlarni institut òzi mustaqil bòlib chiqmagunicha deyishdi. Bu qanchalik tòĝri
Аброр Назаров
yana bitta narsa ichki perivod tartibi,nemistilidan ingliz tiliga yoki rus tiliga perivod qilishimiz uchun nimani asosiy sabab qilib korsatsak perivod amalga oshadi
Диёра Абдувахобовна
Assalomu alaykum bizni institutimizda xam faqat kam taminlangan ,boquvchisini yoqotgan ,yetim va h k larga berildi sz bu royxatda yoqsz deyapdi shu haqida kengroq malumot bersangiz 50 foiz hamma uchunmi
Бу нечинчи санадан кучга кирган ва кучга киришдан олдин тузилган шартномалар хам амал киладими,ОТМ 50% тулаш туламасликни (белгиланган мезонларга тугри келадиган талабаларга)узи хал кила оладьи?
Оладими
Assalomu alaykum. Kvartiraning 50%ini tòlab berish haqidagi nizomda yetimlarga, kam ta'minlanganlarga, "temir daftar" va "ayollar daftar"iga kiritilganlarga, faol talabalarga hamda bir oilada ikki yoki undan ortiq tòlov shartnomasi asosida (kontraktda) òqiyotgan bòlsagina beriladimi?
Biz oilamizda uch nafar talabamiz (akam, men va ukam), ukam ikkimiz davlat grandi asosida, akam kontrakt asosida òqimiz. Men òzim boshqa viloyatda òqiyman.
Biz 3 oylik shartnoma pulini olgan edik, ammo endi uni qaytarib tòlashimiz kerakligini aytishyapti. Chunki biz yuqorida keltirilgan talablarga javob bermas ekanmiz. ( oilamizda ikki kontrakt yòq, "temir daftar"ga kirmaganmiz va h.k)
SHU TO'G'RIMI? Ikkalamiz grand asosida òqiganimiz bilan baribir oila budjetidan ikkimiz uchun ham sarf bòladiku. Qolaversa, boshqa viloyatdan kelib òqiyotganligimiz inobatga olinmaydimi?
Ниятилло Уразбоев
Солиқ кодексининг 378-моддаси 19-1-моддасига биноан, солиқ тўловчининг уй-жойларни талабаларга ижарага беришдан олинган даромадлари солиқ солинмайдиган даромадлар ҳисобланади
Bu qachon kuchga kirdi bizlar 50% tolab beradi deb shartnoma tuzgandik kam taminlangan qanadir yana nimalardir sorashdi oqishda shartnoma tuzganimizdan keyin soliqni xam toladik 50% ni berishmadi xullas hamma talablarga ham berishmas ekan
Hamma talabaga beriladimi ijara puli yoki asos boluvchi hujjat bolishi kerak degan bandi bormi Temir daftar yoshlar daftar faol talaba degan asos boluvchi hujjatlar kerak degan bandi bormi
Assalomu alaykum. Men boshqa viloyatdan kelib o'qiyapman. Hozirgi kunda 2 - kurs talabasiman. Kvartirada shartnoma tuzib institutga taqdim qilgandik. Avvaliga dekabr oyigacha tuzgan edik , davlat tomonidan dekabr oyigacha bo'lgan ijara haqqining yarmi to'lab berilgan edi. Keyin biz yana iyul oyigacha shartnoma tuzib taqdim qilgan edik. Lekin endi bizga institut tomonidan bizga bu mablag' berilmasligi , biz hech qanday talablarga mos kelmasligimiz , shuning uchun oldingi dekabr oyigacha davlat tomonidan berilgan mablag'ni qaytarib berishimiz kerakligini aytishayapti. Bu holat to'g'rimi. Mos kelmaydigan bo'lsak nega bu oldindan bizga aytilmagan. Agar mos kelmas ekanmiz nega bizga bu mablag' berilgan. Biz endi uni qaytarib berishimiz kerakmi ?
Mehrob
Xushnudbek aka mana shu haqida kengroq malumot bering. Ko'pchilik talabalar tushuna olmayapmiz. Bu qonunmi o'zi....
Assalomu alaykum! Xushnudbek aka! Vaksina olganlik to‘g‘risida sertifikati borlarga kontraktdan 10% chegirma deyilgandi. Nega chegirma yo‘q deyapti hozir. Yoki bu vaqtincha amal qilinganmi
Sara Umirzak qizi
Бу амалга ошмаябдику. Мен НавоийДПИ 1курс тулов контракт асосида укийман. Асли Нукусданман. Сентябрдан декабргача шартномамкилгандик. Налогиниям хозяйкамиз узимизга тулатдирди. Апрелда яна туздик. Яна йук.
Sara Umirzak qizi
Шу тушинмайсан шу конунларни. Боши борда охири йук. Чикаради амалга ошмайди
Assalomu aleykum Xushnudbek aka bu ijara puli barcha talabalarga tòlab beriladimi yoki òzining shartlariga tòģri kelgan talabalarga tòlab beriladimi.Shu haqida tòliq malumot bering
Assalom aleykum bu xususiy institutlarga ham tegishlimi
FERUZA
Xuddi kontraktni 4ga bo'lib to'lashga o'xshaydi qonunda bor amalda yo'q ,hech qachon unday bo'lmaydi va bo'lmagan ham
FERUZA
Farzandli bolgan talabalarga bir oylik bola puli institut tomonidan to'lab beriladi degan qonun bor ekan, keyin men unversitutga borganimda bunaqa narsa yo'q deyishgandi , bular hammasi xom hayol reklama faqat
Shu haqida batafsil malumot bering buning qanday shartlari bor hamma talabaga ham berilmaydimi
Show next 37 comments